Главная / Siyosat / Uzbekiston Respublikasi Prezidenti “Islom hamjihatligi: Uzbekiston va Ozarbayjon misolida” khalqaro konferensiyasi ishtirokchilari bilan uchrashdi
<

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti “Islom hamjihatligi: Uzbekiston va Ozarbayjon misolida” khalqaro konferensiyasi ishtirokchilari bilan uchrashdi

c6126419cd00feca9b9101925f2da9b1Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 oktyabr kuni “Islom hamjihatligi: Uzbekiston va Ozarbayjon misolida” khalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shaykhulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilari delegasiyasini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, ushbu konferensiya tashkil qilingani va uning ishida khorijiy mamlakatlardan nufuzli delegasiyalar ishtirok etgani jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan khalqaro hamkorlik tobora kengayib borayotganidan dalolat ekanini alohida takidladi.

Hamkorlikdagi bunday say-harakatlar jahonda muqaddas islom dinining asl qadriyatlari va insonparvarlik goyalarini targib etish, zamonamizning khalqaro terrorizm va ekstremizm singari tahdid va khatarlariga qarshi samarali kurashishga qaratilgani qayd etildi.

Uzbekistonning «Jaholatga qarshi marifat» – talim olishning hamma uchun ochiqligini taminlash, savodsizlik va jaholatga barham berish kabi prinsipial yondashuvlari nufuzli khalqaro forumlarda bir necha bor bildirildi.

Uzbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bulib utgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Marifat va diniy bagrikenglik” makhsus rezolyusiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

Shuni takidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda bu yunalishda aniq maqsadga yunaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda, khalqaro hamkorlik kengaymoqda.

Khususan, buyuk ajdodlarimiz merosini urganish va uni kelajak avlodlarga etkazish maqsadida Samarqandda Imom Bukhoriy nomidagi Khalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda bugungi kundagi global jarayonlar, khavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdid va khatarlar say-harakatlarni birlashtirish, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirishni taqozo qilayotgani qayd etildi. Millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni yanada mustahkamlash, talimni rivojlantirish va yoshlarning akhloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda samimiy qabul uchun Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga chuqur minnatdorlik bildirdi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

Mehmonlar mamlakatimizda bagrikenglik va uzaro hurmat, etiqod erkinligini taminlash, dinga etiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish buyicha amalga oshirilayotgan izchil ishlarga yuksak baho berdi.

Khalqaro konferensiya ishtirokchilari tinchlik, totuvlik, barqarorlik va farovonlikni taminlash yulida Uzbekiston Respublikasi bilan faol muloqot hamda keng kulamli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

О нас

Яна маълумот

M6Ry0I2HEhFxnTYzo2gSvLCViuIYoXx2

Prezident Zangiotada barpo etilayotgan makhsus shifokhona qurilishi bilan tanishdi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan kup …