Главная / Jamiyat / «Uydagi sigirni sotishga majbur buldim». Haliyam kompensasiya puli ololmayotgan rishtonliklar hikoyalari
<

«Uydagi sigirni sotishga majbur buldim». Haliyam kompensasiya puli ololmayotgan rishtonliklar hikoyalari

Fargona viloyati, Rishton tumani markazidagi qayta qurish ishlari, «buz-buz»lar oqibatida aholi vakillarining huquqlari poymol etilayotgani haqida saytimizda juda kup maqolalar va reportajlar elon qildik.

Avvaliga turfa muammolar aholi vakillarining uylari ogohlantirishsiz, ularga hech qanday sharoit yaratilmay buzilib, kompensasiya pullari berilmayotganida edi.

Sung Rishtondagi qurilish ishlariga barcha tumanlardan, viloyatdagi barcha tashkilot vakillari «hashar» niqobi bilan majburiy mehnatga jalb etilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda kun tartibi darajasida muhokama qilindi.

Kuni kecha utkazilgan videoselektorda Rishton masalasiga shakhsan davlat rahbari etibor qaratib, viloyat hokimini tanqid ostiga oldi va shaharchadagi buzish ishlari davomida aholiga noqulaylik tugdirgani, ularning dardini eshitmagani uchun viloyat hokimi Shuhrat Ganievdan uzr surashini talab qildi.

Rishton aholisi vakillari, Kun.uz saytiga yana buzilgan uylar uchun kompensasiya puli berilmayotgani haqida murojaat qilishgan. Biz 3 avgust kuni yana Rishtonda bulib, hasharchilar va aholi vakillari bilan uchrashdik.

Kuchalarda hasharchilar soni ozayibdi. Kucha chetida, issiq havoda ishlayotgan ayollar bor. Ular uzlarini,Qushtepa, Oltiariq «obodonlashtirish» bulimidan keldik, deya tanitirishdi.

«Hamma uyim buzilib, bir khonada qolganmiz. Yangi joyga uy qurayotgan ustalardan 17 million qarzim bor»

Rishton markazida yashovchi uyi «snos»ga tushgan aholiga haligacha, pullar berilgani yuq. Buzilgan khonadonlarida bulib, egalari bilan suhbatlashdik.

Sultonkhon Abdullaev («Oq er» MFY, Amir Temur kuchasi 4-uyda yashaydi):

— 14,5 sotikh erim bor edi, endilikda 7 sotikhcha er qoldi. Ramazon oyida taroveh namozi payti tadbirkorlarni hokimiyatga yigilishga chaqirishyapti deydi. Shu bilan ertalab hokimning qurilish buyicha muovini Sodiqjon Haydarov (endilikda sobiq) keldi va noturar joylarni buzish boshlandi. Ular buzilgandan keyin turar joy imoratlariga utildi. Mening 1998 yilda qurish boshlangan va bitganiga hali ikki yil ham bulmagan 8 metrli ayvonim, beshta dukonim tepasida yangilangan shiferlari bilan, mehmonkhona, khullas 11ta uyim, hammasi buzilib ketdi.

2017 yilda usta boqdim, qariyb 36 mln sum pul sarfladim. Mana endi imoratlarim buzildi, tep-tekis qilinib, yuq buldi. Onam 87 yoshga tuldilar, sutni yakhshi kuradilar, nevaram ham bor sakkiz oylik. Lekin uydagi sigirni sotishga majbur buldim, chunki gishtdan qarzim bor edi. Sementdan ham qarzim bor, 4 tonnaga. Menga Miskin mahallasidan yangi joy berishdi — 6 sotikh. 46 mingta gisht urildi. 5 «Kamaz» shagal ketdi. Betoniga mana shu joydan chiqqan suritok temirlari bor edi, hammasini olib borib ishlatdik. Hammasiga pulni uz chuntagimdan ishlatdim.

Davlat tomonidan esa bor-yugi 10 mln sum berildi, kholos. 11ta uyimni 89 mln sumga baholashibdi, lekin usha narkhning qogozini haligacha kurganim yuq. Narkhini boshqa joylarga kursatsak, 300 million sumdan oshadi, deyishyapti. Menga 2 mingta deb gisht berishdi, mana yotibdi, chiqsa 1,5 mingtaga borsa boradi yoki 1200ta chiqadi. Yana 2,5 mingta gishtni narigi erga tushirganman.

Endi qurilish qilishim uchun mana bu imoratimni buzishim kerak. Lekin shundan boshqa yashaydigan joyim yuq. Miskindagi uyni bitirsam, oilamni usha joyga kuchirib borganimdan keyin bu erda qurilish boshlashim mumkin buladi. Boshqa ilojim yuq. Uglim Andijonda uqiydi, 31 yoshga tuldi. Uni uylantirishim kerak, lekin uylaydigan joy qolmadi. Khotinim operasiya bulgan, yaqin 45 kun davomida ota eshigida jon saqladi. Usha 89 millionni berishsa, narigi erdagi uyni bitirib, kuchib chiqardim.

Pulni surab borsam, Sodiqjon Haydarov «hali pul kelgani yuq, hozircha birortasidan olib turing», dedi. Atrofdagi hamma tadbirkorlarning imoratlari buzilgan bulsa, pulni kimdan olasiz? Men Miskindagi erimda 9 usta boqdim, ulardan 10 mln sumdan ortiq qarzim bor, ish haqidan. Jami qarzlarim esa 17 mln sumdan ortiq. Ustalar boshqa joyda ishlayapti, lekin har utgan paytida pul nima buldi deb suraydi. Khijolat bulib uyda utirolmay qoldim. Kuni kecha bitta qogozga qul quydirib ketishdi. Kuchaga shagal tukib ketishgan ekan, shuni ham menga yozib quyishibdi.

Men ishlatmasam, uni nima qilaman? Bergan gishtlari ham sifatsiz. Pulni berishsin. Bozordan tanlab olaylik».

«Avvaliga vada boshqa edi. Endi uyimizdan chiqqan eski materiallarning puli kompensasiya ichidan minus bular ekan»

Mirzaurin Sobirov (Rishton shahri, Roshidoniy kuchasi 284-uyda yashaydi):

— Bizda ham khuddi shunday holat. Kompensasiya tulaymiz deb, uyimizni buzishdi. 10 mln sum berishdi kholos, qolganini olganimiz yuq. 8 khona uyim buzildi. Shoshilinch ravishda ustalarni olib kelib, buzilgan uylardan chiqqan gishtlardan yashab turish uchun ikki khonali uy qurib oldim. 4 kishi shu joyda yashayapmiz. Qora suvoq qilingan kholos, hali oqlangani ham yuq. Menga Uchariqdan 6 sotikh er berishgan. Mahalla tomonidan 650 kilo sement, 4,5 mingta gisht berildi. Bizga Qushtepa tumani biriktirilgan ekan. Ular 5 mingta gisht va 500 kilo sement berishdi.

Hozir yangi uyga poydevor quydirishim kerak, lekin pul yuq. Haligi 10 mln sumni 2 khonali uyimni bitirish uchun ishlatib yuborganman. Chunki yashaydigan boshqa joy yuq edi. Buzilgan uyimni qanchaga baholashganini bilmayman.

Baholash komissiyasi keldi, biz viloyatdanmiz deyishdi. Rasmga, videoga olib ketishdi. Shu buyi 10 mln sum berishdi, kholos. Komissiya qanchaga baholagan, menga aytishgani yuq. Endi men uy bilan birga dukon ham qurishim kerak. Tirikchiligim shu dukondan edi. Uni buzib ketishganidan beri ishsizman. Kelib buzdirgan paytda arzon narkhda sement, gisht beriladi, deyishgandi. Endi surishtirib prokuratura yoki IIBga borsak, hokimlik hal qiladi, deyishyapti.

Eng uylantirgani — uyimiz buzilganida undan chiqqan materiallar akt tuzilib, hisobdan chiqariladi, deyishgandi. Kecha moliyadan kelishib, eski uylarimizdan chiqqan materiallar pulga «chaqilib» kompensasiya ichidan olib qolinishini aytishdi. Tavba, bu qanaqasi?»

«Odamlar Prezidentimizga qattiq ishonishadi. Lekin mahalliy rahbarlar vada berib ustidan chiqishmayapti»

Ulugbek Husanov:

— Ramazon oyining ikkinchi 15 kunligida kelib, ammamning uyini buzib ketishdi. Ammaning sogligi chatoq. Hozir uglining uyida utiribdi. Kompensasiya berilishini kutyapti. Uyning urniga Uchariqdan 6 sotikh er berildi. 10 mln sum berib ketishdi. 400 kg sement, 2,5-3 mingta gisht tashlab ketishdi. Aslida Prezidentimiz aytganidek, avval er va kompensasiya berib, keyin buzilishi kerak edi. Lekin hozir teskarisi bulyapti. Ushanda buzdirmayman deganlarga davlat siyosatiga qarshimisan, deyishgandi. Odamlar Prezidentga ishonishadi, lekin mahalliy rahbarlar teskarisini qilishyapti. Hech qanday rejasiz ish qilinyapti».

«Buzilgan uylarni uta savodsizlarcha baholashgan»

Inoyatkhon Rahmonova (Roshidoniy kuchasida yashaydi, II guruh nogironi):

— Rishtonimizga yurtboshimizning nazari tushganidan khursandmiz. Mahallani obod qilinglar deyapti. Har bitta darakhtiga ham pul berasan deganini eshitib quvondim. Tuman rahbarlari kelib, Prezident qarori bor, buzamiz deyishdi. Qarordan khabarim bor, buzaveringlar, deb uyni bushatib berdim.

Men pensionerman, bir kelinim farrosh. Ikkalamizning pulimizga tirikchilik qilyapmiz. Kompensasiya berishadi deb uylagandim, hali berilgani yuq. Er ham berishmadi. 8 khona uyim buzildi. 10 kishi yashaymiz. Hozir yoz, tok ostida surida yotibman.

Qishgacha bitkazib berishar deb uylayapman. Ishni tezlatishga mablag yuq. Narkhini 95 mln sum deb eshitdim. Uzim ilgari qurilishda ishlaganman. Uylarim pishgan gishtdan qurilgandi. Menimcha, 300-400 mln sum bulishi kerak edi. Kimdir kelib uying shunchaga baholandi, demadi, hech kim kelgani yuq. Hokim urinbosariga uchradim, beramiz, ruykhatga kiritib quydik, dedi. Biroq pul hali ham berilgani yuq. 5 mingta gisht berishdi, sement ham berildi.

Men har kuni yurtboshimiz tinch bulsin, hokimlarimizga insof bersin deb duo qilaman.

Bu erda buzish ishlari 16 mayda boshlangan. May okhirigacha tuliq buzib tozalangan. Uglim keyin bir oy kadastrning ortidan yugurdi. Er beradi degandi, lekin unga berishmadi. Hokim urinbosari khijolat bulmang, beramiz dedi. Lekin, mana bir oy buldiki, hali berilgani yuq. Birinchi guruh baholagani kelganda sizga zur narkh chiqadi, deyishgandi. Khursand bulib tursam, yana boshqa odamlar kelib, qaytadan baholadi, lekin ular indamadi, narkhini aytishmadi. Shunga hayron bulib qoldim. Hatto moliyadan kelib chiqqan materiallarning ishga yaroqlisini hisoblab ketishdi. Kompensasiyadan minus qilinadi, deyishdi».

«Farzandim nogiron. Uyimiz buzilib ijarada turibmiz. Hali bir sum ham kompensasiya olmadim»

Umidjon Meliboev (Roshidoniy kuchasi 28-uyda yashaydi)

— Uyimiz 7 iyun kuni buzilgan. Kompensasiya berilgani yuq. Turtta uy, ayvon, darvozakhona, gazkhona buzildi. Hech qanday yordam ham yuq. Bu joydagi erim 6 sotikh edi. Uysiz qoldik. Hozir ijarada turibmiz.

Nogiron qizim bor. Ijara shartnoma qilingan. Lekin hokimlik pul bergani yuq, uzim tulayapman — 350 ming sum. Dehqonoboddan er berishdi. Biroq kompensasiya berishmayapti, surasam «beramiz» deyishyapti, lekin daragi yuq».

Khullas, Rishtonda shunaqa gaplar. Hali tuman markazida qurilish ishlari davom etmoqda.

Elmurod ERMATOV,
Kun.uz mukhbiri, Fargonadan.
Ahrorbek YOQUBJONOV, tasvirchi.

О нас

Яна маълумот

0so35qa9COmeK_JO6u33YzshmrUQZlW7

Jarimaning 70 foizi tulansa, qolganidan ozod bulish mumkin buladi

Huquqbuzar jarima solish haqida qaror topshirilgan kundan boshlab un besh kun ichida jarima miqdorining 70 …