gulomovUzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19—20 yanvar kunlari Surkhondaryo viloyatida bulgandi. Tashrif davomida 19 yanvar kuni Qiziriq tumanida viloyat faollari ishtirokida yigilish bulib utgandi.

Prezidentning ushbu yigilishdagi nutqidan yana bir audio «Kun.uz» tahririyatiga etib keldi. Ushbu turt yarim daqiqadan audioda prezidentning Milliy khavfsizlik khizmatining yuqori martabali rasmiylariga qaratilgan keskin tanqidlari aks etgan. Prezident MKhKhning yana bir necha amaldorlarini sotqinlikda ayblaydi.

«Bugun Boysun MKhKh rahbari mayor Eshquvvatov Sunnatullo Ravshanovichni ishdan oldirdim. Negaki, bular uz urnini bilmadi, uz ishini qilmadi. Milliy Khavfsizlikdagilar Surkhondaryoni uldirgan. Ikki-uch sotqin, davlat sotqinlari ishlagan.

Hammasidan khabarim bor. Angor tumanidagi boshliq Abdumuminov Bahrom, tergov bulimi boshligi kapitan Berdimuhammedov ham ishdan olindi.

Bular Surkhondaryoni otuyin qilib tashagan. Hamma tizimni egallagan, hamma tashkilotni egallagan. Yana bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi, borib ishdan olaman.

Polkovnik Haydarov ham sotqin. Uniyam, boshqalariniyam ishdan oldim», degan prezident.

Shundan sung prezident yigilishda ishtirok etayotgan MKhKh raisi urinbosari Ravshan Sobirovich Yusupovga murojaat qilgan.

«Gaplarimni etkazdingmi? Yana bir marta etkaz, endi hammang majlisga kelib utirasan. Tumandagi majlisgayam. Oyoging erdan uzilmasdan, majlisda utirasan. Yuqsa, menga bunday khizmat kerakmas. Shu paytgacha porakhurlik qilib, hammayoqni sharmanda qilib keldinglar. Tushunarlimi, yuqmi?», deydi prezident va tasdiq javobini oladi.

Shundan keyin prezident MKhKh raisining 3 urinbosarini ishdan olgani haqida malum qilgan.

«MKhKhning generallarini, uchta rais urinbosarlarini ishdan olib tashladim. Surkhondaryoda ishlab ketgani bor edi, Toshpulatov (Shuhrat Toshpulatov – 2017 yilning iyulidan MKhKh raisi urinbosari, Toshkent viloyati buyicha boshqarma boshligi -tahr). Girt ugri edi», deydi prezident.

«Men bu erga khalqqa halol khizmat qilish uchun kelganman. Bu noinsoflarni bilaman, erga qarab yuribdi. Hali hammasi joy joyiga tushadi. Shuni bilinglar.

Hokim, hokimiyatdagi turtlik mening vakilim. Qurqmanglar. U zamon tugadi. Ularga otasidan qolgan vakolat yuq. Hech kimmas bular. Bularning qulidan kabinetda utirib, guddayishdan boshqasi kelmaydi. Bularning guddayishi davlatga ogir tushdi.

MKhKhda yana bitta guddaygani bor edi. Vatan khiyonatchisi bulib, hozir umrbod qamaldi. Gulomov degan noinsof (Shuhrat Gulomov – MKhKh raisining sobiq urinbosari, Surkhondaryo viloyati boshqarmasining sobiq boshligi). Uning ildizlari bor haliyam. Toshkentda urgandim, bugun kelib odamlarini ishdan oldim. Endi har bittasini uzim ishga tayinlayman.

Bizga Milliy khavfsizlik khizmati kerak. Adolatli va halol odamlar kerak, bizga hokimni poylaydigan, boshqa davlat odamlarini kuzatadiganlar kerak emas. Buldi u zamonlar tugadi. Eplay olmasa, vallomatini ham ishdan olaman.

Shuni bilinglar. Davlat davlatligini qiladi. Avvalgi rahbarlar ularga shunday vakolatlar bergan bulsa, unaqa rahbarlar endi yuq. Khalq menga ishondimi, bu ishonchni oqlayman», degan prezident.

Malumot uchun, Surkhondaryodagi majlisdan keyin kup vaqt utmasdan, 31 yanvar kuni 1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda Uzbekiston Respublikasi Milliy khavfsizlik khizmati raisi lavozimida bulib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimni tark etdi.

Uning sobiq urinbosari, general-leytenant Shuhrat Gulomov utgan yil yozida Surkhondaryo viloyati boshqarmasi rahbarligidan olingan va tergovga tortilgandi. Keyinroq, 2017 yilning avgustida Uzbekiston Respublikasi Oliy harbiy mahkamasi Gulomovni davlatga milliardlab zarar etkazish, qurol-yarog kontrabandasi va pul yuvishda ayblab, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgani haqida khabarlar paydo bulgandi.