Главная / Madaniyat / Ulimni eslash fazilati

Ulimni eslash fazilati

ulimUlimni eslash nafsni poklaydigan eng muhim omillardandir. Odamlarning notugri yullarga kirib ketishlariga kup hollarda ulimni esdan chiqarishlari sabab buladi. Ulishini uylamagan odam hech qanday gunohdan tap tortmaydi.
Agar banda bir kun kelib ulishini, qabrda munkar va nakir tomonidan suroq qilinishini yodida tutsa, zinhor qingir yulga kirmaydi. Ulimni eslash qalbni yumshatadi, kishini tavba qilishga chorlaydi. Shu sabab, Quroni karimda ulim qayta-qayta zikr etilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday degan:

كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ… (185)

“Har bir jon ulimni totuvchidir” (Oli Imron surasi, 185-oyat).
Har bitta tirik jonzot ulim tamini totadi. Ulmaydigan jonzot yuq olamda. Makhluqotlar ichida mukarrami bulgan inson ham vaqti-soati etib, yorug olamni tark etadi. Bu, Alloh belgilab quygan qonundir. Ulimni mol-dunyo, mansab-martaba yoki obru-etibor bilan qaytarib bulmaydi.

كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ (26) وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ (27)

“(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir. Buyuklik va karam Sohibi bulgan Parvardigoringizning Uzi boqiy qoladi” (Ar-Rahmon surasi, 26-27-oyatlar).
Er yuzida yashaydigan hamma tirik mavjudotlar utkinchi, abadiy emas. Shuningdek, osmondagi makhluqotlar ham foniy. Faqatgina Alloh boqiy qoladi. U hech qachon ulmaydi. Alloh abadiy tirik Zotdir.

حَتَّى إِذَا جَاءَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ارْجِعُونِ (99)

“Toki qachon ulardan (yani, mushriklardan) biriga ulim kelganda: “Parvardigoro, meni (yana hayotga) qaytaringlar”, deb qoladi” (Muminun surasi, 99-oyat).
Imonsiz odam hayotlik vaqtida kungliga kelgan gunohlarni qilib yuraveradi. Hech tukhtamaydi. Ajali etganida esa, Allohning azobiga giriftor bulishini aniq biladi. Shunda qilgan ishiga attang, deb qoladi. Ulim soya solganida, “Parvardigorim, meni hayotga qaytaringlar! Solih amallar qilib qolay! Uzingga ibodat qilay”! deb yalinarkan. Yuq, unga muhlat berilmaydi. Nega? Chunki ortigi bilan vaqt berilgandi. Ajal etdimi, ortga qaytish imkoni yuq. Shuning uchun, har bir banda tiriklik chogini ganimat bilishi kerak. Toki vaqti-soati etganida, nadomatga qolmasin.

قُلْ إِنَّ الْمَوْتَ الَّذِي تَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مُلَاقِيكُمْ… (8)

“Ayting: “Sizlar qochayotgan bu ulim, albatta, sizlarga yuliquvchidir” (Juma surasi, 8-oyat).
Ulimdan qochib qutulib bulmaydi. Insonning ajali etganida, ulim uni topib oladi. Qaerda bulsa ham, mustahkam bir qurgon ichiga berkinib oladimi, ertulaga tushib oladimi, etti qavat beton ichida yotadimi, farqi yuq, ajal etganida, odam bolasi olamni tark etadi.
Mana bu oyatga etibor qarataylik:

أَيْنَمَا تَكُونُوا يُدْرِكْكُمُ الْمَوْتُ وَلَوْ كُنْتُمْ فِي بُرُوجٍ مُشَيَّدَةٍ

“Qaerda bulmangiz, hatto mustahkam qalalar ichida bulsangiz ham, ulim sizlarni topib oladi” (Niso surasi, 78-oyat). Bundan chiqdi, insonni ulimdan hech narsa tusolmaydi. Qasrlaru saroylar, minglab khizmatkorlar uni ajal changalidan qutqarib qololmaydilar…
Alloh taolo Uz Rasuliga shunday khitob qilgan:

إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُمْ مَيِّتُونَ (30)

“(Ey Muhammad,) shak-shubhasiz, Siz ham uluvchisiz, ular ham uluvchidirlar” (Zumar surasi, 30-oyat).
Agar ulimdan qutulish iloji bulganida, eng avval ulug paygambarlar, aziz avliyolar ulmasdilar, mangu yashagan bulardilar. Alloh taolo bandalarini ogohlantirib shunday degan:

وَأَنْفِقُوا مِنْ مَا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَا أَخَّرْتَنِي إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُنْ مِنَ الصَّالِحِينَ (10) وَلَنْ يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاءَ أَجَلُهَا وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ (11)

Sizlarning har biringizga ulim kelib, u: “Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda qoldirsang), men khayr-sadaqa qilib olsam, solih (banda)lardan bulsam”, deb qolishidan ilgari – Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz. Alloh biron jonni ajali kelgan vaqtida (vafot ettirmasdan) qoldirmaydi” (Munofiqun surasi, 10-11-oyatlar). Bu oyatda ulimdan oldin mol-dunyoni khayrli ishlarga sarflashga chaqirilmoqda. Chunki erta-indin ajal etib, “ey Rabbim, menga ozroq muhlat ber, molimni sadaqa qilib olay, okhiratimga ozuqa olvolay!” deb iltijo qilishning foydasi bulmas ekan. Qanday yakhshilik qilsa, shu bugun – nafasi kirib-chiqib turganida qilsin! Chunki, ulim vaqti etganidan keyin uni bir soat oldinga yoki orqaga surib bulmaydi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَكْثِرُوا ذِكْرَ هَاذِمِ اللَّذَّاتِ يَعْنِي الْمَوْتَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ صَحِيحٌ.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Lazzatlarni parchalovchi (ulim)ni kup eslanglar” (Termiziy va Nasoiy rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih). Ulimni eslagan odamning gunoh qilishga bulgan khohishi sunadi, lazzatlari parchalanadi, dunyo shahvatlari biroz bulsayam esidan chiqib, okhiratni uylab qoladi. Shunda yomon ishlardan qaytib, yakhshilik qilishga utadi. Ulimni bir zum ham unutmagan, qiyomat kuni qilgan har bitta ishiga javob berishni uylagan inson Allohning aytganini qiladi, qaytarganidan qaytadi.
Rivoyat qilinishicha, Rabiy ibn Khaysam hovlisiga qabr qazib quygan edi. Unga har kuni bir necha bor kirib yotar, shu yul bilan ulimni eslar, “agar ulimni eslash meni bir lahza tark etsa, qalbim buziladi”, deb aytardi.
Sofiya roziyallohu anho aytadi: “Bir ayol Oisha roziyallohu anhoga qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Oisha unga: “Ulimni kup esla, qalbing yumshaydi”, dedi. Haligi ayol aytilgan ishni qilgandi, qalbi yumshadi. Shunday sung kelib Oisha roziyallohu anhoga tashakkur aytdi”.

عَنْ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ هَذِهِ الْقُلُوبَ تَصْدَأُ كَمَا يَصْدَأُ الْحَدِيدُ إِذَا أَصَابَهُ الْمَاءُ قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا جِلاَؤُهَا قَالَ: كَثْرَةُ ذِكْرِ الْمَوْتِ وَتِلاَوَةُ الْقُرْآنِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ وَأَبُو نُعَيْمٍ وَالْقُضَاعِيُّ.

      Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Temirga suv tegsa zanglaydi. Khuddi shunga ukhshab qalblarni ham zang bosadi”, dedilar. Shunda: “YO Rasululloh, uning jilosi nima?” deyildi. U zot: “Ulimni kup eslash va Quron uqish”, deya marhamat qildilar” (Bayhaqiy, Abu Nuaym va Quzoiy rivoyat qilgan). Mazkur hadisda aytilishicha, ulimni eslash va Quron uqish qalbdagi zanglarni tozalar ekan. Qanday qilib, deysizmi? Ulimni eslagan bandaning utkinchi dunyoga bulgan khohishi sunadi, nafs yulida kuziga tor kurinayotgan dunyo keng, farovonlik va lazzatlar tufayli boqiy tuyulayotgan hayot utkinchidek bulib qoladi. Shuning uchun tugyonga tushish khavfi bulganda, ulimni eslashning nafi katta. Ulimni eslagan, okhiratda har bir ishi uchun javob berishini uylagan inson gunohlardan tiyiladi, nafasi kirib-chiqib turganida Parvardigoriga tezroq tavba qilishga shoshiladi, uzini unglashga utadi. Inson ulimni eslaganda, lazzatlar parchalanadi, hakalab otib turgan nafs khohishlari sal bulsayam sunadi. Bir kunmas-bir kun ulim chang solishini bilgan kishi dunyoni emas, okhiratni uylab qoladi.

عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ وَعَمِلَ لِمَا بَعْدَ المَوْتِ وَالعَاجِزُ مَنْ أَتْبَعَ نَفْسَهُ هَوَاهَا وَتَمَنَّى عَلَى اللَّهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

Shaddod ibn Avs roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Oqil uz nafsini hisob qilib, ulimdan keyingi (okhirat hayoti) uchun amal qiladi. Ojiz esa havoyi nafsiga berilib, Allohdan “umid” qiladi” (Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati. Hadis sanadi zaif).
Nafsni hisob qilish deganda, banda qiyomat kuni hisob qilinmasidan oldin, mana shu dunyoda yakhshi va yomon amallarini sarhisob qilib, uzini tergashi, gunohlariga tavba qilishi tushuniladi.
Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Odamlar ichida eng aqllisi kim?” deb suradilar. “Alloh va Rasuli biladi”, deyildi. Shunda u zot: “Ulimni kup eslagan va unga chiroyli tayyorgarlik kurgan odam eng aqllidir”, deb marhamat qildilar (Ibn Abu Usoma, “Bagiyyatul bohis an zavoidi musnadil horis”).

عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ القُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الآخِرَةَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Men qabristonni ziyorat qilishdan sizni qaytargandim. Endi Muhammadga onasini ziyorat qilishga rukhsat berildi. Shunday ekan, (qabristonni) ziyorat qiling. Sababi, u (sizga) okhiratni eslatadi” (Termiziy va Nasoiy rivoyati. Hadis sanadi sahih).
Qabristonni ziyorat qilishning asosiy hikmatlaridan biri – okhiratni eslash. Okhiratni eslagan odam dunyo uchun emas, kuproq okhirati uchun say-harakat qiladi. Paygambar alayhissalom: “Voizlikka ulimning uzi kifoya qiladi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyat qilgan).
Qabriston suv quygandek jim-jit bulsa ham, mayyitlar gapirmasa ham, lekin insonga juda kup haqiqatlarni anglatadi. Chindan ham, ulim eng yakhshi nasihatguydir. Mana shu sukunatdan inson uzi uchun ancha ibrat oladi.
Ulimni eslashning yana bir yuli yaqin orada utib ketgan yaqinlari, tanishlarining qaddi-qomati, chiroyi, mol-dunyosi, quch-quvvati, obru-mansabini kuz oldiga keltirishdir. Ularning barchasi utib ketishdi. Ulardan nima qoldi? Kuni kelib men ham utaman? Ortimdan qoladigani nima? Mol-davlatmi, martabami yoki obru-etibor? Yuq, bular utkinchi. Men solih amallarni kuproq qilishim kerak ekan. Ana shunda okhiratda najot topaman, deb uzini mudom tergashi, okhiratga tayyorgarlik kurishi kerak.
Keyin, janozada sal etiborliroq bulaylik! Shunchaki kelib-ketishning foydasi yuq. Keldikmi, mayyitning holidan ibrat olaylik, qabrdagi holatni, qiyomat kuni qayta tirilib, hisob berishni uylaylik. Qolaversa, mayyit haqiga ikhlos bilan duo qilaylik, istigfor aytaylik. Ana shunda janozada qatnashganimiz uzimizga ham, mayyitga ham foydali buladi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …