Главная / Madaniyat / Tush va taqdir

Tush va taqdir

tushHayot sir-sinoatlarga tula. Har bir inson kundalik turmushda turfa khil sirli, sinoatga boy ajib, ayni paytda inson aqlini lol qoldiruvchi, uni idrok qilishga aql ojizlik qiladigan voqea-hodisalar guvohi buladi. Ana shunday sirli narsalardan biri tushdir. Odamlar tush kurish masalasiga dunyoqarashidan kelib chiqqan holda turlicha nigoh bilan qaraydilar. Bazilar tushni mubogala bilan talqin qilib, insonning taqdirini, uning butun hayotini tushga boglaydilar. Ular fikricha, inson uyquda kuradigan tush uning taqdiri, qismatini belgilaydi. Inson hayoti qanday kechishi kurgan tushiga bogliq ular nazdida. Bu, albatta, notugri tushuncha bulib, aslida tush kurish inson hayoti mezoni emas. Boshqa tarafdan olib qaraydigan bulsak, tush dinimiz Islomning asosi ham emas. Biroq biz tush kurish va tabir qilishni, bazi hollarda tush tabiri haqiqatga yaqin kelishini inkor qilmaymiz. Faqat bu borada bazilar tomonidan qilinayotgan notugri ishlar borasida fikr-mulohazalarimiz bor. Boshqa toifadagi kishilar tushni umuman inkor qiladi. Ular uyquda kuriladigan tush etibor berishga arzimaydi, unga ortiqcha ahamiyat berish kerak emas, deydilar. Aslini olganda inson kuradigan tushi yakhshi bulsa, yakhshilikka yuyishi, yomon va qurqinchli tush bulsa, buning yomonligidan panoh surashi kerak. Mana shu tugri yul, nazarimizda.
Yuqorida takidlanganidek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Buni hayotiy misol orqali kurish mumkin. Yakhshi va ezgu ishlar qiluvchi qalbida kiri yuq inson bazan tushida yomon, khunuk manzaralar, qurqinchli voqea va hodisalarni kurishi mumkin. Bu usha insonning hayoti, turmush tarzi yomon ekani yoki oqibati nokhush bulishidan darak bermaydi. Bunda u yomon tushdan panoh surashi talab etiladi. Buning aksi ularoq bazi hollarda yomon va razil kishilar ham yakhshi, yoqimli tushlar kurishi mumkin. Bu usha insonning oqibati yakhshi bulishiga dalolat qilmaydi. Demak, tush kuproq tasodifga asoslangan bulib, unga ortiqcha baho berish, tushni hayotning asosiy mazmun-mohiyatiga, taqdirni belgilovchi omilga aylantirish tugri emas. Olimlar tush inson miyasida kechayotgan voqea va hodisalarning uyquda aks etishi ekanini aytishgan. Haqiqatan, inson nima haqida kup uylasa, biron narsa uning etiborini uziga tortsa, usha narsa uning tushiga kirishi kup kuzatiladi. Masalaning bu jihatini ham etibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Muqaddas dinimiz Islomda tush kurish va tush tabiri bilan bogliq kuplab malumotlar, kursatmalar kelgan. Kitoblarda tush ikki khil, yani rahmoniy va shaytoniy tush bulishi bayon qilingan. Rahmoniy tush inson qalbiga quvonch olib kiruvchi, unga khushkhabar beruvchidir. Bunday tush kurgan banda khursand bulishi va uni boshqalarga ham aytishi yakhshi. Shaytoniy tush esa shayton vasvasasi tasirida sodir bulib, bunda asosan insonni vahima va khavotirga soladigan hodisalar kuriladi. Bunday tush usha odamning yomonligiga dalolat qilmaydi. Vahimali tush kurganda nima qilish kerakligi borasida dinimiz manbalarida etarlicha malumotlar bor. Jumladan, shunday holatlarda inson chap tarafiga uch marta tuplab, shayton vasvasidan panoh surashi, qalbdagi vahima-sarosima bosilavermasa, turib tahorat qilib namoz uqishi va kurgan tushini hech kimga aytmasligi talab etiladi. Zero, yomon tushni birovlarga aytish va uni uzi bilganicha tabir qilish mumkin emas. Tushlarni Quron va hadislar asosida tabir qiluvchi salaflar orasidagi muabbirlar nokhush tushlarni tabir qilishdan ehtiyot bular edilar. Sababi bu bilan kimningdir qalbiga ozor etkazish, uni hayotdan noumid qilib quyish oqibatida kungilsiz natijalar kelib chiqishi hech gap emas.
Khulosa qiladigan bulsak, tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish, har safar tush kurganda folbin va kinnachilar huzuriga chopib boraverish aqlli, uzini bilgan ongli insonga yarashmaydi. Biz dinimiz kursatmalariga ogishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan soglom, irodamiz mustahkam buladi. Farzandlarimizni ham shunday talimotlar asosida tarbiyalasak, ularni manan soglom, aqidasi mustahkam qilib voyaga etkazsak, kelgusida ulardan dini, millati va vataniga foydasi tegadigan etuk va barkamol insonlar etishib chiqadi. Zero, inson salohiyati uning manaviy olami, ruhiy tarbiyasi bilan chambarchas bogliqdir.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …