Главная / Madaniyat / Uktam Barnoev bosh vazir urinbosari bulishi kutilmoqda
<

Uktam Barnoev bosh vazir urinbosari bulishi kutilmoqda

Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Uktam Barnoevning nomzodi kurib chiqilmoqda.

Bukhoro viloyati hokimi Uktam Barnoev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Deputat Rasul Kusherbaevning khabar qilishicha, bugun UzLiDeP fraksiyasida Bosh vazir tavsiyasiga asosan Bukhoro viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Uktam Isaevich Barnoevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasi kurib chiqildi.

Fraksiya azolari UzLiDeP azosi bulgan Uktam Barnoev nomzodini ushbu lavozimga maqullash haqidagi qarorni tasdiqlashgan.

Endilikda nomzod Qonunchilik palatasining yalpi majlisida tasdiqlash masalasi kurib chiqiladi. Deputatlar tasdigidan keyin Barnoev prezident farmoni bilan hukumat azoligiga tayinlanishi mumkin.

Uktam Barnoev 2016 yilning dekabridan buyon Bukhoro viloyatiga hokimlik qilib kelmoqda. U 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin Qishloq va suv khujaligi vazirining birinchi urinbosari bulgan.

Bundan oldinroq prezidentning «Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvchi tuzilmasida uzgarishlar ruy bergan, hujjat bilan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari lavozimi joriy etilgandi.

О нас

Яна маълумот

Munosabat: Hukumat mamlakatda favqulodda holat elon qilishi kerak

Koronavirus pandemiyasi khavfi ortib borishi bilan qator davlatlarda favqulodda holat elon qilindi. Uzbekiston hukumati makhsus …