Главная / Iqtisodiyot / Uzbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi tekhnologiyalardan foydalaniladi
<

Uzbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi tekhnologiyalardan foydalaniladi

Hukumat qarori loyihasida respublikadagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy obektlarida energiya tejovchi tekhnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish taklif qilinmoqda.

Foto: Shutterstock

Uzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Respublikadagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy obektlarida energiya tejovchi tekhnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga quyildi. Energetika vazirligi ushbu loyiha tashabbusi bilan chiqqan.

Qayd etilishicha, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari buyicha Respublika komissiyasi tomonidan 2020 yilda vazirlik va idoralarning 691 ta bino va inshootlarida fotoelektr stansiyalar va kollektorlar qurilishi, energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni uz ichiga olgan sensorli datchiklar urnatish buyicha dasturiy ruykhatlari tasdiqlanib amalga oshirilamoqda.

Uzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2021 yil uchun (keyinchalik muntazam ravishda kelgusi yillar uchun) «Ijtimoiy soha obektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni 2020 yilning 1 dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari «Yagona buyurtmachi khizmati» injiniring kompaniyasi Davlat unitar korkhonasi bilan birgalikda:

·       shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda hamda ijtimoiy soha obektlarini loyihalashtirish va qurilishida zamonaviy qurilish materiallari va energiya tejovchi tekhnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilishini taminlaydi;

·       yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan barcha turdagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha, turar joy obektlarini energiya tejovchi tekhnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligini inobatga olib ekspluatasiyaga qabul qilish tizimini 2021 yil 1 yanvargacha ishlab chiqadi.

Barcha turdagi yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan bino va inshootlarni ekspluatasiyaga qabul qilinishida energiya tejovchi tekhnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligi yuzasidan «Uzenergoinspeksiya» tomonidan majburiy tekhnik kurikdan utkazish va khulosa berish tartibi belgilanadi.

Uzbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda «Ijtimoiy soha obektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni moliyalashtirishda khalqaro moliya institutlarining begaraz mablaglari jalb etilishini taminlaydi.

«Uzeltekhsanoat» va «Uzsanoatqurilishmateriallari» uyushmalari energiya tejovchi tekhnologiyalar, qurilish materiallari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini kuradi.

О нас

Яна маълумот

psAH39GUcU3_g7is4_3uHjxURvRPAcyx

«Davlat qarzi: tahlil va erkin fikr almashinuvi». «Munozara klubi»dan makhsus reportaj

13 iyun kuni Uzbekiston hukumati iqtisodiy blokining «Munozara klubi»da ilk uchrashuv tashkil etildi. Kun.uz jurnalisti …