Главная / Jamiyat / Turobjon Juraev, Muidjon Tohiriy ishlari buyicha mumkin bulgan malumotlarni oshkor qilyapmiz – Bosh prokuratura
<

Turobjon Juraev, Muidjon Tohiriy ishlari buyicha mumkin bulgan malumotlarni oshkor qilyapmiz – Bosh prokuratura

dpsow1oe9wlucnphw5spcliqeknuns7v

Bugun, 24 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» Markazida 2018 yilga muljallangan Davlat dasturining Bosh prokuratura masul hisoblangan bandlarini ijro etilishi natijalariga bagishlangan matbuot anjumani bulib utdi.

Khususan tadbir davomida soha faoliyatidagi shaffoflik, aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilish kabi masalalar buyicha fikrlar bildirildi.

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz mukhbirining “quyi pogonadagi khodimlar, maktab direktorlari, bogcha mudiralari, shifokorlar va hatto farroshlar pora bilan qulga tushsalar, bunday holat darhol televidenieda elon qilinadi, pora olish jarayonlari batafsil kursatiladi, aybdor uz aybini buyniga olib, kechirim surashga ham ulguradi. Ammo yuqori martabali rahbarlarga aloqador ishlarda Bosh prokuratura juda qisqa akhborot bilan cheklanadi. Nega aybsizlik prezumpsiyasi va qonunlar ikki toifaga ikki khil qullaniladi? Akhir har ikki toifadagilar ham Uzbekiston Respublikasi fuqarolari-ku?”, degan savoliga Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar bulimi rahbari Surayyo Rahmonova quyidagicha javob berdi:

– Aybsizlik prezumpsiyasi va qonunlar ikki khil qullaniladi, degan fikringizga qushilmayman. Televidenie orqali namoyish etilgan lavhalar bir necha tuzilmalarning hamkorlikda uyushtirgan operasiyalari buyicha tezkor tasvirlar buladi va unda ham usha odamlar aybdor emas, gumonlanuvchi sifatida kursatiladi. Yuqori martabali shakhslar buyicha ham mumkin bulgan barcha malumotlarni saytimizda navbati bilan oshkor qilib boryapmiz. Masalan, Turobjon Juraev ishi buyicha unlab malumotlar berdik va hozirda bu ish sudga oshirilgan. Muidjon Tohiriy ishi buyicha ham uning hibsga olinganini tasdiqlaymiz va ochiqlanishi mumkin bulgan malumotlarni navbati bilan oshkor qilib boramiz.

Bosh prokuror urinbosari Erkin Yuldoshev mavzu yuzasidan qushimcha qilarkan shunday dedi:

– Albatta, OAVga qaynoq khabarlar kerak. Ammo tugri tushunishimiz lozim, biz oshkor qilishimiz mumkin bulgan va mumkin bulmagan malumotlar bor. Khususan, yuqori martabali shakhslarning ayrimlari bilan bogliq davlat sirlari ham bulishi mumkin. Lekin biz mumkin bulgan barcha jarayonlarni khalqimizga yoritib borishdan manfaatdormiz.

О нас

Яна маълумот

0so35qa9COmeK_JO6u33YzshmrUQZlW7

Jarimaning 70 foizi tulansa, qolganidan ozod bulish mumkin buladi

Huquqbuzar jarima solish haqida qaror topshirilgan kundan boshlab un besh kun ichida jarima miqdorining 70 …