Foto: Getty Images

Kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson (25-4) va Jastin Getji (22-2) urtasida engil vazn toifasi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi. Dastlabki ikki raundda kichik ustunlik Jastin tomonida buldi, biroq Fergyuson ikkinchi raundning sunggi soniyalarida raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi. Uchinchi va turtinchi raundlar tuliq Getji nazoratida utdi. Sunggi raundda Jastin tekhnik nokaut evaziga Tonini taslim etdi. Shu tariqa Getji engil vazn toifasi vaqtinchalik kamari sohibiga aylandi.

Yana bir markaziy jangda mutlaq engil vazn chempioni Genri Sehudo (16-2) sobiq chempion Dominik Kruzga (22-3) qarshi jang qildi. Ikkinchi raund sunggida Kruz tizza zarbasini utkazib yubordi va muvozanatni yuqotdi, shundan sung Sehudo zarbalar seriyasi bilan raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Genri chempionlik kamarini himoya qila oldi.

Qolgan jang natijalari bilan tanishing:

Frensis Ngannu (15-3) 1-raunda Jairzino Rozenstraykni (10-1) nokautga uchratdi.

Kelvin Kattar (21-4) 2-raundda Jeremi Stivensni (28-18) nokautga uchratdi.

Greg Hardi (6-2) Yorgan De Kastroni (6-1) ochkolar hisobida maglub etdi: 30-27, 30-27, 30-27.

Entoni Pettis (23-10) Donald Serroneni (36-15) ochkolar hisobida maglub etdi: 29-28, 29-28, 29-28.

Aleksey Oleynik (59-13-1) ochkolar hisobida Fabrisio Verdumdan (23-9) ustun keldi: 28-29, 29-28, 29-28.

Karla Esparza (16-6) ochkolar hisobida Mishel Uotersonni (17-8) maglubiyatga uchratdi.