Главная / Jamiyat / «Turkuaz» ishi: turkiyalik investorlarning Uzbekistonga davo talablari 90 foizga rad etilgani aytildi
<

«Turkuaz» ishi: turkiyalik investorlarning Uzbekistonga davo talablari 90 foizga rad etilgani aytildi

2019 yil 4 oktyabrda Investision nizolarni hal qilish buyicha khalqaro markaz (ICSID) qoshidagi Arbitraj sudi turkiyalik tadbirkor Vohid Guneshga tegishli bulgan Güneş Tekstil Konfeksiyon Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi va boshqalarning Uzbekiston Respublikasiga qarshi davo arizasi buyicha arbitraj ishi yuzasidan qaror chiqardi.

2004-2011 yillarda Toshkentda faoliyat kursatgan Turkuaz savdo markaziga asos solgan, ayni vaqtda 50 yoshda bulgan turkiyalik Vohid Gunesh 2012 yil aprelida Uzbekiston hukumati tomonidan musodara qilingan mulklarini qaytarib olib berishini surab, khalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Unga musodara qilingan mol-mulkining kompensasiyasi sifatida 40 million dollar tulanishi kerakligi haqida qaror chiqarildi.

Uzbekiston Adliya vazirligining Kun.uz’ga malum qilishicha, Arbitraj sudi qarori urganib chiqilgan va vazirlik qator jihatlarga jamoatchilik etiborini jalb qilish zarur deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, sud hukumatning davoning kup jihatlari buyicha pozisiyasini qullab-quvvatladi va minimal miqdordan tashqari, davogarlarning aksariyat talablarini rad etgan.

Bildirilishicha, amalda arbitraj sudi uz yurisdiksiyasi yuqligini tan olib, mamlakatda «investor» tushunchasi doirasiga kirmaydigan oltita dastlabki davogarlardan uchtasining davosini rad qildi.

Davogarlarning 180 million AQSh dollari miqdoridagi manaviy zarar tugrisida bergan davolari, shuningdek, davogarlar tomonidan moddiy zarar miqdorining oshirilgan baholanishi – 66 million AQSh dollaridan kuproq – tugrisidagi murojaati tuliq rad etildi.

Adliya vazirligiga kura, sud davogarlarning shafqatsiz munosabatda bulish haqidagi barcha davolarini kurib chiqishni rad etdi, shu sababli, Vohid Guneshning bu boradagi barcha bayonotlari bir tomonlama davolar ekani aytiladi.

Bundan tashqari, sud Uzbekiston Respublikasining khorijiy investisiyalar tugrisidagi qonuniga muvofiq, Investision nizolarni hal qilish buyicha khalqaro markazga Uzbekiston Respublikasiga qarshi davo arizasi berishga huquqiy asos yuqligini tan olgan.

Vazirlikka kura, sud elon qilingan yuqotishlarning boshlangich miqdoridan atigi 10 foizi haqida qaror chiqardi, bu 26 million dollarni tashkil etadi (foizlar va kharajatlarni hisobga olmaganda). Ushbu summa faqat Toshkent shahar jinoiy sudining 2011 yilda Vohid Gunesh va boshqa davogarlarga qarshi quzgatilgan asosiy jinoiy ishdagi hisob-kitoblariga asoslangan. Tribunal davogarlar tomonidan berilgan miqdorni spekulyativ va ishonchsiz deb topgani aytiladi.

Shu bilan birga, sud davogarlarning investisiya tugrisida ikki tomonlama bitim Uzbekiston tomonidan buzilgani tugrisidagi boshqa talablari buyicha khulosalar chiqarmagan.

Hakamlik sudi qarorining talqin qilinishi atrofida kuzatilayotgan akhborotlar foni davogarlarning Uzbekiston hududida avvalgi faoliyati bilan bogliq faktlarni buzishga urinish ekanini kursatishi bildirilgan. Malum qilinishicha, davogarlar hozirda Uzbekistonda biznes yuritish uchun tusiqlarni kurishmayapti.

Takidlanishicha, Uzbekiston hukumati khorijiy investisiyalarning kirib kelishini qullab-quvvatlaydi va investisiyalar hamda investorlarning huquqiy himoyasini kafolatlaydi.

Shu bilan birga, khorijiy sarmoyadorlar Uzbekiston qonunlarini hurmat qilishi va ularga rioya etishi, korrupsiyadan qochishi hamda va soliq tulashi kerakligi eslatilgan.

Malumot urnida: Gunesh Uzbekistonda 2004 yildan 2011 yilgacha savdo bilan shugullangan va «Turkuaz»dan tashqari, «Amir Temur» khiyobonidagi markazga, Tuytepadagi istirohatgohga, Samarqanddagi savdo markaziga, Olmaliq va Yunusoboddagi dukonlarga egalik qilgan. 2011 yilda esa uning faoliyatini tekshirish boshlangan, u va turkiyalik hamkorlari qulga olingan, ular soliqdan qochish va «soyadagi iqtisod rivojlanishiga kumaklashish»da ayblangan. Keyinchalik ularning mulklari musodara qilingan. Gunesh va uning hamkorlari Uzbekiston hukumatiga 700 ming dollar tulashgach, ularga qarshi ilgari surilgan ayblovlar yumshatilgan, ularning uzi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

О нас

Яна маълумот

ULqyj8r8e5gmdbxF4vz84IC13xlAo0v8

Uzbekistonda ishlab chiqariluvchi yangi avtomobil taqdimoti bulib utdi. U avvalgilaridan butunlay farq qiladi

Bugun, 27 noyabr kuni poytakhtda SamAuto kompaniyasining yangi avtomobili taqdimoti bulib utdi. Buning uziga khos …