Главная / Jamiyat / Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tashkil etildi
<

Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tashkil etildi

akademiyaUzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy uquv kurslari Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda 8 may kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan farmonda shunday deyiladi.
Malum qilinishicha, akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar buyicha amalga oshiriladi:

– prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini uqitishga yunaltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bulmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ikhtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;

– prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda kunikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovasion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini uzlashtirishga yunaltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bulmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zakhirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;

– qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini etkazish, kasbiy kunikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilgor yutuqlarini urgatish, shuningdek, prokuratura organlari khodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yunaltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam bulmagan prokuratura organlari khodimlari malakasini oshirish;

Farmonga kura, prokuratura organlari khodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

2018 yilning 1 iyunidan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgarmasi hisobidan Akademiya khodimlariga prokuratura organlari khodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffisienti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ragbatlantiruvchi qushimcha haq va ustamalarni uz tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qushimcha ustama tulanadi.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …