Главная / Jamiyat / Toshkentda yana tungi mojaro. 19 yoshli qiz ikki yigitni pichoqladi
<

Toshkentda yana tungi mojaro. 19 yoshli qiz ikki yigitni pichoqladi

65

Toshkent shahridagi tungi klublardan birida ikki yigit bilan janjallashib, ularni pichoqlab quygan 19 yoshli qiz kuni kecha sud qilindi. Bu haqda Sevimli telekanalidagi «Zamon» dasturida malumot berilgan.

Lavhada qayd etilishicha, ushbu qiz tungi klubga uzining onasi bilan borgan. 19 yoshli sudlanuvchi 2018 yil 6 oktyabr kuni takhminan soat ertalabki 04:40larda Toshkent shahar Olmazor tumani Forobiy kuchasida joylashgan «Nihol» tungi klubi oldida uzaro kelishmovchilik sabab tus-tupolon kutaradi. Janjal qizning pichoqbozligi bilan yakunlanadi.

Shu kuni yigitlardan birining quli engil jarohat oladi, ikkinchisi esa ogir darajadagi tan jarohati bilan kasalkhonaga yotqiziladi.

Bildirilishicha, jinoyat ishlari buyicha Olmazor tuman sudining sudyasi Mirziyod Obidov tungi klubda yigitlarga tan jarohati etkazgan qizga hukm uqigan.

Jabrlanuvchi yigitlar qizga nisbatan hech qanday davosi yuqligini bildirib, suddan sudlanuvchi qizga engillik berishni suragan.

Yigitlarga jarohat etkazgan qiz Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi (qasddan badanga ogir zarar etkazish) va 277-moddasi 3-qismi «g» (bezorilik) bandi bilan ayblandi.

Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash kurinishidagi jazo tayinlangan.

Eslatib utamiz, 9 avgustga utar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan «Aurum 898» tungi klubida erkin kurash buyicha professional sportchi Jamshid Kenjaev va klub quriqchilari urtasida janjal kelib chiqqandi. Kenjaev olingan ogir jarohatlar oqibatida shifokhonada jon bergan.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …