Главная / Iqtisodiyot / Umidvorlik holatidamiz. Ustoz jurnalistlar uzbek jurnalistikasi buguni, muammolar va zarur islohotlar haqida
<

Umidvorlik holatidamiz. Ustoz jurnalistlar uzbek jurnalistikasi buguni, muammolar va zarur islohotlar haqida

Kun.uz mukhbiri kasb bayrami munosabati bilan Uzbekistondagi bir guruh ustoz jurnalistlarni yuqladi va ularning bugungi kun jurnalistikasi borasidagi fikrlarini suradi. Katta avlod jurnalistikasi vakillari uz fikrlarini quyidagi ikki savolga javob berish orqali ifodalashdi:

1. Jurnalistikaning bugungi qiyofasini qanday kurasiz va undagi asosiy muammolar nimalardan iborat?

2. Uzbek jurnalistikasi qanday islohotlarga muhtoj deb hisoblaysiz?

Karim Bahriev:


Foto: Karim Bahrievning Facebook sahifasidan olindi

1. Dunyo bir azaliy maromda yaratilgan va yashaydiganday, yakhlit va mushtarakdir. Havoning bir necha darajaga isishi muzliklar erishiga va ummonlar sathi kutarilishiga, dunyo kharitasi uzgarishiga olib kelyapti. Bir insonning Yaratgan insonga harom qilgan luqmasini – kurshapalakni eganidan paydo bulgan bir tojlivirus butun insoniyatni larzaga solmoqda. Khuddi shunday Uzbekiston jurnalistikasi ham uzbek jamiyatining hayotidan ayro emasdir, mamlakat ahvoli bilan chambarchas bogliq.

Jurnalistikaning yuz yildan ziyod yaqin tarikhi ham shu jamiyat ahvoliga mushtarakdir. Chorizm davridagi Stolipin islohotlaridan sung paydo bulgan umidlar Davlat dumasi azosi bulgan Behbudiylar va jadidlarni yuzaga chiqargandi. Shu bilan birga, Oktyabr tuntarishini etiltirdi. Uzgarishlar umidi Chulpon-u Qodiriylarni oldinga chiqardi, ammo asta-sekin inqilobdan bulgan umidlar puchga chiqdi – qatagon-u taqiblar boshlandi va jadidlar qirginga uchradilar.

Keyin Khrushchyovning «ili-miliq» islohotlari, shakhsga siginishga qarshi otashin suzlari, «Utkan kunlar» va «Tong sirlari»ning ochiq uqiy boshlanishi yangi umidlar paydo qildi, ammo yana avtoritarizm bosh kutardi va uzoq muddatli turgunlik davri boshlandi.

Mikhail Gorbachyovning oshkoraligi yana jamiyatni va jurnalistikani uygotdi, gazetalar millionlab adadda chiqa boshladi, yangi jadidlar paydo buldi va ular mustaqillikni tayyorladilar. Ammo mustaqillikka erishganimizdan sung turt-besh yil ichida yana yakkahokimlik va shakhsga siginish yillari boshlandi, oshkoralik uygotgan navbatdagi jadidlar yo qamaldi, yo yurtni tark etdi, yo sukutga chumdi.

Va nihoyat, 2016 yil okhiridan yana «yangi islohotlar» davri boshlandi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoev oshkoralikka, islohotlarga davat etdi. Bugungi jurnalistika ana shu umidvorlik holatidadir. Bir qism men va siz singari romantiklar, jurnalistlar va blogerlar bu islohotlarga ishonyapmiz va yana bir qadar oldinga chiqdik, «ortga qaytish nuqtasi» utilganidan umid qilyapmiz. Yana bir toifa hali hammasi avvalgi holiga qaytadi, bu khalq demokratiyani istifoda eta olmaydi, eskicha qarashli kuchlar uzini unglab oladi, deb poylab utirishni afzal kurmoqdalar.

Men uzgarishlar bulishiga ishonadiganlar tomonidaman shu bugungi holimda va bu sunggi imkoniyat deb bilaman.

Jurnalistika rivoji uchun nimalar kerak?

Eng avvalo, siyosiy iroda kerak. Bu iroda davlat rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan aytilmoqda va qayta-qayta davat etilmoqda. Agar bu siyosiy iroda bulmaganda, bugungi aytilayotgan haqiqatlarga imkon bularmidi?!

Ikkinchidan, OAV buyicha qonunlar takomillashuvi lozim. Masalan, tuhmat va haqorat jinoyat qonunchiligidan chiqarilishi lozim (shu yil yanvarida AOKA prezident qarori asosida Uzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etishni chiqarib tashlash buyicha qonun loyihasini ishlab chiqqandi – tahr). Bu qonunbuzarliklarning mamuriy va fuqarolik kodekslarida bulishi etarlidir. Suz uchun, fikr uchun qamoq jazosi bulishi mamlakatda fikr erkinligiga hech qachon yul bermaydi. Biror-bir taraqqiy qilgan, madaniy khalqda va davlatda bunday modda mavjud emas, u faqat avtoritar va totalitar davlatlarda qolgan. Uni mansabdorlar tanqiddan qurqqani uchun ushlab turadi va khalqqa esa shunday deydi: «Nahotki, sizga gazetada yoki internetda tuhmat yo haqorat qilishsa va jazosiz qolsa?!».

Avvalo, jazosiz qolmaydi – mamuriy va fuqarolik kodekslariga kura jazolanadi, jarima tulaydi, OAV yopilishi mumkin, qolaversa, OAV qonunchiligiga kura yolgon malumotlarga raddiya qilinadi va fikrlarga javob bera oladi. Faqat suz uchun qamoq jazosi bulmaydi, kholos. Agar bir jurnalist suzi uchun qamalar ekan, qolgan minglab jurnalistlar tanqiddan tiyiladi, jim utirishni yoki maqtashni afzal kuradi. Maqtov esa «tiz chukib qilinadigan qaroqchilik»dir.

Uchinchidan, OAV menejmenti bozor iqtisodi sharoitiga utishi kerak. Qonunchilikka kura, istalgan sohaga sarmoya kirita olasiz, lekin OAV sohasida chegara bor, nizom jamgarmasida khorij sarmoyasi 30 foizdan oshmasligi kerak, bevosita biror matbuot khorijdan mablag jalb eta olmaydi, avval «umumiy ura»ga – Fondga tushishi kerak va u kimga berishni hal qiladi. Sarmoyador esa muayyan, aniq loyihaga pul beradi. Kuryapsizki, matbuot sohasi bozor iqtisodining raqobat sharoitiga kira olmaydi. Tushunaman, bu cheklovlar avvalgi «qurquv davri»dan qolgan. Jamoatchilik fikriga khorij tasir utkazmasin deyilgan. Biz endi adolatli va halol ish yuritsak, nimadan qurqamiz?!

Turtinchidan, aynan khalqning oshkora fikrlashi va ongli qarorlar qabul qilishi – haqiqiy barqarorlik va khavfsizlikning asosidir. Ongsiz olomon – khavfsizlikning dushmanidir.

2. Albatta, uzbek jurnalistikasi jiddiy islohotlarga muhtojdir. Davlat, jamiyat va inson – bir mushtarak ijtimoiy organizmdir. Jurnalistikaning uzi alohida liberallasha olmaydi. Masalan, odamning quli echilsa-yu, oyogi bogliqligicha qolsa, u yura olmaydi yoki ogzi ochiq bulsa, gapira olsa-yu, burni yopilsa, nafas ololmasa, qay holga tushadi…

Jurnalistikaning suz erkinligi sharoitida rivojlanishi davlatdagi mamuriy-siyosiy islohotlarga bogliqdir, mediabiznes, yani jurnalistika menejmenti yuksalishi, chinakam moliyaviy erkinligi yurtda real raqobat sharoiti yaratilishiga, monopolistik iqtisod urniga haqqoniy bozor munosabatlari qaror topishiga bogliqdir, yani iqtisodiy baquvvat bulishi uchun mukhlisi kup bulishi kerak, mukhlisi kup bulishi uchun haqiqatni yozishi va yoza olishi kerak, haqiqatni yozgandan keyin omonlikda yashashi qonun ustuvorligiga, adolatga bogliqdir. Adolat esa insonparvar qonunlar yaratilishiga, yani mustaqil parlamentga bogliq, bunday parlament esa erkin va haqqoniy muqobillik asosidagi saylovlarga ehtiyoj sezadi. Shunday erkin parlament qabul qilganlarga rioya etilishi uchun faqat qonunga itoat qiladigan huquq-tartibot tizimi va mustaqil sud tizimi lozim.

Kuryapmizki, bularning barchasisiz faqat jurnalistikaning uzini rivojlantirib bulmaydi.

