Главная / Siyosat / Turizmni tiklash: 1-bosqichda «yashil» hududlararo ichki turizmga rukhsat beriladi
<

Turizmni tiklash: 1-bosqichda «yashil» hududlararo ichki turizmga rukhsat beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 27 may kuni turizm va davlat aktivlarini khususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy tasir kursatdi, deb yozadi prezident matbuot khizmati. Jahon turizm tashkiloti malumotlariga kura, 2020 yil yakunlari buyicha khalqaro sayohatlar 89 foizga, ish urinlari 74 milliontaga qisqarishi, sohadagi jami yuqotishlar 800 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Malumki, joriy yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonkhona uz faoliyatini tukhtatdi.

Bu – gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qushib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy tasir qildi.

Pandemiyaning oqibatlarini yumshatish maqsadida bu sohaga ham qator engilliklar berildi. Jumladan, 1 750 ta subektga mol-mulk, er va ijtimoiy soliqlardan 60 milliard sumga yaqin imtiyoz taqdim etildi. Lekin bu imtiyoz va preferensiyalar vaqtinchalik. Doimiy barqaror rivojlanish uchun esa pandemiya sharoitida ishlashga urganish zarur.

Shu bois bu boradagi khorijiy tajriba urganildi. Khususan, «Uzbekistan. Safe travel guaranteed» («Uzbekiston. Khavfsiz sayohat kafolatlangan») brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik khavfsizlik tizimi ishlab chiqildi.

27 may kuni prezident Shavkat Mirziyoevga ushbu loyiha taqdimot qilindi. Shuningdek, davlat rahbari mamlakatda ichki turizmni tiklash va rivojlantirish borasidagi rejalar bilan tanishdi.

Prezident birinchi bosqichda «yashil» hududlar urtasida ichki turizmga rukhsat berish zarurligini takidladi.

Togli joylar va kul buylarida engil konstruksiyali dam olish maskanlarini tashkil etish buyicha kursatma berildi.

Hokimlar bilan birgalikda kuchma dam olish maskanlari dislokasiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylashtiriladi.

Ikkinchi bosqichda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar ruykhatini shakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash kerakligi takidlandi.

«Turizm faoliyatini qayta tiklash uchun, eng avvalo, mehmonkhonalar qanday ishlaydi, turistlar aeroportda qanday qabul qilinadi, ularning mamlakat ichida harakatlanishi qanday tashkil etiladi, degan savollarga aniq javob bulishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Belgilanadigan meyorlar sodda, lekin kasallikning oldini olish uchun etarli bulishi lozim. Misol uchun, bitta holat aniqlansa, butun mehmonkhonani karantinga olishga zarurat bulmaydigan tizim ishlab chiqish zarur».

Turizm yunalishida tadbirkorlar kurgan zararni yaqin 1-2 yil ichida tuliq qoplash qiyin. Shu bois Mirziyoev bu sohaga qushimcha imtiyoz va preferensiyalar berish lozimligini takidladi.

Khususan, turistik yigimlardan ozod qilish buyicha avval berilgan imtiyoz yil yakuniga qadar uzaytiriladi.

Shuningdek, soha korkhonalari foyda soligini hisoblashda 2020-2021 yildagi kurgan zararlarini keyingi yillar foydasidan chegirib tashlashga rukhsat beriladi.

Mehmonkhonalarga kursatgan khizmatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, ularga aylanma mablag uchun kredit foiz tulovlarining 10 foizigacha bulgan qismiga subsidiya beriladi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …