Главная / Jamiyat / Temir yul transportida yulovchi va yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibi takomillashtiriladi
<

Temir yul transportida yulovchi va yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibi takomillashtiriladi

poezd“Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash tugrisidagi Uzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, Prezidentning “Uzbekiston Respublikasi temir yullarda yuk va yulovchilar tashish khavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida” 2017 yil 16 avgustdagi 3221-sonli qarori ijrosini taminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 9 aprel kuni 278-sonli qarorni qabul qildi. Hujjatga kura:

1. Mahalliy va khalqaro yunalishlar buyicha temir yul transportida yulovchi hamda yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibi tugrisidagi Nizom, shuningdek lisenziya berganlik uchun davlat boji miqdorlari tegishli ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

2. Aviasiya va temir yul transporti sohasidagi faoliyatni lisenziyalash buyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tomonidan mahalliy va khalqaro yunalishlar buyicha temir yul transportida yulovchi va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan lisenziyalar ularning muddati tugaguniga qadar amal qilishi belgilab quyildi.

3. Uzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga uzgartirishlar va qushimchalar kiritiladi.

4. Temir yullarda yuk va yulovchilar tashish khavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilab quyildi.

5. Uzbekiston Respublikasi Parvozlar khavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Komissiya tarkibini qayta kurib chiqishni hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aviasiya transporti sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibini takomillashtirish tugrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Uzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi urinbosari – “Uzbekiston temir yullari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov hamda Temir yullarda yuk va yulovchilar tashlish khavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligi D.B.Ahmedov zimmasiga yuklatildi”.

О нас

Яна маълумот

8087487003

Ishtikhondagi mudhish qotillikka eltgan sabablar: nima uchun bunday voqea yuz berdi?

Ishtikhon tumanida sodir bulgan mudhish jinoyat — bir oiladan besh kishining uldirilishi butun Uzbekistonni larzaga …