Uzbekiston prezidenti Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish buyicha huquqiy eksperiment tugrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda UzA khabar qildi.
Hujjatda qayd etilishicha, Toshkentda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va modernizasiya qilish, investisiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining eng muhim muammolarini tezkor hal qilishga tusqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.
Eksperiment doirasida Toshkent shahar va uning tarkibiga kiruvchi tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari negizida khalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida tegishli hokim tomonidan tuzilmasi va shtatlari belgilanadigan va uzgartiriladigan Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlarini tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasiga 1 dekabrga qadar muddatda khalqaro tajribani inobatga olgan holda Uzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga «Uzbekiston Respublikasi poytakhtining maqomi tugrisida«gi qonun loyihasini kiritish yuklatildi.