Главная / Madaniyat / Uzbekiston chetdagi fuqarolari uchun chegaralarni ochishi kerakmi? – huquqshunoslar urtasida munozara
<

Uzbekiston chetdagi fuqarolari uchun chegaralarni ochishi kerakmi? – huquqshunoslar urtasida munozara

Rossiyada uz yuristlik faoliyatini olib borayotgan Zarnigor Omonillaeva bir necha kun avval feysbuk ijtimoiy tarmogida «Chegaralarni ochish kerak» sarlavhali postini elon qildi. Unda bir nechta davlat uz fuqarolari uchun chegaralarini ochayotgani, Uzbekiston ham shunday yuldan borishi kerakligi khususida suz boradi.

Ammo Rossiyadagi boshqa bir huquqshunos Botirjon Shermuhammad koronavirus khavfi hali bartaraf qilinmagani va chegaralarni ochishga ham erta ekanligini bildirdi.

Kun.uz mukhbiri ushbu mavzu yuzasidan ikki huquqshunos ishtirokida onlayn munozara tashkil qildi. Unda huquqshunoslar uzlari bildirgan fikrlarini asoslashga harakat qilishdi.

Zarnigor Omonillaeva:– Postda avvalo migrantlar nima uchun uyga qaytish harakatida ekanligini ifodalab berishga harakat qildim. Ularning uyga qaytishi uchun qanday tusiqlar borligi, chegaralarni yopiq tutish uchun qarshi argumentlarni tahlil qilishga harakat qildim. Shu bilan birgalikda, chegaralar ochilmasa nima buladi degan savoldan kelib chiqib ham uz fikrimni berishga harakat qildim. Bu holatni Rossiyada fuqarolari, mehnat muhojirlari anchagina qolib ketgan boshqa davlatlar – Armaniston va Moldova misolida vaziyatni tahlil qilishga harakat qildim. Armaniston yoki Moldova uz chegarasini ochmaganda balki mening ham bu masalada pozisiyam kuchaymagan bulardi. Chunki Rossiyadan vatanga qaytmoqchi bulgan uzbekistonlik mehnat muhojirlari kup. Armanistonga, Moldovaga qaytmoqchi bulganlar ham uzining fuqarolari. Uzbekistonga qaytmoqchi bulganlar ham uzining fuqarolari. Shuning uchun uzbekistonliklarni uzini uyiga kiritmasdan ularning chegaralarda, Rossiyaning uzida ogir sharoitda qolib ketishiga yul quyib berish koronavirusga qarshi kurashish nuqtai nazaridan ham notugri hisoblanadi. Hozirda mehnat muhojirlariga berilayotgan har qanday yordam bir martalikdir, yani bevosita davomiy yordam emas. Mehnat muhojirining ishga chiqib ketgunicha yoki Rossiyada sharoit yakhshilanguncha ularni yakhshi sharoitda saqlab turish mumkin bulgan yordam berilayotgani yuq. Bu yordam tugashi bilan usha mehnat muhojirlari khuddi usha sabablar bilan baribir yana uyga qaytishni istaydi. Shuning uchun ularning vataniga qaytishiga qarshi chiqqandan kura, qaytishiga rukhsat bergan holda bu jarayonlarni tugri tashkillashtirish tarafdoriman.

Botirjon Shermuhammad: – Uzbekiston fuqarolarining Uzbekistonga kirishi uchun chegaralar yopiq emas. Shu paytgacha Uzbekiston uz fuqarolari uchun chegarani yopgani yuq. Muammo – Uzbekiston chegarasiga etib borishda. Fuqaro qaerda bulishidan qatiy nazar Uzbekiston chegarasiga etib borsa, hududga kirgiziladi. Hatto chet el fuqarosi bulsa-yu, Uzbekistonda doimiy yashash huquqiga ega bulsa, uni ham kirgizadi. Muammo doimiy samolyotlarning yuqligida va Uzbekiston-Rossiya urtasida tugridan-tugri chegaraning yuqligida – urtada Qozogiston bor. Qozogiston uz hududida kasallik keng tarqalgani uchun chegarani chet el fuqarolari uchun yopgan. Poezd va avtomobil yullari Qozogiston orqali utgani uchun ham Uzbekistonga bogliq bulmagan muammo bor. Bu Qozogiston hukumati bilan birga hal qilinadigan masala. Tugridan-tugri reyslar masalasini tashkil etishning ham uz muammolari bor. Chunki u bir tomonga bush keladi, doimiy reys emas, charter reys bulgani uchun ham ikki baravarga qimmatga tushadi. Qaytishni istayotgan buncha odamni qaytarish masalasi bor.

Post yuzasidan bir necha jihatlarga etibor qaratmoqchiman. Uzbekiston fuqarolarining vatanga qaytish huquqini cheklab bulmaydi, degan fikr aytilgan. Bu huquqni hech kim cheklagani yuq. Tugri, fuqarolarning vatanga qaytish huquqi bor, lekin bundan tashqari, karantin qoidalari ham mavjud. Uzbekistonning 3-4 mln fuqarosi Rossiyadan vatanga qaytmoqchi, lekin Uzbekistonning uzida hozir 30 mln.dan ortiq aholi bor. Hukumat faqatgina chetda yurganlarning hayoti uchun masul emas, Uzbekistonda yashab turganlarning ham salomatligi uchun masul. Bu muammoning echimi oson emas. Chegaralarning yopilishi va boshqa taqiqlar hech bir amaldorning uz khohishi bilan qilingan harakat emas. Hamma joyda favqulodda vaziyat. Bunday holatda favqulodda choralar kurishga tugri keladi va fuqarolar ham shundan kelib chiqqan holda harakat qilishi kerak. Karantin elon qilingandan keyin konstitusion huquqlarimiz cheklanyapti, bemalol harakatlana olmayapmiz, shunga rozi bulyapmiz. Hammasi fuqarolarning sogligini muhofaza qilish uchun kurilgan choralar.

Rossiyada bugungacha 370 mingdan ortiq kasallik aniqlangan. Ham tekhnik, ham tibbiy, ham islomiy nuqtai nazardan ham yuqumli kasallik keng qamrovda tarqalgan joydan odamlarning kasallik kamroq bulgan joyga borishi qanday oqibatga olib keladi, degan savol bor. Reyslarni kupaytirish mumkin, lekin bu oson ish emas. Uchayotgan har bir reysning uz ekipaji bor, ularga ham kasallik yuqish ehtimoli bor. Har bir reysdan keyin ekipajni karantinga olish imkoni bormi? Shunga yarasha bizda kup ekipaj bormi? Ularning sogligi nima buladi? Hozirgacha quyilgan har bir charter reys yulovchilari orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangan. Yani bu kasallik Uzbekistonga chetdan kirib keldi. Charter reyslar kupaytirilgan taqdirda ham, odamlarning salomatligi masalasini kim tartibga soladi? Hozir Rossiyada Uzbekistonning 3-4 mln aholisi bulsa, nechtasi ketishi mumkin? Deylik, 100 ming odam Uzbekistonga qaytsa, ularni karantinga olish, davolash imkoniyati bormi?

Shakhsan uzim guvoh bulgan holat: utgan yili Andijondagi shifokhonada yotishga tugri keldi. Televidenieda juda chiroyli etiroflar keltirilgani bilan tibbiyotimiz juda ham ogir ahvolda. Ayniqsa, viloyatlardagi shifokhonalarning ahvoli maqtanadigan darajada emas. Bazida oddiy tibbiy niqoblarni ham etkazib bulmayapti. Yani khavfli yuqumli kasallik keng qamrovda tarqaladigan bulsa, tibbiyotimiz buni kutara olmaydi va bu ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Keyingi masala Uzbekiston bilan bogliq emas. Qozogiston hukumati rozilik bersagina poezd yoki avtomobil orqali fuqarolarni olib kelish mumkin. Poezd ham, avtomobil ham tukhtamasdan utib ketishi kerak buladi. Uzbekiston chegarasiga etgunga qadar Qozogiston chegarasida yulovchilar chiqib, aholi bilan muloqot qilmasligi taminlanishi kerak. Rossiyada muhojirlarga qupol muomala qilinishi bor holat, lekin bu keyingi darajadagi masala. Birinchi navbatda odamlarning sogligi. Qolgani keyinchalik bulaveradi. Kasallik soni Moskvada yuqori bulgani bilan, boshqa hududlarda bir necha baravar kam. U erlarda karantin qoidalari ham qisqarib boryapti, ish jarayonlari boshlanmoqda. Ishlar boshlangandan keyin odamlarning uyga qaytish ishtiyoqi ham yuqolib qoladi.

Zarnigor Omonillaeva: –Deyarli hech bir fikrlariga qushilmayman. Uzbekiston uz chegaralarini yopmagan, degan fikr aytildi. Buning huquqiy tarafini kursak, chindan ham Uzbekiston uz fuqarolari uchun chegaralarini yopmagan. Amaliy jihatdan qaraganda esa 15 martdan 26 martgacha bulgan muddatda Uzbekiston fuqarolari qullarida tayyor chipta bilan tayyor samolyotda qayta olmaganlariga shakhsan guvohmiz. Aeroportda tunagan, reys qachon bulishini kutgan, charter reysga navbat kutganlarning hammasi Uzbekiston fuqarolari. Ular aeroportda qullarida tayyor chipta bilan, malumotlar byurosida reys bekor bulmagani aytilgani holda Uzbekistonga uchib bora olishmagan. “Aeroflot” khodimlari bilan gaplashganimda samolyot tayyor, ekipaj tayyor, antiseptik vositalari bor, faqat Uzbekistonga uchib kirib borish uchun rukhsat berilgani yuq, degan fikr aytildi. Uzbekiston chegaralarini yopmadi, degan mulohaza juda ham bahsli. Moldova va Armanistonda ham chegaradan kiritmaslik masalalari yuq edi, lekin hozir kelsangiz, kiritamiz deb, fuqarolarni mamlakatga kiritish mekhanizmini tashkillashtira oldi. Chegaralarning yopilishi asli tugri variant edi. Bu vaqtincha chegaradan hech kimni kiritmay tursak-da, malum muddatgacha kerakli barcha tayyorgarliklarni kurib olsak, degan maqsadda kerak edi. Chegaradan utkazish mekhanizmini tugri tashkillashtirib olish uchun muddat olish sifatida bu chora tugri edi. Endi kerakli tayyorgarlikni kurib olgandirsizlar, uzbekistonliklar yurtiga qaytishni istayapti, degan mulohaza urtaga chiqmoqda. Qaytish istagida bulganlardan surovnoma utkazganda ularning hech biri uyim, ishim bor, sogligim joyida, shunchaki uchun qaytishni istayapman, degan mulohazani bildirmayapti. Uzbekiston chegarasi fuqarolar uchun yopilmaganini kursatib beradigan hech qanday misolimiz yuq. Uzbekistonga qaytmoqchi bulayotganlarning 99 foizi mamlakat fuqarosi ekanligini va ular chegaradan uta olmayotganini hisobga olsak, chegaralar yopiq degan fikrga kelish mumkin.

30 mln aholini uylagan holda, 2 mln uchun javob bermaymiz degan mulohazaga kelsak. Uzbekistondagi karantin choralari tahlil qilinsa, ularning qanchalik tugri tashkil etilgani savol ostiga olinadi. Aslida, kasal bulganlarni ham, soglomlarni ham yoppasiga bir reys bilan karantinga olib kirish davlat uchun yuk edi. Hammani karantinga olib, davlat uzini qiyin ahvolga quyyapti. Kasallar karantinga olinib, qolganlari uz uylarida nazoratga olinsa, tugriroq bulardi. Boshqa davlatlarda karantin shu yunalishda tashkil etilgan – olib kelingan fuqarolar holatidan kelib chiqqan holda karantinga olinadi. Shifokhonada yotdi nima, uyida yotdi nima – karantinda bir khil munosabat buladi. Koronavirusning uz dorisi bulmagani uchun faqatgina ogir holatda shifokhonadagilar yordam berishi mumkin.

Samolyotlar, ekipaj masalasi aytildi. Kasallar soni buyicha ikkinchi urinda bulgan Rossiyada ichki reyslar yulga quyildi. Rossiya uz hududida qatnovlarni tashkil eta olgan bulsa, demak, Uzbekistonga ham qatnovlarni tashkil etsa buladi. Rossiyaning khususiy va davlat samolyotlari yulovchilarga himoya vositalarini taqdim etsa, kerakli choralarni kursa, khalqaro reysga ham moslasha oladi. Bilishim buyicha, 1 iyundan boshlab, Uzbekistonning uz aviakompaniyasidan boshqa khususiy aviakompaniyalar chipta sotishni boshlagandi.

Botirjon Shermuhammad: – Chetdan olib kelingan fuqarolarning kasali borlarini shifokhonaga, kasali yuqlarni uyiga yuborsa buladi, degan fikr buldi. Muammo shundaki, kimning kasal bulgan-bulmaganini aniqlashning imkoni yuq. Olib kelingan 100 nafar fuqaroni tekshirganda 1 nafarida virus chiqdi, qolganlarida chiqmadi, deylik. Ularda chiqmadi degani, ular kasal bulmagan degani emas-da. Nega 14 kunlik karantin? Chunki shuncha paytda kasallikning alomatlari namoyon buladi. Uyiga quyib yuborsa buladi, deyapsiz. Shifokhona va uyning bitta katta farqi bor – uyda uz oila azolariga yuqtirish khavfi bor. Moskvada ham yuqtirganlarning 50 foizi hech qanday alomatsiz virus tashuvchisi bulishi mumkinligi aytilyapti. Uyiga quyib yuborsak, zanjir bulib boshqalarga tarqab ketish ehtimoli bor-ku, buning masuliyatini kim uz buyniga oladi?

Samolyotlar buyicha. Rossiyada bulayotgan narsa bu – ichki reyslar. Ichki reyslar Uzbekistonda ham tartib bilan yulga quyildi. Ammo gap chetdan keladigan reys haqida ketyapti. Ichki reysda uchayotganlar chetda bulmagan odamlar. Rossiyada hozir bemorlar 370 mingta, dunyoda uchinchi urinda. Uzbekistonda 3550 nafar. 370 ming nafar kasal bulgan joydan kelgan odamni karantinga olmaslik qanchalik tugri buladi, degan savol bor.

Zarnigor Omonillaeva: –  Hamma muammo ham shunda-da. Uchib kelayotganlar orasida soglomlar ham, kasallar ham bir joyga karantinga olinyapti. Uchib kelgan vaqtida yuqtirmagan odam ham 14 kunlik karantin davrida yoki karantindan chiqib ketish davrida ham yuqtirib olishi mumkin.

Koronavirus Khitoydan boshqa barcha mamlakatlarda chet eldan kelganlar orqali tarqalgan, faqatgina Uzbekistonda emas. Shuning uchun kasallik chetdan kirib keladi deyishning uzi notugri.

Botirjon Shermuhammad: – Bunga qarshi emasmiz, haqiqatan ham chetdan kirib kelyapti-ku.

Zarnigor Omonillaeva:–Qarshi bulishning birinchi belgisi Uzbekistonning fuqarolari Uzbekistonga eta olmayotganida.

Botirjon Shermuhammad: – Biz Uzbekiston fuqarolarining vatanga qaytishiga qarshi emasmiz, muammo ularni qanday olib kelishda. Hamyurtlarimiz qaytishini istaymiz, uzimiz ham bora olmay turibmiz. Shakhsan men ham yozda uyga borishim kerak, sentyabrda yana qaytishim kerak. 3 nafar farzandimning hayotini khavf ostiga quyib aeroportga borib, odamlar bilan navbatda turib, 4 soat davomida samolyotda uchib, 14 kun davomida karantinda turishni tugri deb uylamayman. Aeroportda ham, samolyotda parvoz vaqtida ham, karantin davrida ham yuqishi mumkin. Rossiya keyinchalik chet el fuqarolarini qayta kirgizadimi-yuqmi degan savol ham bor. Muammo shunda. Ketmoqchi bulganlar shuni ham hisobga olishmayapti.

Birinchi navbatda, hammamizga yaqinlarimizning salomatligi aziz. Siz uz farzandingiz bilan charter reysda uchib ketishga rozimisiz? Muammo shunda.

Zarnigor Omonillaeva: –  Rozi bulardim. Pandemiyaning boshqa ofatlardan farqli tomoni shundaki, unda moliyaviy ahvoli yomon bulganlar eng kup zarar kuradi. Boshqa ofatlarda hamma teng zarar kuradi. Rossiyadagi sharoit Uzbekistondagidan kura qanchalik yakhshi bulmasin, mehnat muhojirlarining bu erdagi ahvoli uz vatanidagidan kura yomon. Rossiyadagi umumiy sharoit mehnat muhojirlarining hayotida aks etmaydi. Yashash joyidan boshlab, ishsizligi, sogligi, oziq-ovqati haqida qaygurmayotganiga birinchi sabab moddiy etishmovchilik hisoblanadi. Rossiyaning uz fuqarolari uchun sharoit qanchalik yakhshi bulmasin, bu muhojirlar uchun hech qanday tasir kursatmaydi.

Ilyos Safarov: – Uz vaqtida qullanilgan karantin cheklovlari foyda berishini kuryapmiz. Chegaralarni yana ochadigan bulsak, ikkinchi tulqinga Uzbekiston qanchalik tayyor? Uzimizdagi ichki kasallanish holatlarini engib bulib va boshqa davlatlarda ham ahvol engillashgandan keyin chegarani bosqichma-bosqich ochgan har tomonlama qulayroq emasmi?

Botirjon Shermuhammad: –Charter reyslari tashkil qilinayotganining uzi ham chegaralarning bosqichma-bosqich ochilishiga sabab bulishi mumkin-da. Imkoniyatdan kelib chiqib, olib ketib fuqarolarni, karantin zonasiga joylashtirmoqda. Qancha odamni olib kelishga imkoniyati bulsa, shundan kelib chiqish kerak. Birinchi navbatda, ogir kasallar, homiladorlar, keksalar olib ketilishi kerak. Rossiya va Uzbekistondagi amaldorlar ham, ketmoqchi bulayotganlarning uzi ham bir narsani inobatga olishmayapti – biz juda ham kupmiz. 100 ming odamni olib ketgan taqdirda ham 1 mln 900 ming, 2 mln nafardan ortiq odam qoladi. Ularning orasida ham ketishi muhim bulganlar bor. Charter reyslar muammoning echimi emas. Chegarani tuliq ochmaguncha baribir ogir ahvoldagilar qolaveradi. Uzluksiz reyslar yulga quyilgan taqdirda ham, barcha fuqarolarni olib ketish uchun bir necha oy davomida tashish kerak buladi. 10 ming odamni olib ketish uchungina 40ta reys kerak. Ruykhatga yozilgan 70 ming nafar odamni olib ketish uchun nechta reys kerak va ular qachon tashkil qilinadi?

Zarnigor Omonillaeva: – Chegaralarning yopiqligi kasallar sonining vaqtincha kam bulib turishi statistikasiga tasir qiladi kholos. Chegaralarni bir umr yopib utirishning iloji yuq. Kun kelib chegaralar baribir ochiladi va khuddi shu kasallar baribir kirib keladi.

Ilyos Safarov: – Rossiya ham qarab turgani yuq-ku. U erda ham bepul davolanish imkoniyati qilingan. Tibbiyoti ham bizdagiga nisbatan yakhshiroq rivojlangan.

Zarnigor Omonillaeva: – Hamma muammo shundaki, davolanish istagida bulganlar haqiqatda davolanishi kerak bulganlardan bir necha baravar kam. Davolanishi kerak bulgan, lekin davolanmayotganlar juda ham kup. Davolanishi kerak bulgan uzbekistonliklar davolanish uchun Uzbekistonni tanlayapti, Rossiyani emas. Rossiyadan qurqqani uchun, meni qamaydi, deport qiladi degan stereotiplar muhojirlarning ruhiy holatiga tasir qilyapti.

Ilyos Safarov: – Kasallar bepul davolanadi, deportasiya qilinmaydi, hech kim quvib chiqarilmaydi deb elon qilinyapti-ku.

Zarnigor Omonillaeva: – Rossiya shifokhonalarida davolash uchun olib ketilayotgan mehnat muhojirlari ogir ahvoldagilar. Agar ahvoli ogir bulmasa, uzi yashab turgan joyda karantinga olinadi. Mehnat muhojiri yashab turgan joyiga pul tulay olmasa, oziq-ovqati bulmasa, qaysi hisobdan uyda karantinda bulib davolanishi kerak? Bundan avval Botirjon aka hammani karantinga olish imkonimiz bormi, degan savolni berdi. Hamma muammo shunda-da. Hozirgi pozisiyamiz – imkonimiz bormi-yuqmi, yuq. Shuning uchun chegarani yopib utiraveramiz degan nuqtada bulib turibdi. Aslida esa imkonimiz bulishi uchun nima qilishimiz kerak degan pozisiyaga utishimiz kerak.

Botirjon Shermuhammad: – Bu kasallar qachondir qaytadi, deyilyapti. Bu kasallik surunkali emas. Virus aniqlangandan keyin 14-21 kunda davolanib chiqishyapti. Nima uchun vaqt jihatdan bulib kiritish yulga quyildi? Qancha kasalni qabul qila olamiz? Bu vaziyatni nazoratda ushlab turish. Deylik, chegarani ochib yubordik. Qaysi rahbar masuliyatni uz buyniga oladi? Bizni hukumat komissiyasiga azo qilib tayinlashsa, shu masuliyatni buynimizga olamizmi-yuqmi? Muammo moddiy qiyinchilikda ekanligi tushunarli. Hamma gap muammoning echimi qanday bulishida. Moddiy qiyinchilik bulgani bilan, odam birinchi galda sog bulishi kerak. Nafas ololmay vafot etsa, unga hech qanday moddiy boylik ham kerak bulmay qoladi. Favqulodda vaziyatning naqadar jiddiyligini his qilishimiz kerak. Avvalgi hayotimizdagi qulayliklardan voz kechishimiz kerak. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutish kerak. Biz duch kelayotgan muammolar bazi joylarda yashayotganlar uchun muammo emas. Davlatning birinchi maqsadi sogliqni saqlash. Sogliqni saqlash tizimini qaysi davlat yakhshiroq amalga oshiryapti, bilmayman, lekin yuqumli kasallikning keng tarqab ketmasligi haqida birinchi navbatda uylash kerak. Qurbonlar bulsa, kimning yakhshi-yomon yashagani kuzga kurinmaydi. Sogliq uchun har qanday huquqdan, engillikdan, moddiy imkoniyatlardan voz kechish mumkin. Uzbekistonda kasallik darajasi nolga tushsagina boshqa davlatlar Uzbekistonga uz chegarasini ochishi mumkin. Nega? Chunki u erda kasal yuq. Rossiyadan kasal chiqib tursa-yu, u erdan odamlarni olib keltirsak?! Menimcha, hech bir epidemiolog bunga yul quymaydi.

Kupchilik chegaraga borib, elchikhonaning oldiga borib tupolon qilyapti. Lekin sog odamlarning qanchasi shifokorlarga uz yordamini bermoqchi? Qaysi birimiz borib yordam berdik? Tibbiy khodimlar etishmayapti, tez yordam kechikyapti. Lekin juda ham kam odam uz hayotini khavfga quyib borib yordam berishga tayyor. Bu erda yurganlar moddiy-manaviy jihatdan bir-birimizga yordam qilishimiz kerak. Tibbiyot tizimiga ham quldan kelgancha yordam qilish kerak. Tojikiston yashil hudud edi, etibor bermadi, Navruz nishonlandi, masjidlar ochib berildi. Bugun esa kasallanish soni buyicha Uzbekistondan utib ketdi. Ulim soni buyicha Urta Osiyoda birinchi uringa chiqib olgan. Gap odamlarning hayoti haqida ketyapti, qiyinchiliklar haqida emas. Men davlatning urnida bulganimda, favqulodda holat elon qilib, harbiylarni kuchaga chiqarib, juda ham qattiq ushlagan bulardim. Chunki shu talab qilinayotgan vaziyat.

Zarnigor Omonillaeva: – Insonlarning tanlovini cheklab bulmaydi. Odamlar Uzbekistonda davolanish niyatida bulsa, qaytish istagidan voz kechmayotgan bulsa, ularni chegaradan kuch bilan qaytarish emas, vatanga qaytishlarini taminlash, qaytganlaridan keyin kuzatilishi mumkin bulgan zararni minimumga tushirish buyicha choralar haqida uylash kerak.

Ilyos Safarov: – Fikrlar uchun sizlarga katta rahmat. Uzbekiston hukumati eng tugri yulni tanlashiga va bu yul fuqarolar uchun manfaatli bulishiga ishonamiz.

О нас

Яна маълумот

LUTD0pUznvBSkUAIEyOwNPGqJB_f497Z

Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Birgina mavzu butun dunyodagi eng muhim jarayonlarni ham, muammolarni ham chetga surdi – koronavirus. Butun …