Главная / Madaniyat / UZBEK ONASI : Yakhshi sher

UZBEK ONASI : Yakhshi sher

Mushtipar ham uzing, buyuk ham uzing,
Kuyinchak ham uzing, kuyuk ham uzing.
Olamga tatirlik suyuk ham uzing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Seni Tumaris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibikhonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yuldan qaytilmas,
Sen uzing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Boshingdan nimalar utmadi akhir,
Vatandek taqdiring buldi goh takhir,
Bobur shoh bulsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Gohida balqiding Barchindek tulib,
Guzadek quriding Tursunoy bulib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, urtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Kelajak toychogu toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Sizga tazim qilib turibman bu payt,
Sizga bakhshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi

Muallif: Abdulla ORIPOV

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …