Главная / Siyosat / Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda
<

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, 10 iyuldan 1 avgustgacha Uzbekistonda avtomobil harakatini cheklash, viloyatlararo avtotransport qatnovlarini taqiqlash, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugullanuvchi yirik dukonlar faoliyatini tukhtatish, oilaviy tuy hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar utkazishni ham taqiqlash kuzda tutilgan.

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

  • avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga tasir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat tatiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
  • davlat organlari, tashkilotlar va korkhonalarda yigilishlar utkazish taqiqlandi, zarur hollarda yigilishlarni videokonferensaloqa rejimida utkazish belgilandi;
  • hududlar urtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq khujaligi mahsulotlarini etishtiruvchi tashkilotlarga tegishli khizmat va shakhsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
  • tomosha, madaniy-kungilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni utkazish taqiqlandi;
  • tuy hamda boshqa oilaviy marosimlarni utkazish taqiqlandi;
  • 65 yoshdan oshgan shakhslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining kuchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bulib harakatlanishi cheklandi.

Shuningdek, quyidagi obektlar faoliyati tukhtatildi:

  • parklar va istirohat boglaridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugullanuvchi yirik dukonlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qati nazar maktabgacha talim tashkilotlari, uquv kurslari va har qanday tugaraklar;
  • umumiy ovqatlanish obektlari (restoran, kafe, oshkhona, choykhona) (etkazib berish (keytering) khizmati bundan mustasno);
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

Makhsus komissiya khalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bogliq yangi tartiblar belgilagan:

  • khalqaro aviaqatnovlar khorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
  • khalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash buyicha test topshiradi.

О нас

Яна маълумот

Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yigilishi utkazmoqda. Tadbirda bugun Uzbekiston buylab koronavirus pandemiyasini …