Главная / Madaniyat / TAVOFNING TURLARI
<

TAVOFNING TURLARI

Tavoflar umuman etti turli buladi. Ular quyidagilar:

1. Tavofi qudum: Tavofi qudum «tavofi liqo» (kurishuv tavofi), «tavofi vurud» (tashrif tavofi) ham deyiladi. Bu ifrod yoki qiron haj qiluvchi ofoqiyga (Haram hududidan tashqarida yashovchilarga) sunnatdir. Makkalik va ofoqiylardan tamattu yoki umra qiluvchi uchun bu sunnat emas.

295716-innerresized600-600-56

Uning kurinishi: Ifrod haj qiluvchi Haramga kirganidan keyin tezlik bilan bir tavof qilib oladi. Usha tavof «tavofi qudum» (kurishuv tavofi) deyiladi. Qiron qiluvchi umra bilan hajga birga ehromga kirib, Haramga kirgandan keyin birinchi umra arkonlarini ado qilib bulgandan keyin nafl tarzida bir tavof qiladi. Mana shu qiron qiluvchining tavofi qudumi hisoblanadi.

2. Tavofi nafl: Nafl tavofni kim qachon khohlasa qilishi mumkin bulib, uning uchun biror muayyan vaqt tayin qilinmagan.

3. Tavofi umra: Umra qiluvchiga umra tavofini qilish farz hisoblanib, unda iztibo bilan ramal sunnatdir. Ushbu tavofdan keyin Safo bilan Marva tepaligida say qilish vojibdir.

4. Tavofi nazr: Bir kishi «falon ishim bitsa, Alloh taolo uchun bir tavof qilaman», degan bulsa, usha narsa «tavofi nazr» deyiladi va ishi bitganidan keyin ushbu tavofni qilish zimmasiga vojib buladi;

5. Tavofi tahiyya: Masjidul-Haramga kiruvchi kishining bir tavof qilishi mustahab bulib, undan keyin ikki rakat namoz uqishi tavofning vojibidir. Masjidga kiruvchilarga ikki rakatli «tahiyyati masjid» namozi uqish mustahab bulgani kabi, Masjidul-Haramga kiruvchilarga ham tavofi tahiyya (tahiyya tavofi) qilish mustahabdir.

6. Tavofi ifoza (ziyorat): Tavofi ziyorat har bir hoji uchun farz bulib, Arafotda turishdan oldin uni qilish joiz emas. Tavofi ziyoratning vaqti Arafotdan keyin bulib, zul-hijjaning uninchi kunidan boshlab un ikkinchi kunning quyoshi botishigacha ado qilish vojibdir. Agar undan keyin qilsa, qilgan tavofi durust buladiyu, lekin vaqtidan kechiktirgani uchun zimmasiga bir qon (jonliq suyish) lozim buladi.

Zylhijja oyining uninchi kyni, yani hayit kyni shaytonga tosh otib, qypbonlikni suyib, cochni oldipib yoki qicqaptipib bulingandan cung Baytylloh tavof qilish «ifoza tavofi»dir, u «tavofi ziyopat» ham deyiladi.  By tavofni ych kyn hayit ichida bajapish zapyp. By tavof ymp buyi buyindan coqit bulmaydi. Agap kim ych kyn hayit ichida tavof qila olmaca, jonliq cuyishi vojib buladi. Tavofni eca, qachon bulca ham albatta qilishi lozim. Ifoza tavofini qilmaca, haji haj bulmaydi. By tavofning upnini hech napca boca olmaydi.

7. Tavofi vido (sodar): Miyqotdan tashqaridan keluvchi har bir ofoqiyning vataniga qaytishdan oldin tavof qilishi vojib buladi. Ushbu tavof «tavofi vido» («tavofi sodar») deyiladi. Lekin hayz va nifos holatidagi ayollar ushbu tavofni qilishmaydi. Shuningdek, Makka, miyqot, hill ahllariga hamda balogatga etmagan bolalar, majnunlar, hajdan tusilgan kishilarga, umra qiluvchi ofoqiylarga tavofi sodar qilish vojib emas.

Hap kim yuptiga ketishdan oldin vido tavofini qilishi kepak. By amal vojibdip. Uning yana bip nomi «tavofyc codap»dir. Hiyat qilib, tavofni ado etib bulgandan cung ikki pakat tavof namozi uqiladi. Alloh taologa iltijo bilan dyolar qilinadi.

О нас

Яна маълумот

lwH9HtBV7_JC-z9ZsaiJjMHJ-KozPKNu

«Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!» — Prezident chayqovchilarni tanqid qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishining …