Главная / Madaniyat / Suyaklar mustahkamligi uchun

Suyaklar mustahkamligi uchun

suyaklarSuyaklar mustahkam bulishi uchun sut-qatiq mahsulotlarini kup istemol qilish kerakligini yakhshi bilamiz. Tibbiyot olimlarining fikricha, suyaklarni qarilik davriga qadar mustahkam va egiluvchan holda saqlash uchun har kuni sut ichishdan tashqari, chuchuk qatiq, yogurt, tvorg, pishloq istemol qilish kerak. Turshak, bodom, kunjut ham suyaklarni mustahkamlaydi.
Tishlarimiz mustahkamligini saqlash uchun esa, bulardan tashqari suyak tuqimalari hosil bulishida faol ishtirok etadigan fosfor va magniyga boy nematlarni ham kuproq istemol qilgan maqul. Taomlaringizda kuproq dukkakli nematlar, yongoqlar bulsin. Fosfor va magniy minerallari bodring, karam, mayiz, qora olkhuri va uning qoqisida ham kup.
Suyaklar mustahkam bulishida kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi D darmondorisining urni katta. U organizmda ultrabinafsha nurlari tasirida ishlab chiqariladi. Bu darmondorilarning hosil bulishi uchun quyoshli kunlarda soya-salqin bogda 2-3 soat sayr qilish kerak.
Pishloq protein, kalsiy va fosfor moddalaridan iborat. Soglom suyaklarga ega bulish uchun faqat kalsiy moddasi kifoya qilmaydi. Kalsiy moddasidan kura fosfor moddasining ahamiyati organizm uchun katta.
Jismoniy mashqlar odam skleti shakllanishiga tugridan-tugri tasir kursatishi allaqachon uz isbotini topgan. Mushaklarning faol bulishi suyaklari tez usadigan bolalar va usmirlar uchungina emas, yoshi katta va keksalar uchun ham juda zarur. Gimnastik mashqlar, suzish, kuniga bir-bir yarim soat muttasil piyoda sayr qilish kerak.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …