Главная / Jamiyat / Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi
<

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, Bukhoro va Khivada byudjeti 20 mln dollarlik “Sultona” tarikhiy teleserialining birinchi fasli suratga olish ishlari boshlanadi. Serial ingliz tilida suratga olinib, unda Gollivud aktyorlari rollar ijro etadi. Hozircha aktyorlarning nomlari sir tutilmoqda.

Serialni suratga olish bilan MDHdagi telekontent ishlab chiqaruvchi eng yirik kinokompaniya Star Media shugullanadi. Serialning birinchi fasli 6 ta seriyadan tashkil topib, unda XVII asrdagi geosiyosat, hokimiyat va muhabbat voqealari gavdalanadi.

Serialni suratga olish ishlari Toshkentda muhokama qilindi. Uchrashuvda khorijiy kompaniyadan uning asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin va uning hamkori – fransuz-amerika prodyuseri Jan Sharl Levi (“Al-Quds”, “Poyga” va “Arvohlar mamlakati” filmlari) ishtirok etgan.

Shuningdek, Star Media Rossiyaning Birinchi kanali bilan birgalikda 2020 yilda Uzbekistonda yana bir loyihani – “Toshkent – non shahri” filmini suratga olishni amalga oshirmoqchi. Ushbu film rejissyor Shuhrat Abbosovning filmi remeyki hisoblanmaydi. Unda umuman yangi voqea haqida suzlanadi.

О нас

Яна маълумот

1500009242_pochemu-zhena-ne-hochet-blizosti-s-muzhem

Khotin jinsiy aloqani khokhlamasa

Nega ayol erkakni khohlamaydi? Agar khotin eri bilan jinsiy aloqada bulishdan bosh tortsa, nima qilish …