Главная / Madaniyat / Toshkent tarikhi

Toshkent tarikhi

toshkentToshkent toponimini “Tosh shahar” deb izohlaydilar. Shu suzda malum manoda shahar tirikhi ham uz aksini topgan. Uning qachon paydo bulganligi aniq emas. lekin Toshkent juda qadimiy shahar ekanligi aniq. Shahar hududida tosh asriga oid buyumlar topilgan. Toshkentdagi qabristonlardan birida topilgan bronza kuzgular, turli mamlakatlarning tangalari shahar tarikhi 2000 yildan ortiq ekanligidan darak beradi.

Toshkent tarikhiga oid ilk manbalar milodning dastlabki asrlariga tugri keladi. Jumladan, yunon olimi Ptolomeyning “Geografiyadan qullanma” Toshkent haqidagi malumotlar asarida uchraydi. Ptolomey bu asarida Er sharining obod qismini, yani oykumenani 26 kharitada tasvirlagan. Shu kharitalardan birida Urta Osiyo va uning atrofidagi ulkalar kursatilgan. Ana shu kharitada Khitoyga boradigan savdo yuli ustida, Yaksart (Sirdaryo) havzasining sharqida “Terri Lapideya” degan joy kursatilgan. Olimlar ana shu yunoncha nomni “Tosh qurgon” deb tarjima qilib, uni Toshkentga nisbat berganlar.

Toshkent shahrining nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston, Shosh, Shoshkent shakllarida uchraydi. Choch suzi ham sugd tilida “tosh” manosini anglatadi. Shosh esa Choch nomining arabicha shaklidir. Choch yoki Shosh deganda Toshkent va uning atroflari tushunilgan.

X asrda nomalum muallif tomonidan fors tilida yozib qoldirilgan “Hududul olam” (“Olamlar chegarasi”) asarida bunday deyiladi: “Choch katta viloyat, khalqi jangovar, boy va sakhiydir. U erda uq – yoy tayyorlanadi. Binkat – Chochning poytakhti. Bu katta shahara, ayni paytda podshoning qarorgohidir”.

Arabnavis olimlardan Istakhriy, Ibn Khavqal, Muqaddisiy va boshqalar (IX-X asrlar) Shosh viloyati haqida yozganda uning markazini Binkat shahri deb kursatadilar. Binkat hozirgi Eskijuva va Chorsu oraligida bulgan. Binkat nomi forscha bulib, “kurimli shahar” demakdir (bin – kurinish, kat – sugdcha “shahar, qishloq, manzilgoh” degan manoni anglatadi).

Mahmud Qoshgariy uzining mashhur asarida Shosh bilan bir qatorda Toshkent nomini ham keltirgan. Jumladan, u uzining “Qonuni masudiy” asarida: “Binkat – bu Shoshning poytakhti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga tarjima qilinsa – “Burjul hijora” (“Tosh minora”) shaklida buladi” deb yozgan. Beruniyning suzlarini boshqa olimlar ham tasdiqlashgan. Masalan, Mahmud qoshgariy uzining “Devonu lugotit turk” asarida: “Tarkan – Shoshning nomi, uning asl nomi Toshkand – toshdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan.

Demak, poytakhtimiz nomi “Toshkent” shaklida birinchi bor Beruniy asarlarila uchraydi va shahar nomi boshqa nomlar bilan ham atalgan.

Qorakhoniylar tarkibiga kirgan Choch shahri X asrning okhiri – XII asrning boshlarida butunlay Toshkent nomini olgan. Amir Temur davrida (XIV ikkinchi yarmi – XV boshlari) qudratli qala, yirik hunarmandchilik, madaniyat va ilm – fan, savdo – tijorat shahri sifatidagi maqomini tiklaydi.

XVI asr boshlarida Toshkent shayboniylar davlati tarkibiga kirgan, sung u Bukhoro amirligi tarkibiga qushib olinadi.

XVI-XIX asrlarda Toshkent.

XV asrning okhiri – XVI asrda va keyinchalik XVIII asrda Toshkentning mavqei ancha oshdi. Iqtisodiy va madaniy yuksalish bu shaharning boshqa hunarmandchilik va savdo markazlari bilan aloqasi jonlanganidan, shuningdek, qurilish ishlarining rivoj topishida namoyon buldi. Baroqkhon madrasasi, Kukaldosh madrasasi singari katta madrasalar XVI asrda uzbek sultonlari davrida barpo etilgan. Bu binolar hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Toshkent shu atrofdagi viloyatning mamuriy boshqaruv va iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo markazi, boshqa shaharlardan, garbiy va sharqiy viloyatlardan keladigan karvon yullari tutashgan joy edi. Toshkent XVI asrdayoq aholi ancha zich joylashgan shahar bulib, aholining katta qismini savdogarlar va hunarmandlar tashkil qilardi. Keyinchalik, ayniqsa, XVIII asrdan boshlab Toshkentning mavqei yanada oshdi.

Bu erda kuplab misgarlar, shuningdek, kulollar, khilma – khil gazlama va kiyim – kechaklar, qurol -yarog va boshqa ashyolar tayyorlovchi ustalar istiqomat qilishar va ishlashardi.

Toshkent shahar hayotining markazi Chorsu bozori bulib, bu erga turli shahar va mamlakatlardan savdogarlar kelishardi. Chorsu ikhtisoslashtirilgan hunarmandchilik – savdo rastalari joylashgan uziga khos shaharcha bulib, atrofini karvonsaroylar, hammom, oshkhona va dukonlar urab turardi. Shaharning bu eng katta bozori unga tutashadigan kuchalardanoq boshlanardi, kuchaning ikki tomonida dukonlar va hunarmandchilik ustakhonalari saf tortgan edi. Bozorning har bir qismida asosan bir khil mollar sotilardi. 1734 yilda Toshkentda yashagan Nurmuhammad mulla bunday deb yozgan edi: “…har bir bozorda bir khil mollar sotiladi: bittasida non, ikkinchisida ip-gazlama, boshqasida shoyi, chopon, etik, atlas va hokazolar”. Khadradagi tim ostida chopon bozori joylashgan edi.

Shaharda va shahar atrofida karvonsaroylar bulib, turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar shu erga qunar edilar. Karvonsaroylarning ayrimlari yaqin-yaqinlargacha faoliyat yurgizib kelgan.
60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent uz ahamiyati jihatidan khonlik poytakhtidan keyin ikkinchi urinda turardi. Quqon – Rossiya munosabatlari yomonlashuvi tufayli Toshkent muhim strategik va iqtisodiy ahamiyat kasb etib, unga butun Turkiston viloyati, chegara qalalar hamda Turkiston, Chimkent va boshqa shaharlar buysunar edi. Quqon khonligi va Bukhorodan Rossiyaga karvon yuli Toshkent orqali utardi.

XVIII asrda Toshkent hududi takhminan 16 kv. km. Bulib, aholisining soni 80 mingga (bazi manbalarda aytilishicha, 100 mingga) borib qolgan edi. Shaharning shimoliy chegarasi Kalkovuz arigidan; sharqiy chegarasi Anhor buylab hozirgi milliy bog orqali; janubiy chegarasi Beshyogochdan Samarqand darvoza kuchasi orqali; garbiy chegarasi shu kuchadan Kukchagacha utardi. Shu tarzda butun shahar hozirgi Shaykhontohur tumani va qisman Sobir Rahimov tumani hududidan iborat edi. Bu hudud “Katta shahar” deb atalardi.

“Katta shahar”ning takhminan urtasida boshqa devor bilan urab olingan eski markaz bor edi. Usha paytda shaharning “eski Toshkent” deb ataluvchi ana shu markazida oltita darvoza bulgan. Bu erda imoratlar juda zich qurilgan bulib, markazda bozor, masjid, madrasa, qozikhona, shahar amaldorlarining uylari joylashgan edi. Masjid va badavlat aholining ayrim uylari pishiq gishtdan qurilardi. Shaharda 40 jome va kuplab mahalla masjidlari bor edi.

XVIII asr boshlarida Toshkent boshqa shaharlardan ancha boy va chiroyli shahar bulib, usha davrga nisbatan madaniyati va obodonchiligi baland darajada edi. Shaharning turtta qismidagi katta kuchalarga tosh yotqizilgan, ariqlar orqali utiladigan kupriklar va kuprikchalar kup edi. Tor kuchalar yoritilmasa – da, shaharliklar doimo kuchalarni supurib, suv sepib quyishardi.

Shaharga suv Chirchiq daryosidan chiqarilgan Buzsuv kanalining irmoqlari – Kalkovuz, Anhor, Labzak, Chorsu, Tarlak va boshqa ariqlar orqali kelardi. Toshkent katta kuchalari buylab utgan ilgarigi kanallarning qurib qolgan uzanlari, masalan, Chorsudagi Tarlak, Labzak va boshqa kanallarning uzanlari hozirgacha saqlanib qolgan. Urush bulib, suv bugilib qolish ehtimolini kuzda tutib, shaharda hovuzlar va bazi joylarda quduqlar qazib quyilgan edi.

Issiq iqlim, serhosil tuproq va sugorish tizimi hamda aholining goyat mehnatkashligi boglarda va poliz ekinzorlarida mul hosil etishtirish uchun qulay sharoit yaratardi. Suv mul bulgan joylardagi hovlilar soya – salqin boglarni eslatar, darakhtlar va gullar hovliga fayz bagishlar va meva berardi. Toshkentda uzum, shaftoli, urik, olkhuri, qora va sariq anjir, anor, olma, nok, behi, olcha, gilos, bodom, pista etishtirilardi.

Bogdorchilik qadimiy anana va ayni paytda serdaromad kasb edi – mevalar bozorga chiqarilar, meva qoqilar boshqa mamlakatlarga yuborilardi. Toshkent aholisi darakhtlarni hafsala bilan parvarish qilar, ulardan mul hosil terib olar va mevalarning ajoyib yangi navlarini yaratardi.

XVIII asrda shahar turt dahaga bulingan edi: Kukcha, Sebzor, Beshyogoch va Shaykhontohur dahalari. Har bir daha qurilish khususiyati va aholining zichligi, aholining ananaviy mashguloti bilan farqlanardi. 1865 yili Toshkentda 140 ta mahalla, 13260 ta khonadon, 8 ta madrasa, 8 ta hammom, 255 masjid va 116 ta tegirmon bulgan.

XIX asr boshlarida Toshkent Quqon khonligi tomonidan egallanadi. Bek va amaldorlar zulmiga qarshi toshkentliklar 1847 va 1863 yillari galayon kutaradilar.

Mana shu kabi siyosiy – ijtimoiy inqirozlar davrida 1865 yili Toshkent chor Rossiyasi tomonidan egallab olinadi. 1867 yilda esa, Toshkent Turkiston general – gubernatorligining markaziga aylantiriladi.

Toshkentning XIX asr tarikhi haqida malumotlar toshkentlik tarikhchi Muhammad Solihning “Tarikhi jadidi toshkand” (“Toshkentning yangi tarikhi”) nomi asarida uchraydi.

1891 yilga kelib Toshkentda 19 ta rus qishlogi (1298 kishi) tashkil etildi. Bu ish mahalliy dehqonlarning azal-azaldan foydalanib kelgan er-suvlarini tortib olish hisobiga amalga oshirildi.

Chor Rossiyasi sanoatining ehtiyojlarini qondirish va boshqa harbiy – siyosiy maqsadlarni kuzlab shitob bilan Turkiston temir yul va sanoat korkhonalari qurila boshlandi. Shaharda 1885 -1895 yillarda 28 ta katta – kichik sanoat korkhonalari barpo etildi. Aholi 155,7 ming kishiga etdi. XX asr boshlarida shaharda 53 ta sanoat korkhonasi bulgan. 1900 – 1910 yillar orasida Turkistonda 233 ta korkhona qurilib ishga tushirilgan. Bular asosan pakhta tozalash, pillachilik, kunchilik, yog -moy ishlab chiqaruvchi korkhonalar edi. Bu korkhonalarning katta qismi rus va chet ellik mulk egalariga qarar edi. 1906 yili Toshkent – Orenbug temir yuli bunyod etildi. 1909 yili Toshkentda birinchi kunka – tramvay paydo buldi.

1930 yildan etiboran Toshkent Uzbekiston SSR poytakhti bulib kelgan. Bundan avval Samarand shahri poytakht vazifasini bajargan edi. Roppa – rosa 61 yil utib, yani 1991 yili Toshkent Uzbekiston respublikasining poytakhtiga aylandi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …