mirziyoyevBritaniyaning nufuzli Financial Times gazetasi sahifasida chop etilgan maqolada ana shunday savol beriladi. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga bagishlangan ushbu maqolaning muallifi Nayl Baklidir, deb yozmoqda “Jahon” AA.

Uning qayd etishicha, Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatni tashqi dunyoga ochishga qaratilgan qator dadil qadamlar tashladi. Siyosiy mahbuslarning ozod etilgani, ilgari safarga chiqish va ishga joylashishga tusqinlik qilgan “qora ruykhat”dan minglab odamlarning uchirilgani shular qatorida qayd etiladi.

Davlat rahbari virtual qabulkhonasining ishga tushirilgani va unga 1,6 milliondan ziyod aholi vakillari shakhsiy va ijtimoiy ahamiyatga molik dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan murojaat qilgani maqolada alohida takidlangan. Ommaviy akhborot vositalari ancha erkin faoliyat kursatayotgani, ularda tanqidiy ruhdagi materiallar elon qilinayotgani ham uquvchilar etiboriga havola etilgan. “Utgan yili kecha-kunduz faoliyat kursatadigan “Uzbekiston-24” yangiliklar kanali ish boshladi, siyosiy mavzulardagi hamda turli darajadagi mansabdorlar ishlari haqidagi tok-shoular uning dasturidan joy olgan”.

Iqtisodiyot sohasidagi uzgarishlar haqida tukhtalar ekan, Financial Times jurnalisti Uzbekiston Prezidentining biznes sohasida navbatdan tashqari tekshiruvlarga ikki yillik moratoriy joriy etish tugrisidagi tashabbusini qalamga olgan. Sarmoyadorlarga soliq imtiyozlarini taklif etadigan makhsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilgani strategik ahamiyatga molik muhim chora-tadbirlar sifatida tariflanadi.

“Respublika arzon energiya etkazib berish nuqtai nazaridan uziga tuq bulishi uchun tabiiy resurslarning etarli zakhiralariga ega. Qishloq khujaligini diversifikasiya qilish, oziq-ovqat, farmasevtika zavodlari bunyod etish, sayyohlikni rivojlantirish buyicha juda katta rejalar kuzlanmoqda. Un yillik tanaffusdan sung Uzbekiston Jahon savdo tashkiloti azoligiga kirish uchun muzokaralarni qaytadan boshladi. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki esa respublikada uz faoliyatini yana boshladi”.

Nayl Baklining malum qilishicha, son jihatidan tez usib borayotgan yoshlar uchun ish urinlarini yaratish prezident Shavkat Mirziyoev hayotga tatbiq etayotgan uzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu urinda britaniyalik sharhlovchi respublikamiz aholisining yarmidan ziyodini 30 yoshgacha bulgan avlod vakillari tashkil etishini, har yili esa 600 ming kishi mehnat bozoriga chiqishini eslatib utgan.

Qozogistonda sodir bulgan fojea – ishlash uchun Rossiyaga ketayotgan avtobus bilan 52 nafar uzbekistonlikning yonib ketgani bu mavzuning dolzarb ekanligini yaqqol namoyon etdi. Jurnalist davlat rahbarining bu hodisaga munosabatini alohida qayd etgan:

“…Shavkat Mirziyoev uzbekistonlik yoshlarni uz vataniga qaytarish uchun iqtisodiy sharoitlar yaratishga vada berdi. “Men ularning ota-onalariga nima deyman?”, degan savolni urtaga tashlar ekan, Prezident quyidagi fikrni qushimcha qildi: “Agar odamlarimizga sharoit yaratganimizda bunday voqealar sodir bulmas edi”.

Muallifning yozishicha, 2017 yil sentyabrida Uzbekistonda valyuta cheklovlari bekor qilindi. Bu milliy sumning qadrsizlanishiga olib kelgan bulsa-da, tashqi savdo va sarmoyalar uchun sezilarli tusiqlarni bartaraf etdi. “Umuman olganda, bir khorijlik mansabdorning ehtiyotkorlik bilan fikr bildirishicha, Uzbekistonda sovuq zamon nihoyasiga etmoqda, iliqlik davri boshlanmoqda”, deya qayd etiladi maqolada.

Britaniyalik jurnalistning fikricha, Uzbekistondagi uzgarishlar keng qamrovli natijalarga olib kelishi mumkin. Mintaqaning asosiy davlati bulgan bu respublika Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari hamda Afgoniston bilan chegaradoshdir. Muallifning ishonch bilan yozishicha, Uzbekistondagi islohotlarning davom etishi “uzgarishlarni amalga oshirish mumkin” ekanligini kursatib beradi. Bundan tashqari, ular ilgari Uzbekiston tashqi siyosatiga khos bulgan izolyasionizmni kuchsizlashtirishga qodir bulgani barobarida uni Evroosiyo yuragiga tasir utkazish buyicha Rossiya, Khitoy va AQSh olib borayotgan “Yangi katta uyin”dagi muhim davlatga aylantiradi.