Главная / Iqtisodiyot / Surkhondaryoda belgilangan qoidalarga zid utkazilgan tuy tufayli 250dan ortiq kishi karantinga olindi
<

Surkhondaryoda belgilangan qoidalarga zid utkazilgan tuy tufayli 250dan ortiq kishi karantinga olindi

Surkhondaryo viloyati hokimi Tura Bobolov mahalliy televidenieda chiqish qilib, viloyatdagi epidemiologik vaziyat va koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun kurilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot berdi.

«Ming afsuski, viloyatdagi ayrim rahbar va khodimlarning, fuqarolarimizning karantin qoidalariga qatiy rioya qilishdagi etiborsizligi koronavirus infeksiyasi bilan bogliq epidemiologik vaziyatning keskinlashuviga sabab bulmoqda.

Misol uchun, viloyat tashkilotlarining birida karantin qoidalariga rioya etilmaganligi, yani khodimlarning ishga kelishida termometriya qilinmaganligi, antiseptik vositalaridan foydalanilmaganligi, 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlanmaganligi, niqob taqish va dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmaganligi natijasida Toshkent shahrida khizmat safarida bulib qaytgan bemor khodim ishga chiqib, hamkasablariga koronavirus infeksiyasining yuqishiga sababchi bulgan.

Buning natijasida ushbu bemor bilan muloqotda bulgan 300 nafardan ortiq fuqaro bugungi kunda karantinga olinib, 9 nafarining ushbu kasallikka chalinganligi tasdiqlandi. Yana bir nechta fuqaroda ushbu kasallik gumon qilinmoqda», — dedi Tura Bobolov uz chiqishida.

Tuy va marakalarning belgilangan talablar buyicha utkazilmagani oqibatida ham fuqarolar karantinga olinayotganiga tukhtalgan viloyat hokimi Muzrabot tumanida utkazilgan tuyda belgilangan qoidalarga amal qilinmaganligi natijasida 250dan ortiq fuqaro karantinga olinganini aytib utgan.

Viloyat viloyatda ayni kunlarda 4118 nafar fuqaro karantinga olingani, ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va makhsus binolarda, 3142 nafari esa uz uylarida kuzatuvda bulib turgani malum qilindi.

«Eng yomoni — koronavirus infeksiyasi aholi orasida aniqlanyapti. Ular kasallikni aynan qaerda yuqtirganini, kasallik manbayini aniqlash qiyin bulyapti.

Kuzatilayotgan epidemik vaziyatni hisobga olib, biz bugundan (16 iyundan — tahr.) viloyat markazi Termiz shahriga kirib-chiqishni tukhtatdik va bir qator yumshatishlarni bekor qildik.

Epidemiologik vaziyat murakab bulgan Termiz, Denov, Muzrabot, Shurchi, Qumqurgon va Boysun tumanlarida ham karantin talablarini qatiylashtiramiz», — degan Tura Bobolov.

О нас

Яна маълумот

93VIpzAlPSH_CMKT1QrPYuIML8VlDm6a

Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi

Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qushimcha chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi. Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari …