Главная / Siyosat / Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi
<

Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar buyicha qushimcha malumot berdi.

Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi rahbari Furqat Sanaev telegram kanalida malum qilishicha, Uzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan 23 nafari khorijda bulgan, 60 kishi Uzbekistonda khorijdan kelgan bemorlar bilan muloqotda virus yuqtirib olgan.

Uzbekistonga virus 6 davlatdan turli reyslar orqali turli kunlarda kirib kelgan. Ayni vaqtda 82 bemorning 7 nafarining yoshi 60dan yuqori.

Toshkent shahridan tashqari Namangan (5 nafar), Fargona (6 nafar), Andijon (3 nafar) va Bukhoro viloyatlarida (3) bemorlar shifokhonaga joylashtirilgan.

«Ayni paytda Uzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilishi holatlari 83tani tashkil etmoqda. Ulardan 35 nafari erkak, 48 nafari esa ayollar. Shundan 5 nafari voyaga etmagan bolalardir.

YOsh jihatdan qaraydigan bulsak,

0-9 yoshgacha – 5 nafar
10-19 yoshgacha – 2 nafar
20-29 yoshgacha – 24 nafar
30-39 yoshgacha – 17 nafar
40-49 yoshgacha – 16 nafar
50-59 yoshgacha – 11 nafar
60-69 yoshgacha – 7 nafar

70 – 79 yoshgacha bulganlar ham 1 nafarni (miokard infarktdan vafot etgan bemor) tashkil etmoqda.

Hozirga qadar Fransiya, Turkiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni hamda Shveysariya davlatlarida bulib qaytgan 23 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bulib, 60 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin  muloqotda bulgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 6 nafari Fargona, 5 nafari Namangan va 3 nafari esa Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifokhonasida davolanmoqda.

Shu yilning 22 mart kuni Istanbul–Bukhoro charter reysida yurtimizga olib kelinib, karantinga olingan fuqarolar orasidan Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlaridan bulgan 3 kishida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Ayni paytda ushbu bemorlar Bukhoro viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ikhtisoslashgan shifokhonada davolanishmoqda. Qolgan bemorlar esa poytakhtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib utamiz, Sogliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», deyiladi khabarda.

  • 27 mart kuni Namangan shahrida koronavirusdan ilk ulim holati qayd etildi. 12 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridan kelgan va uy karantiniga olingan ayolning 72 yoshli onasi koronavirus tashkhisi quyilganidan keyin miokarddan vafot etgan. Ushbu oilada yana 3 kishi virusdan zararlangan.

О нас

Яна маълумот

D32QUFbvDA_eMwawq62pqNMSdApvdKQp

Prezident plantasiya shaklida intensiv boglar barpo etib, aholiga 1-1,5 gektardan tarqatish buyicha topshiriq berdi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 iyul kuni videoselektor yigilishi utkazdi. Unda qishloq va suv …