Главная / Siyosat / «Straus House» jabrlanuvchilari hukumatdan yordam surab yigildi
<

«Straus House» jabrlanuvchilari hukumatdan yordam surab yigildi

«Straus House» MChJ faoliyatidan jabrlangan 50ga yaqin fuqaro 25 fevral kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoni oldiga tuplandi.

Fuqarolar «Straus House» MChJga nisbatan tergov tugaganiga qaramay, sud boshlanmayotganidan norozi, deb khabar bermoqda Kun.uz mukhbiri.

Kompaniyaga bergan pulini qaytarib ola olmayotgan jabrlanuvchilar soni jami 300dan ortiq.

Ular orasida tuyaqush sotib olish uchun qarz va foiz hisobiga kreditlar olganlari ham kupchilikni tashkil etadi. Vaqt utishi bilan olingan kreditlarni qaytarish majburiyati yuzaga kelgan. Jabrlanuvchilar MChJga bergan pullarni qaytarib olib, kreditlaridan qutulish uchun tezroq sud boshlanishini istashyapti.

IIV Tergov departamenti boshligi Inomjon Ismatovning aytishicha, «Straus House»ga nisbatan tergov harakatlari yakuniga etib, 2019 yil 31 dekabrda ayblov khulosasi bilan prokuraturaga topshirilgan.

«MChJ tomonidan Pokistonga chiqarib yuborilgan 200 ming AQSh dollari va unga qarashli barcha mulklar khatlanib, ayblov khulosasi elon qilingan. Undirilgan pullar jabrlanuvchilarga sud hukmi chiqqanidan keyin qaytariladi», – dedi Ismatov.


Inomjon Ismatov

Jabrlanuvchilar asosiy etirozi – sud mahkamasi boshlanishi kechikayotganida.

Jinoyat ishlari buyicha Mirobod tuman sudi raisi vazifasini bajaruvchisi Sanjar Muhammedovning suzlariga kura, bu jinoyat ishi bugun 25 fevral kuni Mirobod tuman sudiga kelib tushgan.

«Endilikda prosessual normalar asosida jinoyat ishi kurib chiqiladi. Vaziyatni hisobga olib, jarayon iloji boricha tezlashtiriladi», – dedi Sanjar Muhammedov.

Bu javoblarga qoniqmagan jabrlanuvchilar Vazirlar Mahkamasi yonida tuplanishdi. Hukumat mutasaddilari holatga aniqlik kiritish uchun jinoyat ishlari buyicha Toshkent shahar sudi raisi Bakhtiyor Islomovni chaqirishgani, jabrlanuvchilar va sud raisi urtasidagi uchrashuv prezidentning khalq qabulkhonasida bulishini aytishdi.

Shundan sung fuqarolar IIV tomonidan ajratilgan avtobuslarda prezident khalq qabulkhonasiga olib kelindi va jinoyat ishlari buyicha Toshkent shahar sudi raisi Bakhtiyor Islomov ularning savollariga javob berdi.

Bakhtiyor Islomovga kura, mazkur jinoyat ishi 45 tomdan iborat. 300dan ortiq jabrlanuvchi, 5 nafar sudlanuvchi bor.

«Ish hajmi murakkab bulib, kurib chiqish kup vaqtni talab qiladi. Vaziyatni hisobga olib, ish uzogi bilan 1 oyda kurib chiqiladi», – deb malum qildi jinoyat ishlari buyicha Toshkent shahar sudi raisi.


Bakhtiyor Islomov

Uning qushimcha qilishicha, sud jarayoniga uzoq viloyatlardan keladiganlarni ovora qilmaslik uchun videokonferensiya orqali masofadan turib sud utkazilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi.

Shuningdek, hukumat vakillari aholi tomonidan olingan kreditlarning foizlarini tukhtatib turish choralari ham kurib chiqilishi va bu masala ham hal etilishini aytishdi.

Eslatib utamiz, «Straus House» MChJ tasischisi Ibrohim Isroilov firibgarlik ayblovi bilan, 2019 yil sentyabr oyida hibsga olingan edi.

О нас

Яна маълумот

Samarqandda «yashil» bulgan tumanda nazorat kuchaytirildi

Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilishi mumkin. Samarqand viloyat IIB akhborot …