Главная / Jamiyat / Tibbiyot khodimlariga 20 mlrd sumga yaqin ragbatlantirish puli vaqtida berilmadi
<

Tibbiyot khodimlariga 20 mlrd sumga yaqin ragbatlantirish puli vaqtida berilmadi

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti 15-18 may kunlari koronavirus bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan shifokhonalar va bu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalarda nazorat tadbirlari utkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot khizmati malum qildi.

Khabar qilinishicha, 32ta tibbiyot muassasasida 932 nafar khodimga 19,6 mlrd sum miqdorida makhsus ragbatlantirish pullari tulash kechiktirilgani aniqlangan.

Shundan 4,8 mlrd sumga yaqin mablag Toshkent shahridagi tibbiyot khodimlariga uz vaqtida tulab berilmagan.

Tulovlar kechishi holatlari viloyatlarda ham kuzatilgan. Khorazm va Andijon viloyatlarida 1,7 mlrd sum tulanishi kechikkan bulsa, Samarqand viloyatida 1,2 mlrd sumlik ragbatlantirish puli uz vaqtida berilmagan:

  • Qashqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifokhonasi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (SEOM)ga uz vaqtida talabnoma bermagani oqibatida, 21 nafar tibbiyot khodimiga ikkinchi 14 kunlik ish faoliyati uchun 373,6 mln.sum ragbatlantirish pullari uz vaqtida tulanmagani aniqlanib, joyida bartaraf etilgan.
  • Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklari klinik shifokhonasi tomonidan tibbiyot khodimlariga ragbatlantirish pullari uchun talabnoma yuborilgan bulsa-da, viloyat SEOM urnatilgan tartibda tibbiyot khodimlari ruykhatini tasdiqlab, mablag ajratishga talabnomani viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etmagani oqibatida 61 nafar tibbiyot khodimiga 1,2 mlrd.sum ragbatlantirish pullari tulanishi kechikkan. Kurilgan choralar natijasida pullar tuliq tulab berilgan.
  • Khorazm viloyat SEOMga 9ta sogliqni saqlash muassasasi tomonidan 6 may kuni khodimlarga ragbatlantirish puli uchun talabnomalar berilgan bulsa-da, viloyat SEOM tibbiyot khodimlari ruykhati va zarur mablag 1,7 mlrd.sum uchun talabnomalarni shakllantirmagani oqibatida ragbatlantirish puli uchun mablag uz vaqtida moliyalashtirilmagan.
  • Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar shifokhonasi masullari boshqa tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan tibbiyot khodimlariga ishlagan kunlari uchun tabellarni taqdim etmagani oqibatida 80 nafar tibbiyot khodimiga 1 711,7 mln.sum ragbatlantirish pullari uz vaqtida tulanmasdan qolgan.
  • Shu kabi Toshkent shahrining 5ta tibbiyot muassasasida khodimlarga 4 767,5 mln.sumlik ragbatlantirish pullari uz vaqtida tulanmagan.

«Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot hodimlariga ragbatlantirish pullari uz vaqtida tuliq tulanishi taminlandi – 932 kishiga 19,6 mlrd.sum», – deyiladi vazirlik khabarida.

Asossiz ravishda ragbatlantirish puli tulash holatlari ham bor

Moliya vazirligi malumotiga kura, nazorat tadbirlarida koronavirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan khodimlarni ragbatlantirish puli ruykhatiga asossiz kiritish va tulash holatlari ham aniqlangan.

Vazirlik bu boradagi raqamlarni ochiqlamagan; faqatgina asossiz va ortiqcha kiritilgan mablaglar urnatilgan tartibda moliyalashtirishdan chegirib qolingani, asossiz tulab yuborilgan pullarni undirish choralari kurilayotgani aytilgan kholos.

Malum qilinishicha, 26 may holatiga kura, tibbiyot khodimlariga jami tulangan tulovlar miqdori 142 9 mlrd. sumni tashkil etdi.

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …