Главная / Madaniyat / Umraga khususiy shirkatlar orqali borish tukhtatildi

Umraga khususiy shirkatlar orqali borish tukhtatildi

Uzbekistonlik musulmonlar hususiy shirkatlar orqali Saudiya Arabistoniga umra safariga bora olmayapti.

Uzbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari qumitasi mulozimi umra ibodatini bajarish buyicha yagona qoidaga amal qilish uchun¸ bu tashrifni hususiy shirkatlardan kura¸ diniy idora yakhshiroq tashkil qiladi, degan fikrga kelinganini aytdi.

umra

Ozodlik suhbatlashgan ikkita turistik firma vakili joriy yil avgustdan beri umraga boradigan Uzbekiston vatandoshlari uchun Saudiya rasmiylari viza bermayotganini aytdi.

Sayyohlik shirkati vakiliga kura¸ “Odatda Uzbekistonliklar uchun umra vizasini rasmiylashtiradigan Birlashgan Aarab Amirlikdagi Saudiya elchikhonasi viza berishni tukhtatgan”. Turistik firma vakiliga kura¸ elchikhona “viza bermaslik buyicha Uzbekiston diniy idorasidan rasmiy khat olgan”.

– Khaj vaqtida umraga viza berish tukhtagan edi. Keyin umra vizasi berish boshqa mamlakatlar uchun ochildi¸ lekin biz uchun ochilmadi. Oktyabr boshida ochiladi, deyishuvdi haliyam ochilmadi. Dubaydagi Saudiya elchikhonasi “Uzbekistondan khat keldi¸ turistik firmalarga umra viza rasmiylashtirmaymiz”,- dedi suhbatdosh.

Ozodlik suhbatlashgan Toshkentdagi yana bir turistik shirkat vakili ham shu gapni aytdi:

– Uzbekistonga qushni davlatlar fuqarolari Saudiyaga umra safariga Dubay orqali viza olishyapti. Dubaydagi turistik shirkat hamkorligida. Hozirgi kunda Uzbekiston diniy idorasi Dubay shahridagi Saudiya elchikhonasiga khat yozdi , umra vizalarni uzbekistonliklarga bermaslik uchun. Kecha firmamiz nomidan Diniy idoraga khat ëzdik. Maqsad umra vizasini monopoliyadan chikarish edi. Lekin rukhsat berishmayapti, – dedi 14 million sumga (2 ming AQSh dollariga yaqin) “hammasi ichida umra safari” ga yuborishni reklama qilaëtgan shirkat vakili.

Malumotlarga qaraganda, sunggi ikki yilda Uzbekistondagi sayyohlik shirkatlari ham umra safarlarini uyushtirishni boshlagan.

Umra safarlarini uyushtirish bilan Uzbekiston buylab qancha shirkat shugullangani, khususiy shirkatlar orqali necha kishi umra qilganiga oid malumot Ozodlikda yuq.

Ozodlik bu masalada Uzbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo bulimi bilan boglandi. Bulim mulozimi haj va umra ishlarini muvofiqlashtirish bilan din ishlari qumitasi shugullanishini aytdi.

Ozodlik boglangan Uzbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari qumitasining ismi sir qolishini istagan mulozimi umra ibodatini bajarish buyicha yagona qoidaga amal qilish uchun¸ bu tashrifni hususiy shirkatlardan kura¸ diniy idora yakhshiroq tashkil qiladi, degan fikrga kelinganini aytdi:

– Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-son qarori bor, bu qarorga kura¸ umra kvotasi 6 ming qilib belgilangan. Bundan tashqari haj va umra tadbirlarini tashkil etish va utkazish tartibi tugrisidagi nizomga kura, bir borgan odam ikkinchi marta umraga borishi uchun 2 yil tanaffus kerak. Khohlagan odam shirkatga pul tulab boraveradigan bulsa qoidaga rioya qilish qiyin buladi.

Ozodlik tasarrufida Din ishlari buyicha qumita raisi Jasur Akramovning¸ joriy yil 18 sentyabrida Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi raisi Bakhtiër Umarovga ëzgan rasmiy maktubi bor.

Bu hujjatda umra safarining khususiy shirkatlar tarafidan tashkil qilinishi maqsadga muvofiq emasligi takidlanadi.

Ozodlik utgan hafta Andijon viloyatining Izboskan tumanida khususiy sayyohlik shirkatiga 3 ming AQSh dollari tulab, umraga bora olmaganlar haqida ëzgan edi. Ozodlik mukhbiri bu holatda ham shirkat Saudiya vizasi ola olmaganligini aniqlagan edi.

Ozodlik tasarrufida Din ishlari qumitasi¸ Musulmonlar idorasi va “Nuroniy” jamgarmasi rahbarlari imzo chekkan qushma qaror bor. Bu qarorning 13- moddasida umra ziëratiga boruvchilar uchun jamoatchilik kengashi tuzilishi kursatilgan.

Bu qushma qarorni izohlagan Diniy qumita mulozimi umra ziëratining shunchaki saëhat emas balki “ibodat” ekanligiga etibor qaratdi.

– Siz aytgan hujjat haj va umra ziëratini tashkil qilish buyicha davlat siësatini belgilab bergan. Bu hujjatdan kurinib turibdiki “umra” turistik safar emas, balki ibodatdir. Mayorka oroliga borgandek borilmaydi bu joyga. Puldan tashqari shu safarga loyiq bulish kerak.

Bundan buyon uzbekistonlik musulmonlarning haj va umra ziyoratlari Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari buyicha qumitaning tuliq nazorati va tashkilotchiligi ostida amalga oshiriladi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …