Главная / Jamiyat / Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan
<

Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan

Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan, shahar aholisi muammolarsiz kechki sayrga chiqishlari va ishga borib-kelishlari mumkin. Bu haqda IIBB post-patrul khizmati vakili podpolkovnik Aziz Sultonov 2 noyabr kuni utgan brifingda malum qildi.

669945959562959

Aziz Sultonovning takidlashicha, kechki tadbirlar profilaktik bulib, asosan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan. Bu vaqtda bemaqsad yurgan, yurish-turishida shubha uygotgan yoki jinoyat sodir etishga moyil bulgan fuqarolar ikki khil tartibda jiddiy tekshiriladi.

Fuqarolarning shakhsini aniqlash savol-javob hamda akhborot kommunikasiya vositalari orqali aniqlanadi. Agar fuqaro shubha uygotmasa, uzr surab quyib yuboriladi yoki uyiga eltib quyilishi (asosan khorijiy fuqarolar) ham mumkin.

IIBB PPKh vakilining malum qilishicha, profilaktik tadbirlar natijasida yilning utgan 10 oyi mobaynida respublika miqyosida qidiruvda bulgan 146 kishi Toshkent shahrida ushlangan. 1443 ta jinoyat fosh etilgan. Bundan tashqari 250 ta jinoyatning oldi olingan. 138 ming 794 ta huquqbuzarliklar aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB planshetlar yordamida usha joyning uzida fuqaroning shakhsini aniqlash buyicha loyihani sinovdan utkazmoqda. Bu kabi planshetlarni PPKh vakilining har biriga berish rejalashtirilgan, deya khabar qilindi brifingda.

IIBB boshligi urinbosari Doniyor Toshkhujaevning qushimcha qilishicha, planshetlarga mahalliy mutakhassislar ishlab chiqqan dasturiy taminot urnatiladi. Yaqin orada ushbu tizim poytakhtda, keyinroq bosqichma-bosqich viloyatlarda ham ishga tushirilishi kutilmoqda.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …