Главная / Jamiyat / Uzbekistonda 2020 yilgi Ramazon hayitini nishonlash va hayit namozini uqish tartibi elon qilindi
<

Uzbekistonda 2020 yilgi Ramazon hayitini nishonlash va hayit namozini uqish tartibi elon qilindi

Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2020 yilgi Ramazon hayitini nishonlash tugrisida bayonot elon qildi.

Foto: Kun.uz

– Aziz yurtdoshlar, Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va sakhovat ayyomi bulgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har yili butun dunyo mumin-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz Iydul fitrni kutarinki kayfiyat, uzgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta khursandchilik ila nishonlaydilar.

Ramazon oyi davomida ado etilgan ibodatlar, ezgu amallar va mehr-sakhovat ishlari evaziga mumin-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erishadilar, insha Alloh.

Ramazon oyida Alloh taolo farz qilgan ruza tutilib, diyorimiz buylab khatmi Quronlar qilindi. YOrdamga muhtoj kishilar va kam taminlangan oilalarga khayru sakhovatlar qilindi.

Barchaga malumki, bugungi kunda butun dunyo buylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar kurilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin va bir qator cheklovlar joriy etildi.

Qatiy karantin choralarini qullash bilan mamlakatda kasallikning qayd etilgan holatlariga nisbatan ham, kunlik yangi holatlar ham past darajada saqlanib turibdi. Yurtimiz ushbu ofatdan ortiqcha talafotlarsiz chiqishga erishmoqda va vaziyat barqarorlashgani sari karantin choralari sekin-asta yumshatilmoqda. Lekin, butun dunyoning kuplab mamlakatlarida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi bilan bogliq vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Bayon etilganlardan kelib chiqib, 2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bulib uqish imkoniyati mavjud emasligi, mumin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi.

Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish buyicha fatvosi va Ramazon oyini utkazish haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi urniga uyda peshin namozini, besh vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda uqish haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegishlidir.

Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga khavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bulib uqishning iloji bulmaydi.

Bunday vaziyatda quyidagi oyat, hadis va shariy qoidalarda kursatilgan tavsiyalarga amal qilishga buyuriladi.

Alloh taolo Quroni karimda shunday khitob qiladi: «Uzingizni halokatga duchor qilmang» (Baqara surasi, 195-oyat).

Abu Said Khuduriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Hazrati Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Zarar berish va zarar kurish ham yuq» deganlar.

Mutabar fiqhiy kitoblarimizda: «Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga quyiladi», degan qoida bor.

Yuqoridagi bayon etilganlardan kelib chiqib, shariat insonga zarar etish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni engil tarzda bajarishga rukhsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal bulgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozi ado etish soqit buladi.

Mavjud vaziyat taqozosidan kelib chiqib, Ramazon hayiti namozi ado qilinmasa ham bayram kayfiyatini saqlab qolish uchun Hazrati Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir sunnatlarini hayotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Abu Said raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Iyd namozidan avval nafl namoz uqimasdilar. Qachon uylariga qaytsalar ikki rakat namoz uqirdilar» (Imom Ibn Moja rivoyati).

Hanafiy mazhabining mutabar fiqhiy manbalaridan biri bulmish «Majmaul anhur» kitobida shunday deyiladi:

«Malum bulsinki, hayit namozi Zuho (choshgoh) namozining urniga quyilgan. Qachonki, hayit namozi biror uzr sababli uqilmay qolsa, ikki yoki turt rakat nafl namoz uqish mustahab buladi. Turt rakat uqigan afzal».

Bayon etilgan shariy dalil va hujjatlardan kelib chiqib, Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi karantin sharoitida Ramazon hayitini nishonlash buyicha quyidagi tavsiyalarni taqdim etadi:

1. Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi asosida masjidlarda karantin davrida vaqtincha jamoat namozlari tukhtatilganini inobatga olgan holda Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini uqish ham mumin-musulmonlarning zimmasidan soqit buladi.

Yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak buyi kutarilgandan keyin uz khonadonlarida turt rakatli nafl namozi uqishlari tavsiya etiladi.

2. Ulamolar va imom-khatiblar tomonidan bugungi vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazon hayiti har doimgidek khonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayz-u baraka kirishi, bir-birimizga bulgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda bulishiga sabab ekani tugrisida, ommaviy akhborot vositalari, tele, radiokanallar, bosma va elektron nashrlarda keng kulamli targibot ishlari amalga oshirilsin.

3. Hayit arafasida va bayram kunlari yoshi ulug keksalarimiz va bemorlar holidan khabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlarimiz bilan bogliq ananalarimizni karantin talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish tavsiya etilsin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkeng shahri va viloyatlarning markazlarida «Ramazon hayiti – khayru sakhovat ayyomi», «Ramazon hayiti – khursandchilik mavsumi», «Iydul fitr – katta shodiyona» mazmunidagi yozuvlar peshlavhalari joylashtirilsin.

5. 2020 yil 24 may kuni Uzbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayiti tabrigi yurtimiz ahliga etkazilsin. Ushbu tabrikdan sung eng tabarruk ulamolar tomonidan Ramazon hayiti fazilatlari tugrisida televideniya orqali intervyular tizimli ravishda davom ettirilsin.

6. Ramazon hayiti arafasida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qullab-quvvatlash maqsadida, homiylarni jalb etgan holda «Sakhovat va kumak» umumkhalq harakati keng qamrovli amalga oshirilsin.

7. Ramazon hayiti arafasida barcha telekanallar orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan kursatuvlar Media-rejasi asosida Qoraqalpogiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-khatiblari hamda khalqimiz orasida obruli diniy ulamolarimiz tomonidan tashkil qilinsin va keng yoritilsin.

8. Qoraqalpogiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-khatiblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali, «Ramazon hayiti muborak bulsin!» mavzusidagi maruzalarni Ramazon hayiti kuni onlayn tarzda berib borish tashkil etilsin.

Aziz yurtdoshlar, Allohning rahmati va barakoti yogilib turgan ushbu damda, qalbimiz yumshab, ikhlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik. Khalqimizni, jonajon Vatanimizni ofat-u kulfatlardan, balo-yu qazolardan Uzi saqlab, hayotimizni bundan-da farovon qilsin, deyiladi Uzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bayonotida.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …