Главная / Siyosat / Urikzor bozoridagi voqeadan keyingi hangomalar
<

Urikzor bozoridagi voqeadan keyingi hangomalar

Joriy yilning 26 mart kuni Bosh vazir tomonidan Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi. Davlat byudjetiga tushumlar masalasida qoloqlikka yul quyilganligi uchun Mirobod, Uchtepa tumanlari hokimlari va davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari qattiq ogohlantirildi.

Shundan sung, utgan hafta davomida ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi «Urikzor» bozori hududida soliq inspektorlari kharidorlarni tukhtatib chek surayotgani, chek bulmagan holda bozor hududidan chiqarmasdan ushlab turgani haqidagi video tarqaldi.

Keyinroq Soliq qumitasi vakili, qumitadagi boshqarma boshligi Turabek Turaev matbuot anjumani chogida bu vaziyatda «soliq inspektorlari» nohaq bulmaganini malum qildi. Kup utmasdan Davlat soliq qumitasi matbuot khizmati khabarida ushbu videodagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirgan shakhs qumita khodimi emasligi, Uchtepa tumani hokimligi vakili ekanini malum qilindi.

Voqea yuzasidan qushimcha tafsilotlarni urganish va ikki tomondan ham izoh olish maqsadida yulga tushdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Urikzor» bozori hududida videoning asosiy qahramoni bulgan tadbirkorni topish qiyin bulmadi. U hech ikkilanmay intervyu berishga rozi buldi.

«2019 yil 27 mart kuni soat takhminan 11:00 atrofida mijozlar tashqaridan chek surayapti deyishdi. Borib chekni surash kimning qarori bilan bulayotganiga qiziqdim. Bu qanaqa tekshiruvligi haqida 10 martacha savol berdim. Shu savolga javob berishmadi. Uzlarini ham tanishtirmadi. Kimligini surashim bu mening huquqim. Kimligini bilishim kerak-ku? Biror idoraning khodimimi yoki kuchadagi bezorimi? Bunga oydinlik kiritish uchun undan suradim. Kimning qarori buyicha? Familiyang nima deb surash kerak-ku bunday vaqtda. U esa mendan hujjat suradi. Yigilganlarning barchasi tadbirkorlar edi. Ularni men yigmaganman. Khohlasangiz bozor mamuriyatining videoyozuvlarini kurishingiz mumkin. U erdagi odamlar uzlari yigilishdi. Men u kishiga savol berdim.

Men unga uzimni tanishtirdim, hujjatlarimni kursatdim. U uzini tanishtirmadi ham, hujjatini ham kursatmadi. Eshiklarning oldida turib mijozlardan surasa, ertaga ular faoliyatimni noqonuniy deb uylab mendan mahsulot olmay quyadi. Undan kura, kirib uzimdan surasin. Hujjatlarim hammasi tuliq, 5 yildan beri faoliyatimni yurgizyapman. Bir oyda 15 marta davlat soliq idorasidan keladi. Hujjatlarimizni kursatamiz. Kamchilik bulsa, darrov jarima belgilaydi. Bunaqa surayversa, nafaqat menga butun bozorga kelmay quyadi-ku? Soliqlar, ijara puli, kommunal tulovlarni tulashim kerak. Bola-chaqam bor, ularni boqishim kerak. Undan tashqari, soliq qumitasi kunlik inkassasiya qilasan degan. Bu rasman aytilmagan. Undan tashqari, mijoz kelsa uzimga ham davlatga ham foyda-ku? Pul tushumlaridan soliq tulayman», deydi tadbirkor.

Bozorboy Babaev (tadbirkor)

Endi videodagi ikkinchi tomon, soliq qumitasi malumotida keltirilgan hokimiyat vakilini topishimiz kerak edi. Uchtepa tuman hokimiyatiga bordik. Hokimiyat vakillari bu shakhsni tuman soliq inspeksiyasidan topishimiz mumkinligini aytishdi.

Soliq inspeksiyasiga borgan vaqtimizda bu erda shtab tuzilgani, hokimiyat vakillari ham, prokurorlar ham shu erdaligini aytishdi. Uchtepa tuman hokimiyati iqtisodiy bulimi khodimi Murodjon Egamberdiev ham shu erda ekan. Uning yigilishdan chiqishini kutdik. Ammo, yigilish tugagach ham uni topolmadik, u khuddi kurinmas qalpoqcha kiyib olgandek goyib buldi.

Soliq inspeksiyasi rahbari urinbosari Sherzod Ruzievdan izoh suradik.

Soliq inspeksiyasi rahbari urinbosari Sherzod Ruziev

«Joriy yilning mart oyi uchun byudjet kursatkichlari buyicha rejamiz bor. Usha rejani bajarish uchun butun tumandagi iqtisodiy kompleks bu ishga jalb etilgan. Shu jumladan, hokimiyat iqtisodiy bulimi ham. Asosiy manba bozorlardagi tadbirkorlik subektlaridir. Yuridik va jismoniy shakhslar. Naqd pul tushumi ham shu bozorlardan buladi. Bizning tumanda «Urikzor» bozoridan buladi. Kimdir kam topshiradi, kimdir qisman topshiradi. Monitoring vaqtlarida bunga guvoh bulganmiz. Shuning uchun, iqtisodiy kompleks, yani bank, moliya, soliq, hokimiyat iqtisodiy bulimi hamkorlikda bozorlarda tadbirlar amalga oshirildi. Bu tekshiruvmas, monitoring emas. Tekshiruv tadbiri alohida buyruq asosida buladi. Natijasiga qarab tasir chorasi qullanadi. Usha kungi bozordagi holatda hech qanday monitoring ham bulmagan. Iqtisodiy kompleks khodimlari naqd pul tushumini topshirish doirasida ishlar amalga oshirilgan. Vaqti kelganda khronometraj utkazganimizda tuliq pul topshirish bulmagan. Chekni tekshirishdan maqsad shuki, tadbirkor ham masuliyatni ozroq his qilsin.

Kassa apparatini urnatib quyish tuliq qonuniy ishlayapti, degani emas. Tovar aylanmasidan pul tulanishi lozim. Qanchalik pulni kam kirim qilsa, soliq shuncha kam tulanadi. Bu tadbirda moddiy yoki boshqacha tasir chorasi qullanmaydi. Faqat tadbirkorga tushuntiriladi. Usha holatda iqtisodiy kompleks khodimlari jalb qilingan. Tushuntirish ishlari olib borilgan. Tadbirkorlar tomonidan ozroq tushunmovchiliklar bulgan», deydi u.

Qiziq holat. Uzining haqligiga qatiy ishonchi bulgani sababli tadbirkor mukhbir bilan suhbatlashishdan qochmadi. Ammo, hokimiyat vakili uzining nohaq emasligini isbotlash urniga, «kurinmas odam»ga aylandi qoldi.

Bu turdagi tekshir-tekshirlar, tadbirkor qolib mijozlarni suroq qilish tarikhiy tajribalarda doimo salbiy oqibatlarga olib kelishi kuplab misollarda mavjud. Balkim, malum bir tadbirkorlar soliq va tushumlarda vijdonsizlik bilan ish tutar. Lekin, vijdonli soliq tulovchilar faoliyatiga aralashish bozor munosabatlariga nomuvofiq harakat emasmi?

О нас

Яна маълумот

rBK_Hwx9TqmBsJmid6uts1UqKnSENKAq

Kunduzi chiroq yoqib: nega yul harakati qoidalari buyicha bunday qarorga kelindi?

Kun.uz mukhbiri Ichki ishlar vazirligi IIV Yul harakati khavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot khizmati boshligi Akmal …