Главная / Jamiyat / Surkhondaryoga «oltinboshlar» kerak emasmi?
<

Surkhondaryoga «oltinboshlar» kerak emasmi?

Surkhondaryo viloyati Oltinsoy tumani 42-maktab uquvchilari tik turib talim olishadi. Bu bilim olishning innovasion uslubi yo makhsus uqitish metodi emas, shunchaki sinfdagi bolalarga parta va stullar etmaydi. Ustiga ustak, sinfkhonaning uzi tovuq katagiday tor, bir aylansangiz tugab qoladiganlari ham bor. Va bu hammasi emas…

Video: YouTube

Video: Mover (tas-ix)

Joriy yilda Uzbekistonning togli va togoldi hududlariga sel keldi va hamon bunday khavf saqlanib qolmoqda. Oltinsoy tumanida joylashgan 42-maktab ham sel kelish khavfi yuqori bulgan soybuyi hududida joylashgani tufayli vaqtinchalikka yopildi. Maktab mamuriyati va uquvchilar Oltinsoy Iqtisodiyot va servis kursatish kasb-hunar kolleji binosiga utkazildi.

Aslida 120 urinli maktabgacha talim muassasasi sifatida qurilgan, ayni paytda yopib quyilgan maktabda ham uquvchilarga parta va stullar etishmasdi. Bolalar navbatchilik asosida stullarga utirib, talim olib kelishgan. Endilikda kollej binosida ham shu muammo qaytarilmoqda.

«Bitta maktabga haqqimiz yuqmi? Biz ham Uzbekiston fuqarolari emasmizmi? Nega bolalarimiz uzoq yul yurib, tik turib, oyna oldida doskaga multirab qarashi kerak, akhir?», – deydi holatdan norozi bulgan ota-onalardan biri.

10 sinf uquvchilari biologiya fanini sport zalda, urta sinf uquvchilari informatikani daftar va kitobdan, tarikhni esa oyna yonida tik turib urganmoqda.

Tuman Khalq talimi bulimi rahbari moslashtirilgan binodan chiqib, kollejga utkazilgan maktab jamoasiga 26ta khona berilganini aytmoqda. Ammo kollej mezboni, direktor Qudrat Safarov maktab uchun kollejdan 11ta khona ajratganini malum qildi.

«Qani bolalarning qiynalayotgani? Ikki smenada uqishni tashkil etsa buladi-ku? Nega ertaroq kelishmadi? Mening ham uquvchilarim bor (kollej uquvchilari nazarda tutilmoqda – tahr.), ular har kuni amaliyot hisobotini topshirgani keladi» , –  deydi u.

Direktorning suzlari ishonchsiz eshitildi, negaki, kun tushdan oggan bir paytda kollej binosida emas, uning atrofida ham uning uquvchilari yuq edi. Shunga qaramay, direktor yaqin atrofdagi maktablardan kasbiy talimni urganish uchun maktabning yuqori sinf uquvchilari kelishini takidladi. Bu gap ham ishonchsiz chiqdi: ayni kollejga kuchib utgan 11 sinf uquvchilari tikuvchilikni «nasiya» qilib, uyga ravona bulib turganda kuzga tashlandi.

«Kasbiy talim juda zur va mahorat bilan utilmaydi. Bazi kunlari darsga uqituvchi ham kelmaydi» , – deydi uquvchilardan biri.

Agar kollej uquvchilari amaliyotga chiqib ketgan bulishsa, binoning yarmi bushab yotgan bir paytda, nega maktab jamoasi bush khonalardan foydalanishga haqli emas? Kollej direktorining niyati bizga tushunarsiz buldi, ammo uning suzlari bir narsaga ishora qilardi: kollejda talim davom ettayotganini qogozda bulsa-da, isbotlash lozim. Shuning uchun khonalar saqlanmoqda.

Qariyb 7 km masofadan piyoda har kuni maktabga qatnaydigan Ilyosning esa talimga bulgan muhabbati aslo sunmagan: uning ilinji hali bor.

«Takhminan 10tadan ortiq katta-kichik adirdan utib, maktabga kelaman. Tez yursam, 1 soatda, sekin yursam, juda kup vaqt sarflab etib kelaman. Men katta bulib, shifokor bulishni, odamlarni davolashni istayman», –  deydi u.

Ilyos bazur ishlab turgan, shu kunlarda yopilib ketish arafasida qolgan tibbiyot punktida ishlab, qishloq ahlining salomatligini uylamoqda. Ammo oliy malumotli, tajribali rahbarlar esa masalaga panja ortidan qarab, 7 km masofani tik adirlar orasidan kesib chiqayotgan Ilyosdek qishloq bolalariga achinmaydi. Ularning talimga bulgan ishtiyoqi sunib qolishidan qurqmaydi.

О нас

Яна маълумот

1500009242_pochemu-zhena-ne-hochet-blizosti-s-muzhem

Khotin jinsiy aloqani khokhlamasa

Nega ayol erkakni khohlamaydi? Agar khotin eri bilan jinsiy aloqada bulishdan bosh tortsa, nima qilish …