Главная / Jamiyat / Uzbekiston Turkiya Buyuk millat majlisi azolarini saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi
<

Uzbekiston Turkiya Buyuk millat majlisi azolarini saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi

2019 yilning 6 avgust kuni Turkiyada amaliy tashrif bilan bulib turgan Uzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisining raisi Mustafo Shentop bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Takidlanganidek, 2017 yilda Uzbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk millat majlisi urtasida hamkorlik tugrisidagi memorandum imzolangani Uzbekiston-Turkiya hamkorligi huquqiy asosining muhim tarkibiy qismi buldi.

gg5giysngegbvpuldxw1-b9yu45hwvha

Parlamentlararo hamkorlik ikki mamlakat urtasidagi uzaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishning qulay omili sifatida muhimligi takidlandi. Qayd etilganidek, hamkorlikning qonunchilik asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy va boshqa sohadagi kup qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari urtasidagi uzaro manfaatli aloqalarni kengaytirishda muhim rol uynaydi.

Uchrashuvda Uzbekiston-Turkiya kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, turizm, madaniy-gumanitar, talim va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qonunchilik jihatidan kumak berishga tomonlarning tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Suhbat chogida 2018 yil mart oyida Toshkent shahrida bulib utgan hamkorlikning parlamentlararo guruhlari birinchi qushma majlisining muvaffaqiyatli utkazilgani qayd etildi, Oliy Majlis delegasiyasining Anqara shahrida ikkinchi qushma majlisda ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Qonun ijodkorligi sohasi, parlament saylovlarini tashkil etish va utkazish buyicha tajriba almashishdan tomonlar manfaatdor ekanligi takidlandi. Uzbekiston tomoni Turkiya Buyuk millat majlisi azolarini joriy yil dekabr oyida bulib utadigan Oliy Majlis va khalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi, deyiladi TIV khabarida.

О нас

Яна маълумот

0so35qa9COmeK_JO6u33YzshmrUQZlW7

Jarimaning 70 foizi tulansa, qolganidan ozod bulish mumkin buladi

Huquqbuzar jarima solish haqida qaror topshirilgan kundan boshlab un besh kun ichida jarima miqdorining 70 …