Главная / Madaniyat / TAVALLO: Ona haqida sher

TAVALLO: Ona haqida sher

Bu yil 94 yoshni qoralayotgan onam — Mukarrama usta Nurmat polvon qizlarining sharofati bilan bitilgan mashqim

Nelardandir kungil bulib gash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh
Mushtipar bir Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

onajon

Qaytar bulsam quruq qul ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib ulja, ulovdan,
Qarzga botar bulsam birovdan
Taskin berib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr kursam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim kharob bulsa tuproqdin.
Ohlar urib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

Oga-ini urtasida gap…
Alhol, kelib chiqmish ikhtilof:
Biri izzat, biri mulk talab.
— Bu oq sutim, mehrimga khilof, —
Deya shurlik Onam yiglaydir ,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq maglub bulsam maydonda,
Nomim qolmas bulsa jahonda,
Kim dust-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

Hanim bir yon, men bir yon bulsam,
U ustivor, men uryon bulsam,
Bu ham kamday nogiron bulsam —
YOgoch otga yonma-yon bulsam
Oy tutilib, Onam yiglaydir ,
Qolganlari yolgon yiglaydir.

Bulsam gumroh, bulsa gunohim,
Vujudimga solmasdin vahm,
Qabul ayla tavallo-ohim,
Darig tutmay mehring, ilohim,
Yiglatmagil mushfiq Onamni,
Volidai Muhtaramamni

Muallif: Tura SULAYMON

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …