Главная / Iqtisodiyot / Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi
<

Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 4 dekabr, juma kuni poytakhtning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq suzladi.

Davlat rahbari mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bulgan ushbu majmua ochilishini «tarikhiy voqea» deb atadi.

Ushbu zavod qurilishi 2017 yil fevralda boshlangan edi. Prezident 2018 yil avgustda bu erga kelib, bunyodkorlik ishlarini kuzdan kechirdi. Turli qiyinchiliklarga, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, minglab fidoyi insonlarning bilim va mehnati evaziga ulkan korkhona qad rostladi.

Shavkat Mirziyoev bunga hissa qushgan loyihachi va quruvchilarga, khorijiy hamkorlarga tashakkur izhor etdi.

«Biz innovasion iqtisodiyotni shakllantirish, zamonaviy sanoat, qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, khorijiy davlatlar va etakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida etibor bermoqdamiz. Bugun har jihatdan noyob bulgan Toshkent metallurgiya zavodining ishga tushirilishi bu boradagi say-harakatlarimizning yana bir amaliy namoyonidir», – dedi prezident.

Davlat rahbari yangi majmuaning iqtisodiy samaradorligiga tukhtalib utdi. Yurtimizda qora metallurgiya rivojlanmagani sababli sanoat korkhonalari kup muammoga uchrar edi. Endi Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna rukh va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Bu qurilish materiallari, maishiy tekhnika, elektrotekhnika va oziq-ovqat sanoatidagi yuzlab korkhonalarning ehtiyojini taminlash imkonini beradi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.

«Kelajakda ushbu zavod avtomobilsozlik va qishloq khujaligi mashinasozligi korkhonalari ehtiyojini ham qoplashga khizmat qiladi.

Mazkur majmuada birinchi bosqichda import urnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish hisobidan 400 million dollarga yaqin mablag tejaladi. Mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi.

Misol uchun, sendvich panellar va tom yopish tunukalari tannarkhida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning ulushi 50 foizdan 90 foizgacha etadi. Shuningdek, bu kursatkich ventilyasiya va havo tozalash tizimlari buyicha 30 foizdan 50 foizgacha, maishiy elektrotekhnika ishlab chiqarishda 35 foizdan 50 foizgacha oshadi. Uz-uzidan ayonki, buning natijasida mahsulotlarning narkhi arzonlashadi. Shuningdek, zavod tomonidan yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

Majmuada 700 ga yaqin kishi ishlaydi. Lekin, turdosh tarmoqlar bilan birga hisoblaganda, 5 mingta yangi ish urni tashkil etilishi mumkin.

Tez orada yangi korkhona Bekoboddagi metallurgiya kombinati bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bugungi kunda Bekobodda qiymati 800 million dollar bulgan loyiha amalga oshirilmoqda – 1 million tonna mahsulot chiqarish quvvatiga ega quyuv-prokat majmuasi barpo etilyapti. Uning mahsulotlari Toshkent metallurgiya zavodi uchun khomashyo buladi. Shuning uzi rukh va polimer qoplamali listlarning mahalliylashtirish darajasini 90 foizga etkazish imkonini beradi», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

«Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yakhlit, «noldan tayyor mahsulotgacha» bulgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat», – dedi Shavkat Mirziyoev uz chiqishida.

Davlat rahbari zavod Toshkentda yaqinda tashkil etilgan Yangihayot tumanida ish boshlayotganiga etibor qaratdi. Korkhonada muhandis, loyihachi, metallurg va boshqa mutakhassislarning yangi avlodi shakllanayotgani, bu esa kelajakda boshqa zamonaviy korkhonalar uchun mustahkam poydevor bulishini takidladi.

«Eslaringizda bulsa, biz koronavirus pandemiyasidan kuchli, qudratli bulib chiqamiz, deb maqsad quygan edik. Bugun bu murakkab yil yakuniga etayotganda aytishimiz mumkinki, barcha say-harakatlarimiz ijobiy natijasini beryapti. Kuryapsizlar, dunyoda nima bulyaptiyu, Uzbekistonda nima bulyapti. Khudo khohlasa, shu oyning okhirida metropolitenning Sergeli yunalishini ham ochamiz. Ilohim, mana shunday yakhshi kunlarimiz kup bulsin», – dedi Shavkat Mirziyoev.

Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ikki mamlakat urtasidagi hamkorlikni, yirik loyihalarni qullab-quvvatlayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Kelgusi yil aprelda Toshkent shahrida «Innoprom» khalqaro investisiya va sanoat kurgazmasi utkazilishi yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga khizmat qilishi takidlandi.

Rossiyaning «Metprom» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Stanislav Lazutkin, Italiyaning «Danieli» kompaniyasi bosh direktori Jakomo Mareski Danieli, mehnat fakhriylari, yoshlar suzga chiqdi.

Toshkent metallurgiya zavodi faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi.

 

О нас

Яна маълумот

nS4_Hf_AVqnnf-j5TXUcs-85hmahaQYO

Khorazmda viloyat hokimi urinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd sumlik davlat buyurtmasini yutgan

Khorazmda viloyat hokimining tayinlanganiga bir yil ham bulmagan urinbosarining ukasiga tegishli kompaniya 20 mlrd sumlik …