Главная / Siyosat / Toshkent chorrahalarida radarlar tarmogi qachon kengayadi? Avvalgi kameralarda khatoga yul quyilgan
<

Toshkent chorrahalarida radarlar tarmogi qachon kengayadi? Avvalgi kameralarda khatoga yul quyilgan

3 yil avval Toshkent shahri kuchalari va chorrahalarida avtomobilning qoidabuzarligini aniqlash maqsadida foto va tezlikni ulchovchi radarlar tarmogi ishga tushirilgan edi. Biroq, ularning sonini kengaytirish aytilgan bulsa-da, biror ish olib borilayotgani kuzga tashlanmayapti. Buning sababi nimada? IIV YHKhBBda bulib utgan matbuot anjumanida shu masalaga oydinlik kiritildi.

–  2017 yil martidan Toshkent shahrining 100dan ortiq chorrahalarida kameralar urnatilgan va qoidabuzarliklarni qayd eta boshlagan edi. Bugungi kunda, bu ishlar davom etayotgani, tukhtab qolganini kuzatayapmiz. Bu loyiha bekor qilindimi yoki davom ettiriladimi? Davom ettirish rejalashtirilayotgan bulsa, qachon boshlanadi?


Olim Saidov – IIV YHKhBB boshligi, polkovnik

–  Khabaringiz bor, poytakhtimizning 115ta chorrahasida videokuzatuv moslamalari urnatilgan. Ular hozir ham ishlab turibdi. Lekin, «Khavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida AKT vazirligi bilan ularni modernizasiya qilish kuzda tutilgan. Har chorshanba kuni ishchi guruhning yigilish bulib utadi. Sarmoyaviy dasturlar bor, ularning ustida ish olib borilyapti.

Avvalgi videokuzatuv kameralari AJT kompaniyasi tomonidan urnatilgan. Hozirda, sertifikatlash, moliyaviy jihatdan ayrim masalalar bor. Qolaversa, hozirda, muqobil ravishda 3-4ta firmalar tanlab olindi. Ular orasida Nik Vision, Huawei, ABsoft degan kompaniyalar bor. Qay birining taklifi maqbul topilsa, usha kompaniya kameralari va akhborot-kommunikasiya echimlari urnatiladi.

AJT kompaniyasi kameralari faqat bir yunalishda, uz qatorini qayd qilgan bulsa, konsollarga urnatiluvchi hozirgi zamonaviy kameralar bittasi birdaniga 4ta qatorni, yani uzi turgan va qarama-qarshi yulakni qayd eta oladi. Atlas degan kompaniya ham bor, har bir davogar kompaniya uz mahsulotini va taklifini malum bir chorrahalarga urnatadi, ular sinab kuriladi. Davlat komissiyasi qay birini maqul kursa, usha kompaniya mahsulotlari urnatiladi.

Qachon degan savolga, aytishim mumkinki, ularni hujjatlashtirish, moliyaviy taraflari, tekhnik tomonlari bor, ularni kurib chiqishimiz kerak buladi. AJT kompaniyasi kameralari urnatilganda qaysidir manoda tajriba etishmagan. Ikkinchi khatoga yul quyishimiz kerak emas. Endilikda, bu ishlarni tulaqonli, keng qamrovli amalga oshirib, bu masalaga 5-10 yil davomida qaytmaslik rejalashtirilmoqda.

О нас

Яна маълумот

udV6lq5fNj1QeWONGMFJbEV25B1FlXek

1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?

Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron …