Главная / Madaniyat / Uzbek khalqining etnik tarkibi

Uzbek khalqining etnik tarkibi

khalkUzbeklar Urta Osiyoning qadimgi khalqlaridan biri bulib, kuhna va boy tarikhga, yuksak madaniyatga ega khalq. Ular son jihatdan ham katta.

Utroq uzbeklar tojiklar kabi Urta Osiyoning eng qadimiy khalqlaridan sanaladi. Ular Jayhun (Amudaryo) va Sayhun (Sirdaryo) oralagidagi Urta Osiyo hududida yashagan baqtriylar, sugdlar va khorazmiylarning avlodlaridir.

Urta asr davridagi yozma manbalarda Movarounnahrning asosiy aholisini tavsiflash uchun odatda “turk” va “tojik” atmasidan foydalanadilar va bu bilan Urta Osiyodagi ikkita asosiy etnik birikmani belgilaydilar. Ularning tarkibiga asrlar davomida turli etnik qatlamlar kirar edi.

Ilk yozma manbalardagi malumotlarga, shuningdek arkheologik va antropologik materiallarga asoslanib shuni aytish mumkinki, baqtriyaliklar, sugdlar, khorazmiylar, fargonaliklar va kanguylar uzbek elatining tarkib topishida dastlabki asosiy etnik qatlam bulishgan. Keyinchalik turli davlarda Movarounnharga kuchib kelgan qabilalar yangi qatlam bulib qushilishgan.

X asr okhiri – XI asr boshlarida qorakhoniylar bilan birga Oltoy, Ettisuv va Sharqiy Turkistondan Movarounnahrga kuchib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar, tukhsilar, qorliqlar, chigillar, uguzlar, argin va boshqa turkiyzabon qabilalar ulkaning sharqiy eron va turk tillarida suzlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan boyitdi, turkiy etnik qatlamning ustunligini bir qadar taminladi. Shunday qilib, Qorakhoniylar davrida uzbek khalqi tula shakllanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlandi. Eski uzbek tiliga asos bulgan qorliq – chigil lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga kutarildi. Qorliq – chigil lahjasi, aytish mumkinki, shu uzbek khalqining umumiy tili bulib qoldi. Yusuf Khos Hojibning “Qutadgu bilik”, Mahmud Qoshgariyning “Devonu lugatit turk”, Khoja Ahmad Yassaviyning “Hikmat” asarlari mana shu davrning ijodiy mahsulidir.

XIII asrning boshlarida, aniqrogi 1219 yili Movarounnahrga Chingizkhon katta qushin bilan bostirib kirdi. Bu qushin tarkibida mugullar bilan bir qatorda turklar va turklashgan mugullar ham kup edi. Qorliqlar, jaloirlar, totorlar, markitlar, qurlovutlar, burkutlar, qungirotlar, barloslar, sulduslar, boyovutlar, bahrinlar shular jumlasidandir. Bu qabilalar, shubhasiz, uzbek khalqining etnik tarkibini yanada boyitdi. Lekin usha zamonlarda, XV asrga qadar bular uzbek nomini olmagan edilar. Ular turk deb yoki uz qabilalari nomi bilan atalganlar.

Uzbeklarning ajdodlari tarikhda sezilarli iz qoldirdilar. Ular Somoniylar (819-1005), Chigatoy ulusi (1227-1370), Temur va Temuriylar davlati (1370-1506)ning ijtimoiy – siyosiy hayotida katta urin egallab kelganlar. Uzbeklarning ajdodlari Saljuqiylar (1038-1194) va Gaznaviylar (977-1186) davlatining harbiy-siyosiy tayanchi buldilar.  Uzbeklar XVI asrning boshlarida Shayboniylar davlati (1500-1601)ga asos soldilar. Ashtarkhoniylar (1601-1757) va Mangitlar (1757-1920) davlatini ham asosan ular boshqardilar. Quqon (1709-1876) va Khiva (1512-1920) khonliklari ham uzbeklarning davlati edi.

XI-XII asrlarda tarkib topgan uzbek elatiga keyinchalik yangi qatlamlar kelib qushilgan. Bu davrda kuplab turk – mugul qabilalari, shu jumladan asr boshlarida Shayboniykhon boshchiligida Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga kuchib kelgan qabilalar uzbek elati tarkibiga kirgan eng muhim qatlamdirlar.

Hozirgi Uzbekiston erlaridan turli davrlarda boshqa elatlar – yunonlar, arablar, mugullar ham yashashgan. Ular mahalliy aholi bilan qushilib, asta – sekin singishib ketishgan. XVI asrda va shundan keyin qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar va qirgizlar guruh – guruh bulib, bazan esa mahalliy aholi bilan qushilib yashashgan. Asrlar davomida turli halqlarning vakillari uzaro khujalik va madaniy aloqalarda bulib kelishgan.

 

“Uzbek” etnonimining kelib chiqishi va mohiyati

XVI asr boshlarida Movarounnahrga kuchib kelgan turk – mugul qabilalari “uzbek” nomini olib kelishdi. Keyinchalik bu nom etgik ahamiyat kasb eta boshladi. Ammo, bundan uzbek elat sifatida XVI asrning boshlaridagina shakllandi, degan mano kelib chiqmaydi. Khalqning tarikhi uning nomidan qadimiyroq bulishini tasdiqlovchi misollarni boshqa kupgina mamlakatlardan ham keltirish mumkin. Ana shunday misollardan biri Movarounnahrdir.

Hozirgi Uzbeksiton erlaridan keyinchalik uzbeklar deb atalgan aholi juda qadim zamonlardan yashab kelgan.

XIII asrning 80-yillari – XIV asrning boshlarida “uzbek” atamasi Dashti Qipchoqning turk – mugul kuchmanchi va yarim kuchmanchi aholisining umumiy nomi sifatida arab va fors tilidagi asarlarda qullana boshlandi.

“Uzbek” etnonimining kelib chiqishi va mohiyati khususida turli fikrlar mavjud. Olimlarning bir guruhi bu atamaning kelib chiqishini Olti Urdaning mashhur hokimi Uzbekkhon (1313-1342) nomi bilan boglaydilar. Boshqa bir guruh olimlar “uzbek” atamasi Dashti Qipchoqning sharqiy qismida vujudga kelgan va bu erda yashovchi barcha turk – mugul qabilalariga nisbatan qullanilgan deb hisoblaydilar. Uchinchi guruh tadqiqotchilar esa Dashti Qipchoqdagi turk – mugul aholisi uchun umumiy nom sifatida “uzbek” atamasi XIII asrning okhirida, yani Uzbekkhondan ilgari vujudga kelgan, deb takidlaydilar.

Ammo, deyarli barcha tadqiqotchilarning fikricha, XVI asrning boshlarida Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga kuchib kelgan turk-mugul qabilalarining bir qismi asta – sekin mahalliy turk aholisi bilan singishib ketib, turk aholisi tarkibiga sunggi asosiy qatlam bulib qushildi va shu bilan birga ularga uz nomini berdi.

Shimoldan kelgan kuchmanchi qabilalar asta – sekin utroq bula boshladilar. Ular Movarounnahrga kelgan dastlabki yillaridayoq Samarqand, Bukhoro va Urta Osiyodagi boshqa markazlarning aholisi singari kuchmanchi zodagonlarning va shayboniylar yangi hukmron sulolasining vakillari sifatida tilga olinadilar. Ammo, kuchib kelgan qabilalarning bir qismi ancha vaqtgacha kuchmanchilik va yarimkuchmanchilik turmush tarzini tark etmadilar.

Kuchmanchilarning qishloq deb ataladigan ilgarigi qishki manzilgohlari asta – sekin doimiy istiqomat joyiga aylana boshladi. U yoki bu qabila utroq bulib qolgan joylar shu qabila nomini ola boshladi. Qungirot, Mangit, Qipchoq, Majar, Durmon va shu singari aholi yashaydigan joylarning nomi ana shu tarzda kelib chiqqan.

Khulosa qilib aytadigan bulsak, murakkab etnik jarayon umuman shunga olib keldiki, Dashti Qipchoq qabilalari asta – sekin “uzbek” degan umumiy nom bilan atala boshladilar va bu nom Urta Osiyo ikki daryo oraligidagi qadimiy utroq turk tilida gaplashadigan aholi tomonidan qabul qilinib, uning ilgarigi “turk” nomi urniga ishlatila boshladi. XVI asrning okhirlarida Bukhoro khonligining butun aholisi (Dashti Qipchoq uzbeklaridan tashqari) turklar va tojiklarga bulingan bulsa, keyinchalik, XVII asrning okhirlarida tarikhchilar faqat uzbeklar va tojiklarni tilga oladilar. Bundan keyingi asrlarda ham etnik markazlashuv jarayoni davom etdi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …