Главная / Jamiyat / Sut sotuvchi ayol – qissa

Sut sotuvchi ayol – qissa

Bir kuni sahar pallasi muminlarning amiri, khalifa Umar ibn Khattob roziyallohu anhu khizmatchisi Aslam bilan birga Madina kuchalarida aylanib, odamlarning ahvolidan bokhabar bulmoq uchun shakhsan uzi shahar kuchalarida yurgan edi.

Bir kuchadan ketayotganlarida qiziq bir suhbat ularning qulogiga chalindi. Ertalabda hayvonlarni sogayotgan ayollar gaplashishayotgan ekan. Ularning yoshi kattarogi qiziga sogilgan sutni kuproq pulga sotish uchun sutga suv qushib quyishni maslahat berayotgan edi. Qizi:

  • Onajon, muminlarning amiri sutga suv qushib sotishdan qaytardilar-ku! Nega biz uning buyrugini bajarmaymiz?!
  • E, qizim, soddasanda! Umar hozir qaerda, u bizni kurib utiriptimi?! Sen aytganimga kirib, sutga suv aralashtiraber!

ayolMuminlarning amiri, khalifaning buyrugiga buysunish Allohga itoat qilish ekanini biladigan mumina qiz onasiga yana etiroz bildirdi:

  • Oyijon, biz qanday qilib odamlarning kuzicha buyruqlarga itoat qilib, hech kim kurmaydigan vaqtda buyruqni bajarmaymiz?! Akhir bu notugri ish-ku?! Umar kurmasa, Alloh kurib turibdi-ku!

Tasodifan bu suhbatni eshitib qolgan Umar ibn Khattob roziyallohu anhu bu qizning suzlaridan juda khursand bulib, uning iymoni va amonatdorligiga qoyil qoldilar.

Ertasiga u qizning kimligini surishtirib kurdilar. U Sufyon ibn Abdulloh As-saqafiyning qizi ekan, hali turmush qilmagan ekan. Umar roziyallohu anhu bunday oqila, mumina qizni kelin qilgilari kelib, sovchi quydilar. Qiz tomon ham rozilik bildirib, u qiz Umarning ugli Osimga turmushga chiqdi.

Alloh bu mumin oilaga kup barokotlar ato etdi. Odil khalifa Umar ibn Abdulaziz ham shu oilaning nabirasi edilar.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …