Главная / Iqtisodiyot / «Taksichilik osonmi?» — Andijon-Toshkent yunalishida qatnovchi haydovchilar muammosi
<

«Taksichilik osonmi?» — Andijon-Toshkent yunalishida qatnovchi haydovchilar muammosi

Andijon viloyatidan Toshkent shahriga bormoqchi bulsangiz ikki transportdan birini tanlaysiz: poezd yoki taksi. Qaytishda ham shunday tanlov. Poezd poytakhtga kuniga ikki marta qatnaydi. Bu transportlarda qatnash narkhi deyarli bir khil. Qiyin yunalish. Qamchiq dovonidan utish kerak.

Yulovchilar kuproq taksida yurishni maqul kurishadi. Buning asosiy sababi taksichi sizni uyingizdan ham olib ketishi mumkin. Yana vokzalgacha emas, siz istagan manzilga – Yunusobodmi, Chilonzormi va hatto Qoraqamish dahasiga ham olib borib quyadi.

Andijon shahrida Toshkent tomon boruvchi taksilar turadigan va khalq orasida «Toshkent pitak» nomi bilan mashhur bulgan ikki manzil bor. Ularning biri Yangi shahardagi «Avtovokzal»da, ikkinchisi, «Uzumzor» kuchasida joylashgan.

Toshkentdan qaytishda esa Quyliqdagi avtoturargoh. Norasmiy malumotlarga kura, «Andijon-Toshkent» yunalishi buyicha qatnaydigan taksilar soni 500dan ziyodroq.  Ular kuniga urtacha ming nafarga yaqin yulovchi tashiydi.

Kun.uz’ga mazkur yunalishda qatnovchi haydovchilardan murojaat tushdi. Malum bulishicha, andijonlik taksichilar Toshkent viloyati hududiga kirgach, ularni usha hudud Transport boshqarmasi khodimlari va YHKh khodimlari tukhtatib, lisenziya surab, jarima solib, mashinalarini jarima maydoniga olib kirib quyayotgan ekan.

Avtoturargohga borib haydovchilar bilan suhbatlashdik.

«Uzoq yillardan beri poytakhtga qatnayman. Muammo shundaki, shu kunlarda dovondan utib, Toshkent viloyatiga kirishimiz bilan YHKh khodimlari va usha hudud «Daryotrans» khodimlari yulni tusib, lisenziya surashyapti. Bizda lisenziya yuq. Sababi, Andijon Transport boshqarmasiga kirsak, khodimlari «Andijon-Toshkent» yunalishi yuqligini, bizga lisenziya bera olmasliklarini aytishyapti. Jarimaga tortishyapti. Asosan usha erning uzida bir million sum atrofida pul tulab qutulyapmiz.

Bazi ukalarimizning ishini esa sudgacha oshirishdi. Nahotki, mana shu yunalish buyicha qonuniy, bizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqib ish tashkil qilib bulmasa? Bizga rukhsat beradigan korkhona ochishsa, lisenziya olib, mana shu joyda kunlik tulovni qilib, qulimizda hujjatimiz bilan yulga chiqsak bulardi. Yunalishda taksi kup. Bir kishi bir oyda nari borsa un marta qatnaydi. 2012 yili toshkentlik tadbirkorlar mana shu yunalish buyicha javobgarlikni zimmasiga olib, 200 dollardan pul yigishgan. Qulimizga qogoz ham berishgan. Keyin nima khato qilishdi bilmadik, «qamalib ketishdi», deyishdi. Yana muammolar tugildi», deydi taksichi Sirojiddin Mansurov.

Ishi sudga oshirilgan haydovchilardan biri bilan gaplashdik.

«Utgan haftada Quyliq atrofida «GAI» tusdi. Hujjatlarimni suradi. Tekshirib, usha joyda birga turgan «Daryotrans» khodimiga hujjatlarimni berdi. «Yulovchi tashiyapman. 70 ming sumdan Andijondan turt odam oldim, lisenziyam yuq. Berishmayapti», dedim. Ishimni sudga ishirishdi. Avtomashinam besh kun Bektemir tumanidagi jarima maydonida turdi. Besh kun yurdim. Sudda sharoitimni aytdim. Ikki «oklad» jarima tulab qutuldim. «Daryotrans» khodimi «Aka, jarimani tulab ketavermaysizmi? Uzingizga muammo orttirdingiz», deydi. Nima, ularning ishi faqat jarima tulatishmi?», deydi haydovchi Golibjon Ergashev.

Shohjahon Isroilov ham yulda tusilib jabr tortganlardan ekan.

«Meni «Rohat» postida tusishdi. Mashinada yulovchilar bor edi. «Daryotrans» khodimlariga Andijondagi tashkilot vakillariga uchraganim, lekin lisenziya berishmayotganini aytdim. «Bu etirozni sudda aytasan», deyishdi. Tirikchiligimiz «kira» qilish, boshqa ish yuq. Toshkentda sarson bulganim qoldi. Bir oy oldin ham ushlashganida bir yarim million sum jarima tulagandim», deydi u.

30 nafarga yaqin taksichi uz dardlarini bildirib utishdi. Ulardan yoshi ulugrogi «Hozirgi meyoriy hujjatlarga asosan «patent-lisenziya» qilsak yulkira narkhi ham kutarilib ketadi», degan fikrni aytdi.

11 yildan beri Andijondan poytakht tomon qatnaydigan Hamidullo aka Sadirov boshqacharoq izoh berdi.

«Taksichilarga Toshkentga har kuni yulovchi bulavermaydi. Haftada zurga bir-ikki marta chiqadiganlar bor. Hozir mashinani sariqqa buyab hujjatlarni tugrilasak, 4 million sumga yaqin pul ketar ekan. Har kuni yulovchi naqd bulmasa. Sharoitimizni urganishsin, meyoridagi lisenziya miqdorini aytishsin. YOki MChJ tuzib, umumiy lisenziya olib, kunlik yoki reysimizga qarab malum summani tulaydigan sharoitni qilish kerak», deydi u.

Viloyat transport boshqarmasida

Transport vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasiga borib, muammoli vaziyat yuzasidan savollar berdik. Boshqarma boshligi urinbosari Adhamjon Tolakov masalaga izoh berdi.

«Bugungi kunda Toshkent shahriga qatnayotgan yulovchilarimiz khususiy avtomobil egalari bilan buyurtma asosida kelishib manziliga ketishyapti. Bu «Yunalishsiz taksi» kurinishi.

Ayni paytda Toshkentdan Andijonga, Andijondan Toshkentga tasdiqlangan yunalish yuq. Yunalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi 139-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ushbu qarorning birinchi ilovasida yunalishsiz taksilarga belgilangan talablar bor. Bular transport vositasi buyalishi kerak bulgan ranglar, ekipirovkalar, haydovchi va avtomashinaga quyiladigan talablar bulib, mana shu talablarga rioya qilgan holda bizga ariza bilan murojaat qilgan har bir haydovchiga va korkhonaga uz vaqtida lisenziyalarni beryapmiz. Lekin, mana shu qaror talabiga kura jihozlanmagan avtotransport egalariga lisenziya berilmaydi. Ayni paytda Andijon viloyatida 5 mingdan ziyod avtotransport egalari meyor buyicha hujjatlar tayyorlab, mashinani sariqqa buyab taksi khizmatida faoliyat yurityapti.

Toshkent-Andijon yunalishi buyicha 2016 yili bir korkhona vaqtinchalik tender bitimi tuzib kelgan edi. Yunalishda avtotransport vositasining qatnovni boshlash joyi, tugatish joyi, yulkirasi miqdori, transport vositalari rusumi, davlat raqami kursatilgan buladi. Biroq tashuvchi tender bitimidan chiqib ketdi.  Yunalishdan chiqib ketishlar, narkh belgilanganidan kup quyilishi aholi etirozlariga sabab buldi va tender bitimi tugatildi.

Haydovchilarga shuni aytmoqchiman. Agar 139-qarorga asosan qayta jihozlanmasdan, lisenziyasiz faoliyat kursatayotgan haydovchilarni inspektorlarimiz nafaqat Toshkent viloyati hududida, balki, vodiy viloyatlarida aniqlasa ham «Mamuriy javobgarlik tugrisida»gi kodeksning 176-moddasi, 3-qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Haydovchilar bizning tashkilotga uchrab transport vositalarini 139-sonli qaror asosida qayta jihozlab, tegishli hujjatlarni tugrilab ariza bilan murojaat qilishsa lisenziya olishadi va respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bulishadi», deydi Adhamjon Tolakov.

Mutasaddi ayni paytda aholiga transport khizmat kursatuvchilar uchun bir qator ijobiy yangiliklar loyihasi tayyorlanayotganini bildirdi.

Hozir «Andijon-Toshkent» yunalishida bizga murojaat qilgan taksichilar usha 139-sonli qaror talabi buyicha avtomobilini qayta jihozlab, hujjat tugrilasa «qanchaga tushishi»ni tahlil qilib kurdik. Malumotlar Andijon transport boshqarmasidan olingan.

  1. Notarius orqali transport korkhonasi bilan shartnoma tuzish – 400 ming sum;
  2. Avtomobilni sariq rangga buyash – 800 mingdan 1 million sumgacha;
  3. YHKhdan sariq rangga buyalgani uchun «tekhpasport» almashtirish va «TT» seriyali raqam olish 750 ming sum;
  4. Lisenziya tulovi viloyat ichida bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, Respublika buylab esa 5,5 barobari miqdorida tulov (bir yilda bir marta);
  5. Har oyda korkhonaga 600 ming sumdan tulov;
  6. Ijara shartnomasi uchun har oyda 50-60 ming tulov.

Bularning ichiga avtomashina sariq rangga buyalishi natijasida uning bozor qiymati jiddiy arzonlab ketishini (avtomashinalarning ikkilamchi bozorida buyalgan transport vositalari narkhi tushib ketadi) qushmadik.

Kurib turganingizdek, taksi haydovchisi bulish uchun juda murakkab qogozbozliklar va tashkiliy jarayonlardan utish, katta tulovlar qilish lozim bular ekan.

«Andijon-Toshkent» yunalishidagi haydovchilar har kuni mijoz topib, pul ishlayvermasliklarini takidlab utishdi.

Nafaqat, «Andijon-Toshkent» yunalishi, balki, umuman aholiga transport khizmati kursatish buyicha yangi qaror loyihasini elon qilish, bu boradagi jamoatchilik fikrini urganib, engilliklar kiritish vaqti etib kelmadimikan?

Akhir Vazirlar Mahkamasining 139-sonli qarori bilan belgilangan murakkab jarayonlar sabab qanchadan-qancha lisenziyasiz haydovchilar faoliyat yuritib, davlat gaznasiga mablag tushmayapti. Davlat gaznasi ham kupini uylab, ozidan mosuvo bulmoqda.

О нас

Яна маълумот

swgGBWonoai1fylvJ2Chj-JEJztG4qxc

Umidvorlik holatidamiz. Ustoz jurnalistlar uzbek jurnalistikasi buguni, muammolar va zarur islohotlar haqida

Kun.uz mukhbiri kasb bayrami munosabati bilan Uzbekistondagi bir guruh ustoz jurnalistlarni yuqladi va ularning bugungi …