Главная / Jamiyat / Toshkent milisiyasi 6-sinf uquvchisining uqituvchisi tomonidan kaltaklangani voqeasini urganmoqda
<

Toshkent milisiyasi 6-sinf uquvchisining uqituvchisi tomonidan kaltaklangani voqeasini urganmoqda

Bilolbek yaqinlariga kura, suratda kaltakdan sung bolaning buynida qolgan qizargan izlar aks etgan

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 29-maktabning 6-sinf uquvchisi Bilolbekning yaqinlari uning uqituvchisi tomonidan kaltaklangani davosi bilan ichki ishlar bulimiga shikoyat arizasi topshirdi.

Bilolbekning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, u 15 oktyabr kuni tarikh uqituvchisi (Ozodlikka uqituvchining ismi-sharifi malum¸ ammo voqea urganish jaraënida bulgani uchun uni ochiqlamaëtir – tahr.) tomonidan dupposlangan.

Ozodlik gaplashgan uqituvchi Bilolbekka nisbatan kuch qullashga majbur bulganini tan oldi, biroq uni urmaganini takidladi.

 

Voqea 15 oktyabr kuni 29-maktabning 6-sinfida tarikh darsi bulayotgan payt sodir bulgan. Bu haqda Ozodlikka gapirgan Bilolbekka kura, u dars payti tarikh uqituvchisi tomonidan kaltaklangan.

– Urtogim ruchka suradi, berdim. Ikkinchi marta men sinf ishini suragandim, keyin tarikh ustoz “Nimaga gaplashayapsan” deb boshimga urib, yoqamdan ushlab, koridorga olib chiqib ketdilar-da, rosa urdilar. Devorlarga boshimni urib, bugdilar. Keyin yiglab, “Direktorga aytib beraman”, desam, orqamdan quvlab, yana urib tashladilar. Boshimni necha marta devorga urdilar. Oldin yuzimga shapaloq urdilar. Keyin boshimni devorga urib, bugdilar. Kunglim aynib, boshim aylandi, keyin maktabdan qochib ketdim, deydi Bilolbek Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlikka yullangan suratda Bilolbekning buyin qismida qizargan izlar borligini kurish mumkin. Bilolbekka kura, bu uqituvchisi kaltaklaganidan sung qolgan jarohat izlaridir.

Bilolbekning aytishicha, kaltak egani uchun ahvoli yakhshi bulmagani bois 16 oktyabr kuni maktabga bormagan.

– Boshim aylanib, kunglim ayniyapti. Oldin doktorga bordik. Boshni tekshiradigan apparati yuq ekan, hozir 16-gor.bolnisaga bormoqchimiz, dedi Bilolbek 16 oktyabr tushdan keyin.

Tarikh uqituvchisi Ozodlik bilan suhbatda Bilolbek uni haqorat qilgani uchun unga nisbatan kuch qullaganini tan oldi.

– Darsda tinch utirmadi. Uni 3-4 marta ogohlantirdim. Gap qaytardi. Mavzuni tushuntirib ketayapman, yana qiliq qildi. “Doskaga chiqing”, desam, “Nimaga chiqaman”, dedi. YOniga bordim. Keyin qulidan tortib, “Doskaga chiqing” desam, yuq dedi-da, onadan sukdi, meni sukdi, haqorat qildi. Srazu izidan chiqdim-da, ushlab oldim qulidan. YOqasidan ushlab, zaldan tortib keldim. Ozgina qattiqroq tortganim uchun buyni qizarib qolgan. Men ursam, urdim, deyman. Sukkani uchun jahlim chiqib tortganimda qizargan, deydi 29-maktab tarikh uqituvchisi.

Ozodlik suhbatlashgan Bilolbekning buvisi, 15 oktyabr kuni uqituvchi ustidan Ichki ishlar bulimiga shikoyat arizasi topshirganini aytdi.

– Kecha balkonda turgandim. Qarasam, soat 9 da kelayapti bola. Hayron buldim. Kirdi-da, rosa yigladi, hungrab yigladi. Kuylagi shimidan chiqib, ketgan. “Nima buldi, Bilolbek” desam, “Tarikh ustozim meni urdi, devorga boshlarimni rosa urdi”, dedi. Keyin srazu milisiyaga qungiroq qildik, dedi Bilolbekning buvisi.

Bilolbek yaqinlarining uqituvchi ustidan bergan shikoyatini urganayotgan milisiya khodimidan olingan malumotga kura, 15 oktyabr kuni Bilolbek tibbiy ekspertizadan utkazilgan.

“Hali ekspertiza khulosasi chiqmadi. Bilolbek qarindoshlarining davo shikoyati shu khulosaga bogliq buladi. Ekspertiza khulosasi natijasiga qarab, ish mamuriy yoki jinoiy kurinishda bulishi aniq buladi”, dedi ismini oshkor qilishni istamagan milisiya khodimi.

29-maktab direktori Barno Bekmuhammammedova uquvchi Bilolbekning tarbiyasi ogir bolalardan ekanini aytib, ish boshlaganiga ikki yil bulgan uqituvchini oqlashga harakat qildi.

– Bola okhirgi paytda umuman odob-akhloq qoidalariga rioya qilmay quygan. Darslarga kirmasdan, darsga kirganda yozmasdan, uqituvchini behurmat qilib, sukadi. Butun maktab ped.jamoasi biladi bolaning bunaqa ahvolini, dedi Barno Bekmuhammedova.

Uzbekiston Khalq talimi vazirligi matbuot khizmati khodimi Ikhtiyor Makhmatqulovning Ozodlikka aytishicha, har qanday holatda uqituvchining uquvchiga nisbatan kuch qullashi mumkin emas.

– Hech qaysi holatda uquvchiga nisbatan kuch ishlatish mumkin emas. Agar bola shukh yoki tarbiyasi ogirroq buladigan bulsayam, masalan, ota-onani maktab rahbariyati chaqirtirib, ota-onani ogohlantirish mumkin. Lekin hech qaysi holat buyicha bolaga kuch ishlatish mumkin emas, dedi Ikhtiyor Makhmatqulov.

Uzbekistonning maktab va bogchalarida bolalarlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari haqida Ozodlikka oldin ham murojaatlar bulgan.

Jumladan, ayni kunlarda Toshkent shahar, Chilonzor tuman milisiyasi poytakhtdagi 164-sonli maktabda jismoniy tarbiya uqituvchisi 1-sinf uquvchisini kaltaklagani yuzasidan tergov olib bormoqda.

Utgan oy Khorazm viloyat, Bogot tuman prokuraturasi Olimpiada milliy sport turlari buyicha davlat ikhtisoslashtirilgan maktab-internatining 36 yashar murabbiysi shu maktabning 5- sinf uquvchisini dars paytida kaltaklagan.Bolaning yaqinlari Ozodlikka 5 sinf uquvchisi 20 sentyabr kuni kaltaklangani ortidan komaga tushganini aytishgandi.

Utgan yili esa, Samarqand shahridagi maktabgacha talim muassasalaridan birida tarbiyachining yordamchisi bolalarga nisbatan qupol munosabatda bulayotgani aks etgan videoyozuvlarni Ozodlik elon qilgach, zuravon bogcha opa va bogcha rahbari ishdan olingan edi.

О нас

Яна маълумот

Vqz88h_tXAvmjwi_ZSe6BV7A4APuteT9

Tadbirkor QQS tulashda qonunni buzsa, ruykhatga tushadi

Qushilgan qiymat soligi tulovchilarini davlat soliq khizmati organlarida ruykhatga olish endilikda qay tartibda amalga oshiriladi? …