Главная / Madaniyat / Turtta harf uzgardi, «ng»dan voz kechildi — Uzbek alifbosini isloh qilish buyicha yakuniy khulosa
<

Turtta harf uzgardi, «ng»dan voz kechildi — Uzbek alifbosini isloh qilish buyicha yakuniy khulosa

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat uzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini isloh qilish buyicha ishchi guruhning khulosalari Kun.uz tahririyatiga taqdim etildi.

2018 yil 15 mayda Uzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Uzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Khayriddin Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish buyicha Harakatlar rejasi» tasdiqlandi. Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2018 yil 17 iyul kuni utkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini tanqidiy qayta kurib chiqish va uning qullanishini osonlashtirish, uzbek tilining uziga khos khususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.

Ushbu masala naqadar dolzarb ekani va bu borada kechiktirmasdan zarur qadamlarni quyish shart ekani Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabr kuni bulib utgan un ettinchi yalpi majlisida Senat raisi Nigmatilla Yuldoshev tomonidan ham qatiy takidlandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat uzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh azolari tomonidan ikki yilda tuplangan takliflar asosida ishlab chiqilgan bir necha alifbo loyihalarini yagona variantga keltirish, shuningdek, yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida respublika jamoatchiligi, mutakhassis-olimlar, blogerlar va yoshlar ishtirokida 2018 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat uzbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari qatnashib, ona tilimizga oid muammolarni hal etish, jumladan, alifboni isloh qilish buyicha qizgin bahs yuritdilar. Konferensiya natijasida ilmiy takliflar birma-bir ovozga quyilib, yagona fikrga kelindi.

IShChI GURUH TOMONIDAN IShLAB ChIQILGAN TAKLIFLAR

Alifboni takomillashtirish zarurati

Konferensiya davomida alifbo islohoti buyicha bildirilgan khilma-khil, hatto bir-biriga zid taklif-u fikrlar orasida uzaro uygun, hamohang fikr-mulohazalar ham ajralib turdi. Jumladan, kupchilik yakdillik bilan: «Eng kamida, alifbodagi turtta muammoli harfni isloh qilishimiz shart, chunki ular tufayli uqish-yozishga doir va boshqa tekhnik muammolar, chigalliklar yuzaga kelyapti», deyishdi.

«Muammoli harflar» deyilganda esa, alifbomizdagi G‘, O‘ harflari va Sh, Ch harfiy birikmalari nazarda tutilayotgani bugun hech kimga sir emas. Khush, bu harflarning muammosi nimadan iborat va ularni qanday isloh qilish mumkin?

I. Oʻ va Gʻ harflari va ularning muammolari

Bu harflardagi makhsus belgilar unikal emas — bitta belgi har khil yozilmoqda:

Bugun hamyurtlarimiz yuqoridagi jadvalda aks etgan belgilardan tugri kelganini ishlatmoqda. Eng qizigi, ular ichidagi eng tugri belgi — okina (teskari vergul) belgisidan deyarli foydalanmaymiz. Juda tugri yozishga intilgan hamyurtlarimiz ham chap bir tirnoq belgisini ishlatadi. Garchi bu ikki belgi uzaro ukhshash bulsa-da, amaliyotda muayyan farq va ustunliklarga ega. Yani, okina belgisi heshteglarda suzni bulib yubormaydi, uning bir butunligiga zarar etkazmaydi. Bu holat quyidagi suratda aks etgan:

UNICODE saytidagi ushbu eslatma ham fikrimizga dalildir:

The combinations Gʻ (Cyrillic G) and Oʻ (Cyrillic U) are represented using U+02BB ʻ MODIFIER LETTER TURNED COMMA.

Tarjimasi: «Uzbek lotin yozuvidagi Gʻ (kirillcha G) va Oʻ (kirillcha U) harfiy birikmalarini yozishda ʻ (U+02BB, MODIFIER LETTER TURNED COMMA) (harfni uzgartiruvchi teskari vergul) belgisidan foydalaniladi».

Muammo shundaki, Oʻ va Gʻ harflarining belgisini tugri yozish — juda qiyin masala.Masalan, kompyuterda Word dasturida bu harflarni yozish uchun ikki murakkab usuldan foydalanish mumkin:

1. Avval O yoki G harfini yozib, keyin bitta bush joy (probel) tashlab, Enter tugmasining chap tomonida joylashgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) yoziladi;

2. Alohida raqamlar paneli bor klaviaturada avval O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145tugmalari birikmasini bosish orqali yoziladi.

Tasavvur qilyapsizmi, birgina harfni yozish uchun naq 6ta (!) tugma bosilishi kerak; uzbek tilida tarkibida Oʻ va Gʻ harflari qatnashgan suzlarning kupligi bois yuqoridagi ikki usulda kattaroq matn yozish juda mashaqqatli jarayon.

Bu harflarning yana kuplab tekhnik kamchilik-qusurlari borki, zamonaviy tekhnologiya va elektron dastur ustalari bu borada yakhshiroq tasavvurga ega: ularni bu urinda batafsil bayon qilishimiz shart emas, deb uylaymiz.

Bu harflarning urnini olishga «davogar» harflarni quyidagi jadvalda kurib chiqamiz.

1). Ö — 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi  harfi uchun aynan shu harf ishlatilgan, biroq oradan atigi ikki yil utib, 1995 yilda bu harf  harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Ö harfi nemis, shved kabi Evropa hamda turk, ozarboyjon, turkman kabi turkiy khalqlar alifbosida mavjud. Takidlash joizki, bu khalqlardan farqli ularoq, uzbek alifbosida Ü harfi bulmagani uchun Ö harfi juftlik hosil qila olmaydi.

2). Ğ — brevisli G, kengaytirilgan lotin alifbosi tarkibiga kiradi. 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Gʻ harfi uchun aynan shu Ğ ishlatilgan, 1995 yilda bu harf Gʻ harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Ğ harfini aksariyat mobil qurilmalar klaviaturalarida qiyinchiliksiz yozish mumkin.

3). Ŏ — brevisli O, diakritik belgisi kirillchadagi U harfining belgisi bilan bir khil. Agar Gʻ harfi uchun Ğ harfi qabul qilinadigan bulsa, u bilan juda mos tushadi (Ğ – Ŏ): qabul qilinayotgan harflardagi diakritik belgilarning turi kupaymaydi va bu qulaylik yaratadi.

4). Õ (tildali O) harfining diakritik belgisi hozirgi paytdagi Oʻ va Gʻ harflarining yozma kurinishidagi belgisi — tulqinli chiziqcha bilan bir khil. Ammo uning sherigi —  (tildali G) ni bir urinishda yozib bulmaydi, ustidagi tulqinli chiziqni khuddi Gʻ ning belgisi kabi alohida kod (U+0303) yordamida aks ettirish talab etiladi, yani mavjud muammo uz joyida qoladi, shuning uchun bu harflarni davogarlar safidan chiqaramiz.

5). Ō (makronli O) va  (makronli G) harfining kurinishi hozirgi yozma shaklga yaqin, lekin Ḡ/ḡ harfi UNICODE jadvalining quyi qismida joylashgani uchun shriftlar tarkibida deyarli uchratmaymiz. Bu hol matbaa ishi, umuman, ish jarayonida kup muammolarni yuzaga keltiradi.

6). Ǒ (karonli O) va Ô (sirkumfleksli O) harflaridagi diakritik belgilar bir-biriga ukhshashroq: uquvchini chalgitib, kuziga qadaladi, matnning chiroyiga ham putur etkazadi. Shuning uchun ham bu harflarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz.

7). Ǧ (karonli G) va Ĝ (sirkumfeksli G) harflaridagi diakritik belgilar haqida ham shu fikrni aytishimiz mumkin.

8). Óó – Ǵǵ zanjiridagi harflar yaqin qardoshlarimiz bulgan qoraqalpoq va qozoq khalqlari alifbosi tarkibidan ham urin olgan. Ó va Ǵ harflari amaldagi shakl (O‘ va G‘) ga yaqinroq bulgani va hozirgidek uzaro juftlik hosil qilgani uchun khalqimizning, khususan, yoshlarimizning kunikishi oson kechadi. Bu harflarning yozma kurinishini hozirgiday shaklda yozsak ham buladi.

Qiyoslardan ayon bulyaptiki, variantlar ichida ikkita mos juftlik bor: bular — Ŏŏ va Ğğ hamda Óó va Ǵǵ harflaridir. Konferensiyada Ŏŏ va Ğğ juftligi maqbul variant sifatida etirof etilgan edi. Ammo keyingi mulohazalarda U tovushining tilimizda nisbatan kup ishlatilishi, Ŏŏ harfining «shokhdor» belgisi esa matnda qupol kurinishi, qolaversa, Óó va Ǵǵ harflarining qardosh khalqlar, ayniqsa, bir Vatan ichida yashayotgan qoraqalpoq khalqi alifbosi bilan bir khil bulishi har jihatdan maqsadga muvofiq ekani takidlandi.

Oʻ va Gʻ harflari buyicha taklif:

II. Ch va Sh harfiy birikmalari va muammolari

Hozirgi alifbomizda C harfi yuq, lekin Ch harfiy birikmasida uz-uzidan paydo bulib qoladi. Holbuki, mantiq talabiga kura, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud harflardan tashkil topishi kerak edi. Qolaversa, bu harfiy birikmalar khalqimiz urgangan «bir tovush — bir harf» tamoyiliga mos tushmaydi, shu bois bazi noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Ingliz tilida «Charles Dickens» degan yozuvchining ismi bosh harf bilan yozilganda ular «Ch.Dickens» emas, «C.Dickens» deb yoziladi. Uzbek tilida esa unday emas, masalan, «Shuhrat Chinberdiyev» degan ism-familiyani faqat bosh harflari bilan yozmoqchi bulsak, «Sh.Ch» deb yozishga majburmiz.

Bazan hafta kunlarining qisqartma nomlarini ishlatishga tugri kelib qoladi. Bitta harfli qisqartmalar: D, S, C, P, J, S, Y. Bunda, C — Chorshanbaning qisqartmasi, biroq uzbek lotin yozuvida C harfi ham, C harfi bilan boshlanadigan hafta kuni ham yuq. J dan keyin kelgan S — Shanbaning qisqartmasi, bunda ham shu muammo: Sh deb yozsak 2ta harf bulib ketadi.

Eng asosiy muammo — uzbek tilida Ch va Sh tovushlari juda faol tovushlar sanaladi. Qiyoslaydigan bulsak, ona tilimizda Ch va Sh tovushlari ingliz tiliga nisbatan 3-5 barobar kup uchraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda ketma-ket, guj bulib kelishiga sabab bulyapti va uqish-yozishni qiyinlashtiryapti.

Shoshish, xushchaqchaq, ishchi, sharshara, achchiqtosh kabi suzlarimizning uzida 2-3tadan Chva Sh bor. Bundan tashqari, uzbek tilida harakat nomlarining -sh, -ish qushimchalari bilan yasalishi ham Sh va Ch harfli suzlar sonining oshishiga khizmat qiladi. Khullas, inglizlarga qulay bulgan Ch, Sh birikmalari uzbek tilida izma-iz kelib, noqulay holatlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimiz isbotsiz bulmasligi uchun Ernest Hemingueyning dunyoga mashhur «Alvido, qurol!» romanining ilk jumlalarini avval ingliz, sung uzbek tilida beramiz:

In the late summer of that year we lived in a house in a village that looked across the river and the plain to the mountains.In the bed of the river there were pebbles and boulders, dry and white in the sun, and the water was clear and swiftly moving and blue in the channels.Troops went by the house and down the road and the dust they raised powdered the leaves of the trees.The trunks of the trees too were dusty and the leaves fell early that year and we saw the troops marching along the road and the dust rising and leaves, stirred by the breeze, falling and the soldiers marching and afterward the road bare and white except for the leaves.The plain was rich with crops; there were many orchards of fruit trees and beyond the plain the mountains were brown and bare. There was fighting in the mountains and at night we could see the flashes from the artillery. In the dark it was like summer lightning, but the nights were cool and there was not the feeling of a storm coming.

O‘sha yili yoz oxirlarida biz qishloqda, kulbada turardik. Kulbadan narida daryo bilan vodiy, ulardan ham olisroqda tog‘lar yastanib yotardi. Daryoning o‘zani oftobda oqargan, quruq qayrag‘ochlar va mayda shag‘al bilan qoplangan, daryo shoxobchalarida esa suv tip-tiniq va ko‘m-ko‘k bo‘lib, sho‘x shaldirab oqib borardi. Kulba oldidagi yo‘ldan qo‘shinlar o‘tib borar, ularning oyog‘idan ko‘tarilgan to‘zon og‘ochlarning barglariga o‘tirardi. Og‘ochlarning barglari ham changga burkangandi, o‘sha yili yaproqlar erta to‘kila boshlagandi, biz bo‘lsak yo‘ldan qo‘shinlarning o‘tib borishini, chang-to‘zonning ko‘kka o‘rlashini, shamol yaproqlarni yulqib-sulqib uchirib ketayotganini, soldatlarning odimlarini, so‘ngra esa kimsasiz, bo‘m-bo‘sh tuproq yo‘lda yolg‘iz yaproqlargina to‘kilib yotishini tomosha qilardik. Vodiy yerlari hosildor edi, unda bog‘zorlar serob edi, vodiy etagidagi tog‘lar esa taqir qo‘ng‘irtog‘lar edi. Tog‘larda jang ketmoqdaydi, kechalari portlashdan yolqinlar ko‘tarilardi. Qorong‘ida ular shafaqqa o‘xshab ko‘rinardi: faqat tunlari etni junjiktirib sovuq turar, havo quruq edi.

Ushbu matnlardagi Ch va Sh birikmalarini sanab, qiyoslaydigan bulsak, uzbekcha matnda inglizcha matndagidan 5 barobar kup ekani malum buladi.

Shu qiyosning uziyoq ingliz tili uchun juda qulay bulgan Ch va Sh birikmalarining uzbek tili uchun qanchalik noqulay ekanini kursatib turibdi.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun yana diakritik belgili harflarga murojaat qilamiz. Quyidagi jadvalda diakritik belgili S va C harflarini kurib chiqamiz.

Quyida har bir juftlikni tahlil qilib utamiz.

1. Ş/ş va Ç/ç juftligi. Ost belgisi harf uzagiga qushilib yoziladigan Çç va Şş harflari yozish va uqishga qulay hamda milliy kharakterga ega: ular 1929–1940 hamda 1993–1995 yillardagi alifbomizda ham bulgan. Bizningcha, Ch va Sh tovushlari uchun eng maqbul harflar — Çç va Şş. Ularning ost belgisi bir khil ekani uzaro uygunlikni taminlaydi.

2. Ś/ś va Ć/ć juftligi. Bu harflardagi diakritik belgini S va C harflari ustida yozma holatda ifodalash noqulay. Bu tovushlar, ayniqsa, Sh tovushi tilimizda kup uchragani uchun matnni mitti diakritik belgilarga tuldirib tashlaydi. Shu bois bu harflarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

3. Ŝ/ŝ va Ĉ/ĉ juftligi. Bu harflarning ust belgilarini yozma shaklda ifodalash ungaysiz.

4. Š/š va Č/č juftligi. (3) va (4) bandlardagi harflarning diakritik belgilari bir-biriga yaqinligi bois, ularni adashtirish ehtimoli yuqori, shuningdek, ular uquvchining kuziga qadaladi, shuning uchun ularni ham ruykhatdan chiqaramiz.

5. Ṡ/ṡ va Ċ/ċ juftligi. Nuqta belgisi harflarning asosiga nisbatan uta mitti bulgani uchun alohida harf tasavvurini bermaydi — Ṡ/ṡ va Ċ/ċ ni mos ravishda S va C bilan chalgitish khavfi kuchli.

Ṣ/ṣ harfining C bilan bogliq jufti yuqligi bois, uni ham ruykhatdan chiqaramiz.

Ch va Sh harfiy birikmalari buyicha taklif:

III. ng tovushi bilan bogliq muammolar

«Ikkita harf bilan ifodalanuvchi Ch va Sh harbiy birikmalarini isloh qilyapmiz, ng harfiy birikmasini nima qilamiz?» degan tabiiy savol paydo buladi.

Etibor bersak, ng tovushi, boshqa tovushlarga qiyoslaganda, alohida khususiyatga ega: u hech qachon suz boshida kelmaydi. Bu tovushga arab alifbosida ham, kirill-uzbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yakhlit harf ajratilmagan. 1993 yilda qabul qilingan lotin-uzbek alifbosida bu tovush ilk bor Ñ/ñ harfi bilan ifodalandi-yu, 1995 yilda yana undan voz kechildi. Sababi, Ñ/ñ harfini idrok etishda kupchilik chalgidi. Yani, kirill imlosiga kura qaysi suzda N va G harflari yonma-yon kelgan bulsa, yoppasiga Ñ/ñ harfi bilan yozila boshlandi. Masalan: taña, mañu. Aslida, bu suzlardagi N va G harflari Ñ tarzida yoziladigan bulsa, qushimcha G harfi orttirilishi kerak, shunda talaffuz tugri buladi: tañga, mañgu. Mashhur adibimiz Chingiz Aytmatovning ismi qirgiz tilida Chiңgiz deb yozilishi bejiz emas. YOki Ntovushi bilan tugagan suzga -ga qushimchasi qushilsa ham, ñ emas, ng yozilishi kerak: menga, jonga, vatangaÑ va NG urtasidagi bunday uziga khos nozik, biroz etibortalab chegarani ilgamaslik oqibatida khatolar avj oldi.

Ikkinchidan, ng birikmasi yakhlit harfga aylanadigan bulsa, kirill va hozirgi alifboda chop etilgan son-sanoqsiz kitoblarni hamda boshqa har khil matnlarni yangi alifbomizga ugirish chogida kuplab chalkashliklar yuzaga keladi — elektron dasturlar ң (ŋ) tovushiga qushib, bir-biriga aloqasiz, ammo yondosh kelgan barcha N+G harflarini birvarakayiga bitta harfga uzgartirib yuboradi. Tilimizda ң (ŋ) tovushi va yonma-yon keladigan N+G harflari judayam kup uchragani uchun ularni topib, qiyoslab tugrilash — muharrir-u musahhihlarga katta zahmat yuklaydi.

Qolaversa, tilimizda bazi suzlarda uchraydigan NG tovushiga (qungir, qungiz, tungiz, qingir, ungay) ham alifbomizda alohida harf ajratilmagan. Shunday ekan, hech qachon suz boshida kelmaydigan, boshqa tovushlarga qaraganda cheklangan NG tovushini ham alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida urgansa buladi, deydi mutakhassislar.

ng tovushi buyicha taklif:

ng birikmasini yakhlit harfga aylantirmasdan, alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida urgatish-urganish.
IV. S/s harfi bilan bogliq muammolar

Bu belgini yoqlovchi va rad etuvchi ikki zid qutb bor.

S/s ni rad etuvchilar uni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, sababi, bu harf turli khalqlarda turlicha tovushlar (s, k, j, ch, s)ni ifodalaydi, unga qaysi tovushni yuklamaylik, khalqaro atamalarni uqishda chalkashliklar yuzaga keladi, deyishadi.

S/s ni yoqlovchilar bu harf alifbomizda mavjud bulmagani bilan manaviy-marifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi ruykhat bandlarini alifbo asosida tartiblashda va boshqa holatlarda Ss harfidan foydalanyapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul qilishimiz shart, deyishadi.

S/s ni yoqlovchilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi S/s tovushini ifodalash uchun foydalanaylik, deyishadi va uz qarashlarini asoslash uchun qator dalillar keltiradi.

Jumladan:
1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: utgan asrda tilimizga chet tillar, khususan, rus tili orqali s harfi qatnashgan juda kup uzlashma suzlar kirib keldi — s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovushni hamisha ham tula aks ettirmaydi;
2) khalqaro tabiatga ega bulgan suzlar, khususan, kup ilmiy-tibbiy atamalarda C/c (s) harfi juda faol ishtirok etadi;
3) uzga millat vakillarining ism-familiyasidagi s tovushini tugri aks ettirish imkoniyati yuqligi bois bazan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Soy — Soy, Siskaridze — Siskaridze;
4) qadimiy lotin tiliga mansub bulgan s harfli kup suzlar asliyatda ham S/s harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), lisey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli kup khalqlar bu suzlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi. Masalan:

5) dunyodagi kup khalqlar alifbosiga faqat uzlashma suzlar uchun makhsus harflar kiritilgan. Masalan, vengr alifbosida — Q, W, X va Y harflari;
6) alifboga C/c (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga urganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qullanilishiga zamin yaratadi.

Mabodo, C/c tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga C/c (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga kur-kurona ergashmasdan, uzlashma suzlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda uziga khos qoidani joriy qilishimiz lozim.

Ehtimol, bu qoida shunday bular: «C/c harfi uzlashma suzlarda qullaniladi. U suz boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, S/s harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida uqiladi». Shunda C/c li uzlashma suzlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga kura talaffuz qilamiz.

S/s harfi buyicha taklif:

Alifbo tugalligini taminlash, shuningdek, uzlashma suz va atamalarni aniq ifodalash maqsadida C/c (s) harfini qabul qilish.

YaKUNIY TAKLIFLAR

1. Fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar savodkhonligi buyicha muammolar, kuchadagi yozuvlar, reklama va targibot materiallarining savodsizlarcha yozilishi, baynalmilal suzlarning kirill va lotin yozuvlarida turlicha ifodalanishi buyicha anglashilmovchiliklar, eng muhimi, Uzbekiston Respublikasining «Davlat tili tugrisida»gi Qonunining ijro etilishini qiyinlashtirayotgan bazi omillar 1995 yilda qabul qilingan Uzbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish tugrisida»gi Qonunidagi kamchiliklar bilan bevosita bogliq. Joriy alifboni takomillashtirmay turib, uzbek tili imlosini talab darajasida ishlab chiqib bulmaydi. Mavjud imlomizda juda kup khatolar bor. Ularni tuzatish uchun alifbodagi muammoli harflarni imkon qadar tez isloh qilishimiz shart. Imlo tuzatilmas ekan, reklama va kucha-kuydagi yozuvlarga talab quyib bulmaydi. Bu esa «Davlat tili tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini sekinlashtiradi. Davlat tili ijrosi haqida qaygurar ekanmiz, birinchi navbatda «Lotin yozuvi asosidagi uzbek alifbosini takomillashtirish» buyicha yangi qonun ishlab chiqilishi, sung «Uzbek tilining yangi imlo qoidalari» ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlanishi, shular asosida «Reklama tugrisida» va «Firma nomlari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunlari tartibga keltirilishi lozim. Ana shu ishlardan sung «Davlat tili tugrisida»gi Qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali buladi.

2. Milliy alifbomizdagi mavjud muammolar nafaqat uqish-yozish jarayonida qiyinchilik tugdirmoqda, shu bilan birga, imloni, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa aylantiruvchi va nutqni matnga aylantiruvchi kompyuter dasturiy taminotlarining paydo bulishiga ham tusqinlik qilmoqda.

Ayni paytda Google, Microsoft, Huawei, Samsung, LG va boshqa bir qator yirik tekhnologik kompaniyalar uz dasturiy mahsulotlarini uzbekchalashtirayotganini hisobga olsak, alifboni kechiktirmasdan isloh qilishimiz ayni muddao sanaladi.

3. Milliy alifbomiz isloh bulib, qulaylashsa, katta-kichik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, shuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimiz yagona yozuv atrofida jipslashadi — nuqsonsiz, qulay alifbo khalqimizning birligiga, yakdilligiga khizmat qiladi.

4. Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi.

Quyida ushbu alifbo loyihasini etiboringizga havola etamiz.

Ushbu khulosa «Manaviy hayot» jurnalida ham chop etilgan.

О нас

Яна маълумот

FB_IMG_1571370818085

Tojikcha fasonlar

Tojikcha libos fasonlari