Главная / Jamiyat / Uzbekistonda yana bir kishi koronavirusga chalinish oqibatida vafot etdi
<

Uzbekistonda yana bir kishi koronavirusga chalinish oqibatida vafot etdi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlardan biri – 30 mart kuni shifokhonaga yotqizilgan 40 yoshli bemor upka va yurak etishmovchiligidan vafot etgani tugrisida khabar berdi. Bu Uzbekistonda koronavirus bemorlaridan uchinchisi vafot etishi buldi.

«Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30 mart kuni tez tibbiy yordam orqali ogir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifokhonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar kursatilgan. Shu yilning 31 mart kuni bemorga ikhtisoslashgan tibbiy yordam kursatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga utkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimasiya bulimida suniy nafas olish apparatida bulgan. Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Khadjibaev rahbarligida Sogliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, etakchi reanimatologlar D.Sobirov va Kh.Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Biroq qator soha mutakhassislarining utkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan. Etakchi reanimatolog va bosh torakal khirurg Sh.Khudoybergenov boshchiligidagi mutakhassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalar tuliq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va upka etishmovchiligi sabab yurak faoliyati tukhtashi kuzatilgan», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.

  • 8 aprel holatiga kura, Uzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 534tani tashkil qilmoqda. Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sogaygan, 2 kishi vafot etgan – 72 yoshli namanganlik ayol (27 mart) va Toshkentda yashagan 39 yoshli erkak (28 mart).
  • Bundan avvalroq Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Uzbekistonda koronavirus tashkhisi quyilgan bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilayotgani, shundan 9 kishining ahvoli nisbatan ogirligi, 2 nafarining ahvoli esa uta ogir baholanayotgani, uta ogir ahvoldagi ikki bemor suniy nafas oldirish apparatiga ulangani haqida malumot bergandi.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …