Главная / Jamiyat / Toshkentda temiryulchi, konduktor va ichki ishlar tizimi khodimida virus chiqqan – SSV
<

Toshkentda temiryulchi, konduktor va ichki ishlar tizimi khodimida virus chiqqan – SSV

26 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek, Yunusobod va Chilonzor tumanlarida aholi orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.

Sogliqni saqlash vazirligi 26 iyun kuni Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan kasallanish holatlari buyicha batafsil malumotlarni taqdim etdi.

«Sunggi kunlarda Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda yuqori bulib kelayotgan edi. Kechagi holatda esa biroz pasayganini kurish mumkin.

Avval khabar qilganimizdek, 25 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida aniqlangan bulsa, 26 iyun kuni esa 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 8 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Ikki kunlik malumotga kura, umumiy kasallanish kursatkichi biroz kamaygan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz oshganini kurish mumkin», deyiladi khabarda.

Malum qilinishicha, Toshkent shahrida Mirzo Ulugbek tumanida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), «Logistika universal markazi» MChJ khodimi G.S.da, «Uzbekiston temir yullari» AJ khodimi H.Q.da (Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qarindoshining uyiga borgan) kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Yunusobod tumanida yashovchi Sh.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), shahar ichki ishlar tizimi khodimi F.G.da, poytakhtdagi avtosaroy konduktori S.D.da, Chilonzor tumanida yashovchi M.Kh.da (tana harorati kutarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

«Ayni vaziyatda Sogliqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish khavfi yuqoriligi bois poytakhtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qatiy amal qilishlarini surab qoladi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.

О нас

Яна маълумот

Makhsus komissiya karantinni qaytarishga sabab bulgan 6 muammoni malum qildi

Cheklovlar qaytadan kuchaytirilishiga bir qator muammolar sabab bulgani keltirib utildi. Respublika makhsus komissiyasining bildirishicha, bular quyidagilar: …