Главная / Jahon / Tojikistonda 13 mahbus nondan zaharlanishdan uldi
<

Tojikistonda 13 mahbus nondan zaharlanishdan uldi

Tojikistonda 7 iyulda mamlakatning shimolidan Dushanbe va janubdagi koloniyalarga mahbuslarni kuchirish vaqtida 13 mahbus zaharlanishdan uldi. Bu haqda Tojikiston adliya vazirligining jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi malum qildi.

7 iyulda belgilangan rejaga kura 3 ta makhsus mashinada 128 mahbus – 120 erkak va 8 ayol Tojikistonning shimolidagi 3 ta akhloq-tuzatish muassasasidan Dushanbe, Nurek va Yavanda joylashgan 3 ta  akhloq-tuzatish muassasasiga kuchirilgan.

red9vib6sf55hlfp04ynf-rbjez8j8sj

Dushanbega yaqin qolganda mahbuslardan biri yonidagi 3 ta nonni 16 mahbus bilan bulishgan. Yarim soatdan keyin nonni egan mahbuslar uzlarini yomon his qila boshlashgan, Dushanbega kelganda esa ular behush holda bulganlar. 5 daqiqadan keyin voqea joyiga tez yordam mashinalari etib kelgan. Tibbiy khodimlar 3 mahbusning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bulishgan, qolgan 13 kishi ulgan.

Ulgan mahbuslar ruykhati elon qilingan. Ulardan eng kichigi avgustda 20 yoshga tulishi kerak bulgan, eng kattasi esa 42 yoshda bulgan.

Qolgan 115 mahbus hech qanday shikoyatlarsiz belgilangan akhloq-tuzatish muassasalariga joylashtirilgan.

Tojikiston bosh prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish quzgatgan. Shuningdek, makhsus tergov guruhi tuzilgan, sud-tibbiyot ekspertizasi belgilangan. Ishning borishini shakhsan bosh prokuror uz nazoratiga olgan.

О нас

Яна маълумот

VyEHMCCHg0zdpvP6B6MOSFeoj7ikOM2L

Bahama orollarida “Dorian” dovuli qurbonlari soni 20 nafarga etdi

Bahama orollarida “Dorian” dovulidan halok bulganlar soni 20 kishiga etdi. Bu haqda The Miami Herald nashri khabar …