Khurshid Dustmuhammad:

1. Jurnalistikamizning bugungi qiyofasini chizish uchun yorqin buyoqlarimiz juda oz. Bugungi muammolar ildizi – 30 yillik darakhtlarning mevasi hisoblanadi. Bu darakhtlarni asrab-avaylab sugorgan, parvarish qilgan maslahatguylar, yul-yuriq kursatuvchilar aybdorlar safini boshqarib turishibdi. «E, baraka topgurlar, shuncha yul-yuriq kursatdik, soha orqaga ketsa ketmoqdaki, rushnolik kurayotgani yuq, kelinglar, bas qilaylik!» demadi-ya, birortasi, loaqal insof, diyonat nuqtayi nazaridan.

Jurnalistlarimiz-chi? Bosh muharrirlarimiz-chi? Usha «dono» yuriqnomalarga vatanparvarlik, mustaqilparvarlik tunini kiydirib bajonidil ijro etdilar. Ozgina diyonati, gururi kuz yummaganlargina qogoz-qalamni yigishtirdilar.

Keng omma esa tomoshabinlikdan nariga utmadi. Bu nimasi? Matbuot ham, TV ham shunaqa kuzbuyamachi buladimi, deb aytolmadi. Toqat qila-qila oqibati milliy matbuotimiz ahvoli shu kuyga tushdi.

30 yilda yuqotilgan obru-etiborni 3-4 yilda tiklash albatta oson kuchmaydi. Lekin shunisi aniqki, ayni paytda prezident boshlayotgan islohotlar natijasi ommaviy akhborot vositalari tula emin-erkin faoliyat yuritishiga bogliqdir!

Usha qattol shuro davrida Rossiyadan, Latviya, Litva, Estoniya, Ozarboyjon, Gruziyadan gazeta-jurnallarga obuna bulardik. Qulma-qul uqirdik. Bahslashardik. Khulosa chiqarardik. Birorta sonini olmay qolsak, surishtirardik, izlardik.

Endi-chi? «Falon gazeta nega chiqmayapti? Piston jurnal nega tukhtab qoldi?» degan gapni eshitmaymiz. Shu qadar ojizlik, noshudlik!..

Kimda-kim gazeta-jurnalni uqimasa uqimay quya qolsin, bu uning didi, saviyasi, dunyoqarashi, madaniyati belgisi. Lekin ijtimoiy tarmoq, bloger hali tulaqonli jurnalistika emas. Ular ham kerak, zarur. Ijtimoiy tarmoq, bloger topsin, kursatsin, voqif qilsin, yozma jurnalistika tahlil qilsin, tushuntirsin, yunaltirsin. Shu tariqa, bir-birini tuldirsin. Mana, echim qaerda!

Matbuotni uqimaslikka davat etuvchi vazir yoki hokimga ishonib bulmaydi akhir, jamiyatning manaviyatini, taqdirini!

Borni yuq qilish emas, bordan bor qilishni uylaylik.

Oliy va urta makhsus talimi vazirligi mutasaddilarining topqirligini qaranglar: respublikamizdagi bir necha oliy uquv yurtlarida jurnalistika fakultetlari ochildi. Quvondik, olqishladik. Uzbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida 20 yildan buyon (!) faoliyat yuritayotgan, muayyan tajriba orttirgan, ilmiy salohiyatni shakllantirgan, har qanday oliy uquv muassasasi gururlanishga arziydigan talabalar etishtirgan khalqaro jurnalistika fakulteti faoliyati boshqa yunalishga ikhtisoslashtirish bahonasida tugatildi. Qani mantiq? Qani milliy manfaat? Qani, sohaning uziga khos nozik jihatlarini tushunish, anglash?!

Yangi tashkil etilgan fakultetlar UzDJTUning khalqaro jurnalistika fakulteti erishgan tajribani, salohiyatni jamlaguniga qadar… sohaning ahvoli nima kechadi?

Bu kabi savollarga javob yuq…

2. Jamiyatda uqituvchining, murabbiyning izzat-etibori eng yuqori urinda turmogi kerak. Shifokorlar ham shu qatori. Ayni chogda jurnalistika va jurnalistlarninng obru-etibori ularnikidan kam bulmasligi kerak. Unutmaylik, boshqa barcha sohadagi ahvol milliy jurnalistika unglangan taqdirdagina yakhshilanadi, izga tushadi, natija beradi.

Davr tubdan uzgardi, bu imkoniyatdan unumli foydalanmasak, uning uvoliga qolamiz. Uzini hozirgi yangilanishlarga munosib, loyiq kurmagan zahmatkash oqsoqol hamkasblarimiz yoshlarga yul ochishlari, piravordida kasbimiz kelajagiga khizmat qiladi. Kasbimizni sevasizmi, uning taqdiriga befarq emasmisiz, marhamat, ayni tantilik, jumardlik ayyomi muntazir, Sizlarga! Ishoning, yosh avlod vakillari siz-u bizdan yakhshiroq, savodliroq, unumliroq, foydaliroq ishlay oladilar!

Milliy jurnalistika fani salohiyati ayanchli ahvolda. Nazariy asos pukhtalanmaguniga qadar uning amaliyoti haminqadarligicha qolaveradi. Endilikda har qanday taraqqiyot ilmiy zamini pukhta sohalardagina gullab-yashnaydi. Bu ­– aksioma!

Qulman Ochil:

1. Jurnalistikaning – ommaviy akhborot vositalarining, shakl-shamoyili, nufuzi va kelajagi internet nashrlar bilan bogliq ekani bugun ayon haqiqat. Kuni kecha kupchilik ularga «bevosh bolaning ermagi» deb qarardi. Endi eng yuqoridan quyigacha – hamma hisoblashadi. Tongdan shomgacha katta-yu kichikning nigohi – «shu dilbarning moviy kuzlarida»: qani, kuraylik-chi, olamda nima gap?

Kuni kecha akhborot maydonida yakkash ot surib yurgan akhborot agentliklari, gazeta-jurnallar, tele va radio kanallar kholislik, tezkorlik, dadillik va rang-baranglikda internet nashrlar-u blogerlarga uloqni berib quya boshladi. Qarasa, holi tang. Birin-ketin saytini ochib, borini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlarga uzini urdi. Mudom «shakar sepilgan shirin khabarlari» kamayib, «kharidorgir» mahsulotlari kupaya boshladi. Ana endi, «akang qaragay» deb turgan internet nashrlar-u blogerlarga qarang: ortidan ot dupirini eshitib, qamchisini qulga olmasami! Raqobat!

Bu jarayonni faqat ilmiy tekhnika sohasidagi yutuqlarga boglovchilar, beozor aytganda, yanglishadi. Ayni yutuqlarning zamirida, eng avvalo, mamlakatimizda ochiqlik va demokratiya tamoyillarining mustahkam qaror topayotgani, ommaviy akhborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yuksak samaralari mujassam. Samaraki, qadamlari tobora kengayib va tezlashib borayotgan yangi asrning, shitobi baland zamonning yul-yurigi, talablariga monand.

2. Jamiyatda islohotni qalam ahli, khususan, jurnalistlarning yordamisiz amalga oshirib bulmaydi. Bu ham ayon haqiqat. Jurnalistning kholis suzi hammaga, ayniqsa, turish-turmushi yuzaki, loqayd amaldor qavmiga yoqmasligi tayin. Qoni qaynaydi. Lekin ular ham ancha hovuridan tushib qoldi. Inchunun, jamiyatimizdagi eng dolzarb muammo va kamchiliklarni birinchilardan bulib dadil kutarib chiqqan va chiqayotgan internetchi hamkasblarimizdan minnatdor bulishimiz kerak. Adolatga va haq suzga tashna khalqimizning olqishi-yu duosini olganlar va olayotganlar shular. Boshida ne bir kaltaklar singan va sinayotganlar ham shu fidoyi yoshlar. Ha, aynan, yoshlar!

Bunday yoshlarimiz safi muttasil kengayib borishidan davlatimiz, jamiyatimiz, khalqimiz va ommaviy akhborot vositalarining uzlari ham juda-juda manfaatdor. Jurnalistika sohasidagi eng katta muammo – ana shu manfaatdorlikdagi mutanosiblikka putur etmasa bulgani. Yuksalish sari yuz tutgan davlat, zabunlikdan voz kechgan jamiyat va ilm-marifatga intilgan khalq doim uz jurnalistlarini har tomonlama qullab-quvvatlaydi.

Bizni shu saodat endi aslo tark etmasin!

Kun.uz kasb ayyomi bilan sohaning barcha jonkuyar ustozlarini yana bir bor tabriklaydi.  

О нас

Яна маълумот

Uzbekistonda inflyasiya darajasi 11,6 foizni tashkil qilmoqda

Hozirda Uzbekistonda inflyasiya darajasi 11,6 foiz bulib, bu kursatkich yil yakuniga qadar 11 foizga tushishi …