Главная / Jamiyat / Uzbek Adabiyoti – 11 sinf fanidan kitobi (Elektron varinat)

Uzbek Adabiyoti – 11 sinf fanidan kitobi (Elektron varinat)

Kup asrlik uzbek adabiyoti tarikhida XX asr adabiyoti alohida mavqeni egal- laydi. Zero, khuddi shu davrda adabiyotimiz khazinasida roman, qissa, realisik khikoya, drama, komediya, poema singari yangi adabiy tur va janrlar paydo buldi. Uzbek yozuv- chilari jahon adabiyotining ilgor badiiy tajribalaridan tom manoda bakhramand bula boshladilar. Adabiyotning khalq hayoti bilan aloqasi barqarorlashdi.

adabiyot-kitobiXX asr uzbek adabiyoti mustamlakachilik davrida mutelikka, zulm va jaholatga qarshi isyon sifatida shakllandi. XIX asrning sunggi choragida Turkistonning rus mustamlakasiga aylanishi erli khalqni uzok yillar mobaynida tobelik sharoitida yashashga majbur etdi. Tarikhiy taraqqiyotning shu tarzda kechishini oldindan sezgan jadidlar XX asrning 10-yillaridan boshlabok khalqni uygotishga, ular qalbiga istiqlol orzusini payvand etishga kirishdilar. Zero, Munavvar Qori, Fitrat, Chulpon singari erksevar jadidlar aytganidek, oyogida hatto oltin kishan bilan yashovchi khalq mute khalkdir. Shuning uchun kham Markaziy Osiyo respublikalarining 1991 yilda mustaqil davlatlar maqomiga erishuvi bu davlatlar tarikhiga eng buyuk voqea sifatida kiradi.

XX asr adabiyoti kup asrlik uzbek adabiyoti tarikhida dastavval shu jihati bi­lan ajralib turadiki, khalk bu davrda ogir mustamlakachilik sharoitida, gaflat va jaholat ogushida yashaganligi sababli, Bekhbudiy, Avloniy, Fitrat, Hamza sin­gari shu davr adabiyotining dastlabki namoyandalari uz oldilariga mudroq khalqni uygotish vazifasini quydilar. Aslida, khalqning uzi kham hosildor erlarining mus- tamlakachilar tomonidan tortib olingani, Turkistonga kuplab ruslar, kazaklar, dashnoqlarning kuchirib keltirilgani, milliy boyliklarning talon-toroj etila- yotgani, zulmning esa khaddan oshayotganini kura boshlagan edi. Natijada 1892 yili Toshkentda, 1898 yili Andijonda khalq ozodlik kharakatlari bulib utdi. Bunday kat- ta-kichik kharakatlar shafqatsizlik bilan bostirildi; qanchadan-qancha begunoh ki- shilarning yostigi kuridi. Chorizm shu tarzda khalkni mute ommaga aylantirib bordi. XIX asr okhiri – XX asr boshlarida tarikhiy sharoit manzarasi ana shunday nokhush edi.

Shak-shubhasiz, har kanday sharoitda kham khalqning or-nomusi, akl-idroki, zakovat va matonatini uzida mujassamlashtirgan siymolari buladi. Utgan asr boshlarida khalqning ana shunday ilgor qarashli, utkir nigokhli, gayrat va shijoatli siymolari sifatida uzbek jadidlari maydonga chikdilar. Khalkimiz bakhtiga, shu davrda Eron va Turkiyada milliy inqiloblar sodir bulgan va mazlum Sharq uygona boshlagan edi. Ana shu uygonish davrining qaldirgochlari sifatida Turkiyada yosh turklar paydo bulib, ularning islohatchilik harakatlari Fitrat singari Istambulda takhsil kurib qaytgan yoshlar ongi va dunyoqarashiga katta tasir utkazdi. Qrimning Bogchasaroyida Ismoil Gaspirali nashr etgan “Tarjumon” gazetasining, shuningdek, Qozon, Ufa va Orenburgda chiqa boshlagan nashrlarning tasiri ham uzbek jadidlarining tugilishi va qudratli harakatini vujudga keltirishda muhim omil buldi.

Sovet madaniy siyosati jadidchilikni qoralab, uning namoyandalari ustiga tuhmat toshlarini yogdirib keldi. Holbuki, ular zulmatli davrni uzlarining ma- rifatparvarlik faoliyatlari va milliy taraqqiyot goyalari bilan yoritib, khalqni gaflat va jakholat ogushidan uygotmoqchi va okhir – oqibatda mustamlakachilik ki- shanlarini parchalab tashlamoqchi edilar. Ular shu maqsadda yangi maktablar ochdilar, gazeta va jurnallar nashr etdilar, teatr truppalari tashkil etib, yangi goyalar bilan yugrilgan adabiyotni yaratdilar. XX asr adabiyotining ilk davri tarikhga milliy uygonish davri sifatida kirdi.

1917 yil okhiridan 1991 yilga qadar bulgan tarikhiy masofa sovet davrini tash­kil etadi. Uzbek adabiyoti kariyb etmish besh yilni uz qamroviga olgan bu davrda kupmillatli sovet adabiyoti degan yangi madaniy hodisaning tarkibiy bir qismi sifatida yashadi va rivojlandi.

Sovet davri uzbek adabiyoti sovet mamlakatida yuz bergan ijtimoiy uzgarishlarning uziga khos kuzgusidir. Agar bu ulkan davrning turli bosqichlariga (20 – 30-yillar, urush davri, urushdan keyingi yillar, turgunlik yillari, qayta kurish yillari kabi) nazar tashlasak, ularda ruy bergan uzgarishlar shu davrlar ada­biyotining uziga khos taraqqiyot tamoyillarini belgilab berganini kuramiz.

Agar sovet adabiyoti uzining dastlabki bosqichida proletar adabiyoti sifati­da tugila boshlagan va uz oldiga yuqsil khalqning khayotini aks epirish vazifasini quygan bulsa, keyinchalik kommunistik partiya goyalari va siyosatini targib etuvchi “karnay”ga – “proletar ishining bir qismi”dan partiyaning mafkuraviy quroliga aylanib bordi. Partiya bu adabiyotning partiyaviylik, sinfiylik va goyaviylik sin­gari nazariy mezonlarini ishlab chikib, barcha yozuvchilar uchun yagona ijodiy usul – sosialistik realizm metodini yaratib berdi.

Uzbek adabiyotining ana shu dastlabki bosqichida yozuvchilar uz ijtimoiy ke- lib chiqishlari va ijodlarining goyaviy yunalishiga karab suniy ravishda pro­letar yozuvchilari, inqilobiy yozuvchilar va ’’yulovchi” yozuvchilarga ajratiladi. Agar Gayratiy, Gafur Gulom, Umarjon Ismoilov singari ijod ahli proletar yozuvchila­ri deb, Hamid Olimjon, Oydin, Sobir Abdulla va boshqalar inqilobiy yozuvchilar deb atalgan bulsalar, “yulovchi” yozuvchilar ung va sul qanotlarga bulindi. Abdulla Qodiriy, Fitrat va Chulponlarga “ung yulovchi” yorligi yopishtirildi; Shokir Su- laymon, Elbek, Oybek, Nasr Rakhimiylar esa “sul yulovchilar” guruhini tashkil etadilar. Bir khalqning yozuvchilari ana shunday bemani gurukhdarga ajralibgina qolmay, keyinchalik yulovchilarning har ikki qanotiga mansub qariyb barcha yozuvchi- lar qatagon etildi. Mustabid tuzum ana shunday zulm va zurovonlik orqasida adabi- yot “jilov”ini uz quliga oldi.

Bugun sovet davrida yozilgan qator asarlar uz umrlarini yashab tugatdilar. Dol- zarb mavzularda yozilgan, partiya olib borgan ichki va tashqi siyosatning badiiy ifo- dasi bulgan bunday asarlar uz vaktida \am kitobkhonlarga katta estetik zavq bergan, deb aytish qiyin. Sosialistik realizm andozalari asosida yaratilgan kuplab asar­lar, qogozdan yasalgan gullardek, hidsiz va jonsiz bulgan.

Lekin shu bilan birga, XX asr adabiyotining bu katta davrini tarikhdan uchirib tashlash tugri emas. Zero, uzbek adabiyoti bu davrda, birinchidan, khalq va mamla- kat khayotining muhim muammolari bilan qiziqib, ularni tasvir doirasaga olib kirishga urindi. Qaynoq khalq hayotidan uzokda yashab kelgan uzbek mumtoz adabiyo­ti Muqimiy va Furqat boshliq marifatparvar shoirlar, XX asrning boshlarida esa jadid yozuvchilar tufayli realistik tasvir ufqlarini egallay boshlagan edi. Ana shu yunalishdagi izlanishlar bu davrda, asosan, muvaffaqiyatli davom ettiril- di. Shuning natijasi ularoq tarikhiy shakhslar, afsonaviy va diniy qahramonlar urniga adabiyotga real hayotdan olingan yangi qahramonlar kirib keldilar (Otabek va Kumush, YOdgor va Nekkadam, Yulchi va Gulnor, Zaynab va Omon singari); sovet davri­da sodir bulgan barcha mukhim vokealar (fukarolar urushi, sanoatlashtirish, jamo- atlashtirish, khotin-qizlar ozodligi uchun kurash, madaniy inqilob kabi) adabiyotda uz tasvirini topdi. Partiya olib borgan siyosatda notugri jihatlar bor bulishiga va ular adabiyotda uzining ijobiy bahosini topganiga karamay, bu boradagi asarlar ham shu davrning badiiy yilnomasidan urin oladi.

Ikkinchidan, jadid adabiyotida dastlabki namunalari paydo bulgan realistik nasr, publisistika va dramaturgiya sovet davrida keng qanot yozdi. Badiiy adabiyot- ning barcha tur va janrlari uzbek yozuvchilari ijodidan mustahkam urin egalladi. Hatto mumtoz uzbek adabiyotining asosiy va etakchi turi – sheriyat ham tubdan yan- gilandi. XX asr uzbek adabiyotining yangi adabiy tur va janrlar bilan boyishi- da adabiy aloqalarning roli katta buldi. Agar uzbek shoir va yozuvchilari Oktyabr tuntarilishiga kadar Sharq khalqlari adabiyotidan bahramand bulib kelgan bulsalar, 1917 yildan keyin esa ular karshisida Evropa khalqlari adabiyoti, birinchi navbat- da, rus adabiyoti khazinalari ochildi. Bu omil uzbek yozuvchilarining Garb adabiyoti, birinchi navbatda, rus adabiyotida erishilgan badiiy tajribadan samarali foy- dalanishlari va uzbek adabiyotining badiiy ufqlarini kengaytirishlariga imkon tugdirdi.

Uchinchidan, bu davrdagi adabiy jarayonning muhim belgilaridan biri shunda ediki, qardosh khalqlar bilan adabiy aloqalarning yulga quyilishi natijasida va shu jarayonning uzviy qismi sifatida tarjima sanati rivojlandi. Nafaqat rus va boshqa qardosh khalqlar adabiyoti, balki rus tili orqali jakhon khalqlari adabiyotining ham yuksak namunalari uzbek tiliga tarjima qilindi. Tarjima adabiy harakatga tasir utkazadigan qudratli omillardan biriga aylandi. Rus va jahon adabiyoti namunalarini tarjima qilish Chulpon, Oybek, Shaykhzoda, Usmon Nosir, Mirtemir, Abdulla Qahhor singari yozuvchilar ijodining yangi bosqichga kutarilishiga imkoniyat yaratdi.

Turtinchidan, XX asrda erishilgan eng katta yutuq uzbek tilining barcha hayotay jarayonlar va insoniy kechinmalarni lunda, yorqin va obrazli tarzda ifodalay oluv- chi adabiy til darajasiga kutarilishidir. Agar “Turkiston viloyatining gazeta” yokhud “Sadoi Turkiston” gazetalari, “Oyna” yokhud “Al-Isloh” jurnallarida bosil- gan khikoyalar, sherlar va maqolalarni til va uslub nuqtai nazaridan Oybek, Gafur Gulom yokhud Erkin Vokhidov va Abdulla Oripov asarlari bilan qiyoslaydigan bulsak, uzbek tili adabiy til sifatida bu davrda, ayniqsa, sayqallanganidan hayratga tush- may iloj yuk. Bunda jadid yozuvchilarning, shuningdek, “Chigatoy gurungi” tashkilo- ti azolarining va keyingi ikki-uch yozuvchilar avlodining khizmatlari goyat kattadir. Uzbek tilining bu davrda yangi uslubiy sifatlarga ega bulishi, lugat tarkibining yangilanishi, badiiy buyoqlar bilan boyishida tarjima sanatining kham tasiri bulgan, albatta.

Nihoyat, beshinchidan, bu davrda yangi kitobkhon tugildi. Jadidlar butun kuch- lari bilan uygotmoqchi bulgan khalkda Abdulla Qodiriyning roman va hajviyalari, Chulponning sherlari tufayli badiiy ijodga qiziqish shu davrda ayniqsa avj oldi. Khalqni yoppasiga savodli qilish jarayoni khal kd agi ichki ijodiy kuchni uygotib, unda rukhiy va manaviy ozukaga nisbatan ehtiyoj tugdirdi. Bu kitobkhon uz didi va estetik ehtiyojiga yarasha u yoki bu yozuvchi ijodiga, tugrirogi, butun uzbek adabiyoti- ga faol qiziqa boshladi. Ana shunday manfaatdor kitobkhonlar ommasining paydo bulishi badiiy ijodning shu davrdagi takdirida ijobiy rol uynadi.

XX asr uzbek adabiyoti erishgan yutuqlar tugrisida suz borar ekan, kommunistak partiya va sovet khukumatining bu borada amalga oshirgan tadbirlarini kham chetlab utib bulmaydi. Shubkhasiz, partiya va hukumat adabiyotning khalqqa tasir utkazishda qudratli qurol ekanini sezib, unga muntazam ravishda etibor berib turdi; partiya olga surgan goyalar, amalga oshirgan tadbirlar khalqka adabiyot yordami bilan etib bordi; khalq adabiyotga, badiiy suzga, yozuvchiga ishonganligi tufayli bu tadbirlarni qullab-quvvatladi. Adabiyotning khalqni safarbar qila oluvchi kuchini kurgan par­tiya nashriyot va matbaa ishlariga alokhida etibor berib, qanchadan-qancha gazeta va jurnallar tashkil etdi; badiiy adabiyot asarlarining millionlab nuskhalarda va unlab tillarda keng khalq ommasiga etib borishi uchun barcha choralarni kurdi; yozuv- chilarga katta moddiy sharoit tugdirib, ular uchun turli mukofotlar tasis etdi, ijod boglarini barpo qilib, yakhshi kalam khaki belgiladi.

Bu davr adabiyotining saboqlari tugrisida suz borar ekan, yana quyidagi masala- larga etiborni qaratish joizdir.

Birinchisi – partiya adabiyotga rahbarlikni uz quliga olar ekan, yozuvchilar, av- valgi jamiyatlarda bulganidek, uz holicha yashashlari mumkin emas, deb bildi; ularni yagona YOzuvchilar uyushmasiga birlashtirishdan avval turli tashkiliy tadbirlarni sinovdan utkazdi, nihoyat, SSSR YOzuvchilar uyushmasi va uning respublikalardagi bulimlarini tashkil etdi.

Ikkinchisi – sovet siyosiy tuzumining sunggi yillari oshkoralik va qayta qurish shiori ostida kechdi; bu davr adabiyotida ijod erkinligi, khaqiqatni aytish huquqi bulgan takdirdagina uning ijtimoiy roli ortishi, adabiyot yolgon suzdan khalos bulishi, tarikh va hozirgi zamonga pok nigoh bilan qarashi mumkinligini kursatdi.

Uchinchisi – adabiyotga partiya rahbarlik va homiylik qilgan davrlarda so- sialistik realizmning temir qoliplaridan partiyaviy va sinfiy moqiyati bilan bir-biriga ukhshash yuzaki asarlar kup chiqqaniga qaramay, zamonaviy jahon va rus adabiyoti tasirida muntazam ravishda yangi badiiy izlanishlar olib borildi; ada- biyotning goyaviy va badiiy saviyasi muayyan darajaga kutarildi.

XX asr adabiyotining ijobiy fazilatlarini sakdab qolish, yozuvchilarning yangi badiiy izlanishlarga bulgan maylini ragbatlantirib borish, uzbek adabiyotining taraqqiyot yuli saboqlaridan tugri khulosalar chiqarish adabiyotimizning kelajagi uchun ayniqsa muhimdir.

XX asr uzbek adabiyoti dastlabki shakllanish davrida jadid adabiyoti qulga kiritgan yutuqlarni mustakhdamlash yulidan bordi. Buning sababi hali bu davrda markscha-lenincha dunyoqarashga ega bulgan yozuvchilarning etishib chiqmaganligi, yangi adabiyot “yuk”i Fitrat, Hamza, A. Avloniy, A. Qodiriy, Chulpon kabi jadid yozuvchi- larining elkasiga tushganligida edi. Bu yozuvchilarga qarama-qarshi ularoq yuqsil va inqilobiy yozuvchilarning paydo bulishi bilan ularning bir qismi adabiyot olami- dan uzoqlashtirildi, sovetlasha boshlagan ikkinchi qismi kham uzoqyashamadi. Milliy yozuvchilarni sovetlashtirishga, baynalminalchilik bayrogi ostida milliy adabiy zamindan uzib olishga qaratilgan siyosat uruglari ana shu bush zaminda sekin-asta nish ura bordi. Nihoyat, adabiyotimizdan milliy badiiy tafakkurning chekinib, uz urnini “shaklan milliy, mazmunan sosialistik” goyalarga bushatib bergani malum buldi. Bu goyalarga kura, kelajakda millatlar birlashishi va eng ilgor, demak, rus khalqining tili va adabiyoti etakchi til va adabiyot sifatida kamol topishi, boshqa tillar va adabiyotlar esa shu ummonga kelib quyulishi va singishi lozim edi.

Har bir milliy adabiyot boshqa khalqlar adabiyotidan, eng avvalo milliy ana- nalari, qakhramonlarining milliyligi, tasvir etilgan hayotning uziga khosligi bi­lan farqlanadi. Shu manoda uzbek yozuvchilarining asarlarida ham uzbekona rukh, uzbekona khayot tarzi, uzbekona fel-atvorlar va Uzbekistan uchun muhim ahamiyatga molik mavzu va goyalar balqib turishi lozim.

“Adabiyot, – deb yozgan edi Chulpon 1914 yilda elon qilingan “Adabiyot nadur?” degan maqolasida, – har bir millatning hisli kungul tarikhining eng qorongu khonalarida maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har khil tusda va rangda etishgan, fayzli til birla takdir etula olmaydurgon bir guldir”. Bu guldan u usib- ungan zaminning, tabiatning tarovati esib, shu zamin va tabiatning ranglari mushak singari otilib turishi lozim.

Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Utkan kunlar” va “Mekhrobdan chayon” roman- larining uzbek kitobkhonlari tomonidan sevilib uqilishining sababi khuddi shun- dadir. Ota farzandini uzining yashargan shakli sifatida, kurkamlashgan nuskhasi sifatida ardoqlaganidek, kitobkhon kham u yoki bu asar qahramonlarini uziga qondosh bulgani, tili va dilini ifoda etgani,uzidagi guzallik va ezgulik haqidagi tasav- vurlarning moddiy ifodasini kurgani sababli ham sevadi. Uzbek kitobkhonining bakhtiga, adabiyotimizning oltin khazinasida bunday asarlar oz emas. Ulardagi ibrat olishga arziydigan, kitobkhonning mekhr-muhabbatini qozongan qahramonlar, uning dunyoqarashiga ozuka beradigan, kuchiga kuch qushadigan olijanob goyalar, estetik did­ni ustiradigan, rukhiy va manaviy ekhtiyojlarini qondiradigan badiiy nur adabi- yotning tarbiyaviy-marifiy ahamiyatini belgilovchi omillardir.

Uzbek adabiyotining darvozasi bu davrda Garbga qarab ochilgan edi. Adabiyoti­mizning kup jikhatdan kamolotga erishuvida shu darvozadan oqib kirgan yangi “ada- biy shabada katta rol uynadi. Hozir ham Garb adabiyotida yangi badiiy izlanishlar okimi tinganicha yuq. Shuning uchun ham bu darvozaga qulf solinmasligi lozim. .Pe­kin shu bilan birga, yosh ijodkorlar shuni bilishlari kerakki, taqlid hali ijodiy urganish emas. Adabiyot esa yangi suz, yangi buyoqlarni akhtarib topish, ijod etish, yaratish sanatidir.

Uzbek adabiyotining XX asrda bosib utgan yuli shu masalalarni etiborga olishni taqozo etadi.

Mazkur darslik-majmuada XX asr boshlaridan to XXI asr boshlarigacha bulgan uzbek adabiyoti tarikhini quyidagi asosiy yirik va kichik bosqichlarga bulib urganishni lozim topdik.

  1. Milliy uygonish davri uzbek adabiyoti – (1905 – 1930):
  2. Uzbek jadid adabiyoti (1905 – 1917);
  3. 20-yillar uzbek adabiyoti (1918 – 1930).
  4. Uzbek sovet adabiyoti – (1930 – 1990):

1.30- 40-yillar uzbek adabiyoti;

  1. 50 – 80-yillar uzbek adabiyoti.
  • Uzbek istiqlol adabiyoti yoki Hozirgi adabiy jarayon (1991-2010)

Albatta, bu davrlashtirish nisbiydir. Chunki adabiyot taraqqiyotini, uning ri- vojlanish yoki tubanlashish jarayonlarini aniq bir yil bilan chegaralab bulmaydi. Zero, yangi bosqich eski adabiy jarayon ichida etishadi, undan usib chiqadi, yangi ada­biy hodisalar umri tugayotgan adabiy muhit ichida paydo bula boshlaydi. Aksincha, utib borayotgan bosqich malum vaqt yangi adabiy jarayon ichida yashaydi.

Masalan, biz milliy uygonish davrini 1905 yildan boshlayapmiz, holbuki, ada- biyotimizdagi milliy uygonish XIX asrning sunggi choragida – mustamlaka davridayoq boshlangan edi. YOki uzbek sovet adabiyoti 1930 yilda emas, balki oldinroq – 20- yillardayoq shakllana boshlagan edi. YOkhud adabiyotimizning istiqlol davri, anikrogi qayta milliy uygonish goyalari utgan asrning 70-yillarida, ayniksa, kayta qurish va oshkoralik siyosati davridayoq uzini namoyish qilgan edi.

Darslik-majmuada yana Qirgizistondagi uzbekzabon adiblar ijodidan, qirgiz va jahon adabiyotidan ham namunalar berildi.

Aziz Uquvchi! Majmuaga kiritilgan adabiy asarlarni qunt bilan uqib chiqib, ulardan kelajak hayotingiz uchun kerakli sabokdarni olasiz, degan umiddamiz va bu yulda Sizga sabr-toqat tilaymiz.

Savol va topshirikdar:

  1. Nima uchun milliy istiklol XX asr boshlaridagi Turkiston khalqining, ayniqsa, ziyolilarning orzusiga aylandi?
  2. Yangi uzbek adabiyotining asosiy khususiyatlari nimalardan iborat edi? Mazmuniga kura u mumtoz adabiyotdan nimasi bilan farq qiladi?
  3. XX asr uzbek adabiyotini mumtoz adabiyotimizning konuniy davomi desa buladimi yoki butunlay yangi adabiyotmi?
  4. Adabiyotdagi romantik va realistik tasvir usuli khaqida nimalar bilasiz? Yangi uzbek adabiyoti kuproq kaysi usulga tayandi? Nima uchun?
  5. Yangi uzbek adabiyotida qanday yangi adabiy tur va janrlar paydo buldi?
  6. Uzbek sovet adabiyotini utgan asrda yashagan khalqimiz khayotining badiiy tarikhi deyish mumkinmi? Fikringizni misollar bilan dalillang.
  7. Sovet khukumati nima uchun adabiyot va sanatni rivojlantirishga alokhida ahamiyat berdi? Bu gamkhurlikni dalillashga harakat qiling.
  8. XX asr uzbek adabiyotining eng taniqpi vakillaridan kimlarini bilasiz? Ularning qaysi mashkhur asarlarini uqigansiz?
  9. Yangi uzbek adabiyoti qaysi adabiy manbalardan ijodiy tasirlandi, urgandi?
  10. Utgan asrda tarjima sanatining rivoj topishiga sabab nima deb uylasiz?
  11. XX asr uzbek adabiyoti tarikhini qanday bosqichlarga bulib urganish mumkin? Adabiyot tarikhi nima uchun davrlarga ajratiladi?
  12. XX asr, khususan, uzbek sovet adabiyotining yutuqlari va kamchiliklari khaqida nimalar deya olasiz?

[1]               Darslik-majmua professorlar N.Karimov, B. Nazarov, T. Niyozmetova, U. Normatovlar tomonidan 11-sinf uchun tuzilgan “Uzbek adabiyoti” (Toshkent – 1993) darsligi va majmuasi asosida tuzildi. Ayrim materiallar internet buloklaridan khamda mualliflardan olindi.

[2] Jadid – yangi; yangilikka, marifatga intiluvchi; yangicha marifat tarqaguvchi.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …