Главная / Iqtisodiyot / Uzbek-Tojik chegarasidagi “Dustlik bozorlari” kasodga uchradi

Uzbek-Tojik chegarasidagi “Dustlik bozorlari” kasodga uchradi

Iyul oyi boshidan Tojikistondan Uzbekistonga va Uzbekistondan Tojikistonga mahsulotlar olib utishga cheklovlar kiritilgani ikki mamlakatda ochilgan bozorlar faoliyatini falajlab quydi.

adf14548-23dd-4e31-a8fd-b0149d5d7a29_cx5_cy0_cw82_w1023_r1_s

Uzbek va tojik bozorlari ikki mamlakat urtasida mart oyida vizasiz bordi-keldi shartnomasi imzolanishi ortidan chegaraoldi hududlarida ochilgan edi.

Aholi orasida bu bozorlar “Dustlik bozorlari” nomini olgan.

Cheklovlarga muvofiq, Tojikistondan Uzbekiston hududiga bir kishiga kuniga faqat 10 kilogramm va Uzbekistondan Tojikistonga 40 kilogramm miqdorida oziq-ovqat va sanoat mollari utkazishga izn beriladi.

Tojikistonlik tadbirkor Otabek Sodiqov har kuni Dushanbe shahridan Surkhondaryo viloyatidagi Denov shahriga elektr asboblari olib borib, “Tojikbozor”da sotardi.

Ammo yangii cheklovlar urnatilishi ortidan tadbirkor Denovga borishni tukhtatdi.

Otabek Sodiqov Uzbekistonga borib savdo qilishdan naf qolmaganini aytadi.

“Men tadbirkor sifatida Dushanbedan Denovga dukhovka, multivarka, myasorubka, televizor va mobil telefon olib borib sotardim. Denovda turt qavatli “Tojikbozor”da ham tojik va uzbek tadbirkorlari oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari sotardi. Cheklovlar joriy etilganidan beri Denovga borganim yuq. Hozir bozor ishlayaptimi yoki yuq, bilmayman, – deydi tadbirkor.

Tojikistonning Sugd viloyatidagi eng katta Uzbekiston oziq-ovqat va sanoat mollari bozori – “Somon”da ham mahsulotlar va tadbirkorlar soni kamaygan.

Uzini Alisher deb tanishtirgan bir tadbirkorning Ozodlikka aytishicha, mahsulotlarni olib utishda cheklovlar joriy etilishi ortidan Uzbekistondan “Somon” bozoriga oziq-ovqat va sanoat mollari olib utish keskin ozaygan.

Sugd viloyati Konibodom tumanidagi jurnalist Mahmudjon Shermuhammadning aytishicha, ayni shunday holat Konibodom shahridagi “Dustlik” bozorida ham kuzatilmoqda.

“Hozir “Dustlik” bozorida tujjorlar ham va kharidorlar ham ozaygan. Uzbek tadbirkorlariga kuniga 40 kilo miqdorida mahsulot olib utishga izn berilgan. Shunindek, Uzbekistondan Tojikistonga tukhum, piyoz va boshqa usimliklar urugi, un va un mahsulotlari olib utish taqiqlagan” -deydi jurnalist.

Mahaliy tahlilchi Shamsiddin Jalolov bunday vaziyatning yuzaga kelishida tojikistonlik va uzbekistonlik monopolist guruhlarni aybladi.

“Bu hodisa geopolitik manfaatlardan emas, balki monopolist guruhlarning iqtisodiy manfaatlari tufayli yuz berdi. Ular guruhiy manfaatlarini milliy manfaatlardan yuqori quymoqdalar. Agar bunday amallar oldi olinmasa, ikki qushni davlat orasidagi iqtisodiy va tijoriy hamkorliklarga jiddiy putur etishi mumkin,”- deydi Shamsiddin Jalolov.

Uning fikricha, Tojikiston va Uzbekiston hukumati vakillaridan iborat qushma komissiya chegarada yuzaga kelgan mazkur hodisani har tomonlama urganib, muammo echimini topishlari lozim.

Mart oyida Tojikiston va Uzbekistonda vizasiz bordi-keldi yulga quyilishi ortidan tojik va uzbek vatandoshlari katta miqdorda bir-birlariga oziq-ovqat va sanoat mollari olib uta boshlashdi.

Ammo bugungi kunda tijoriy eyforiyadan nom-nishon ham qolmagan.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi “Jismoniy shakhslar tomonidan Uzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib utish tartibini takomillashtirishga doir qushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi qaroriga asosan endilikda temir yul va daryo utkazish punktlari orqali bojkhona chegarasini kesib utganda – 1000 AQSh dollari miqdorida hamda avtomobil yuli (piyodalar yuli) utkazish punktlari orqali bojkhona chegarasini kesib utganda esa – 300 AQSh dollari miqdoridagi quyidagi tovarlarni 1 kalendar oy davomida 1 donadan bojkhona tulovlarisiz olib kirish mumkin.

Bular har bir khonadon uchun zarur bulgan sovutgich, muzlatgich, kondisioner, kir yuvish mashinasi, chang yutgich, gaz plitasi, elektr plita, televizor, mikrotulqinli pech, dukhovkali pech, elektr gusht qiymalagich, dazmol, fen, oshkhona kombayni, telefon apparati, shu jumladan qul telefoni, kompyuter tekhnikasi, printer va kup funksiyali ofis qurilmasi, planshet kompyuter, noutbuk, oshkhona idishi (bir tuplam) kabi tovarlardir.

Shuningdek, boshqa har bir nomdagi tovar (masalan oziq-ovqat, kiyim kechak, kanselyariya, khujalik mollari)dan 2 kg, ammo umumiy ogirligi 10 kg.dan oshmaydigan tovarlardan bojkhona tulovlari undirilmaydi.

Jismoniy shakhslar tovarlarni bojkhona tulovlari tulamasdan olib utishning miqdoriy normalari jismoniy shakhs Uzbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi utkazish punktlaridan belgilangan davrda birinchi marta utishida qullaniladi. Bunda bojkhonachilar chegara khizmatlari organlari tomonidan jismoniy shakhsning pasportiga quyiladigan belgidagi sanaga asoslanishadi. Ruykhatda qayd etilgan har qanday tovar belgilangan norma va davriylikdan ortiq olib utilganda esa urnatilgan tartibda bojkhona tulovlari undiriladi.

Яна маълумот

Rj1axTqfRwTjCISEOyi1jmaKQK8ga0NG

Captiva 5 narkhi nech sum elon

«Saptiva 5» 221 mln 691 ming sumdan 309 mln 900 ming sumgacha narkhda sotuvga chiqariladi. …