Главная / Jamiyat / Stipendiya islohoti: 5ta asosiy uzgarish
<

Stipendiya islohoti: 5ta asosiy uzgarish

1 fevraldan talabalar stipendiyasi buyicha yangi tartib urnatildi. Kun.uz mukhbiri hukumatning 13 sahifalik qarorida belgilangan asosiy uzgarishlarni tahlil qiladi.

Sunggi vaqtlarda Kun.uz saytiga fuqarolar tomonidan yangi stipendiya tizimi va bu tizim buyicha qanday uzgarishlar bulayotgani haqida kuplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu mazmundagi surovlar 7 fevralda Oliy va urta makhsus talim vazirligi utkazgan matbuot anjumanidan keyin ham davom etyapti.

Shuni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 31 yanvar kuni qabul qilingan «Oliy talim muassasalari talabalariga tulanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va tulash tartibni takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori buyicha asosiy uzgarishlarga izoh berib utishga qaror qildik.

Yangi tartib buyicha talabalarda 770 ming sumgacha stipendiya olish imkoniyati bor

Hukumat qarorida 2020 yilning 1 fevralidan boshlab quyidagi uzgarishlar joriy qilinishi belgilab quyilgan:

  • davlat granti, shuningdek, stipendiyali tulov-kontrakt asosida uqitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli (uqitishning kunduzgi shakli) buyicha talim olayotgan talabalarni (2019/2020 uquv yilida davlat granti asosida talim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) qatiy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya bilan taminlash;
  • uquv semestri yakuni buyicha fanlardan faqat «alo» uzlashtirish kursatkichiga (reyting kursatkichi – 86 ball va undan yuqori) ega bulgan talabalarning stipendiyasini bazaviy stipendiyaga (428 ming sum – tahr.) nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilash;
  • davlat granti asosida talim olayotgan talabalarga uquv semestri yakuni buyicha uzlashtirish kursatkichlari 30 foiz yoki undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting kursatkichi – 71 balldan kam) bulganda navbatdagi uquv semestri davomida stipendiya tayinlamaslik;
  • tulov-kontrakt asosida talim olayotgan 1- va 2-guruh nogironligi bulgan hamda tuliq davlat taminotida bulgan etim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bulgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya tulovlarini respublika byudjetidan amalga oshirish.

513,6 ming sum bu – endilikda fanlarni «alo» bahoga uzlashtirgan talaba avtomatik tarzda oladigan stipendiya hisoblanadi.

Albatta, bu hali «alochi» talaba olishi mumkin bulgan stipendiya miqdorining chegarasi emas. Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bulgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va tulov-kontrakt asosida talim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan Jamgarma hisobidan (Jamgarma haqida sal keyinroq) qushimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda ragbatlantirilishi mumkin.

Unga kura, yuqorida sanalgan jihatlarga ega talaba tegishli urganishlarga kura, komissiya khulosasi asosida bazaviy stipendiyaning qushimcha 50 foizigacha miqdorida ragbatlantirish olishi mumkin.

Demak, fanlarni «alo»ga uzlashtirgan va yuqorida sanalgani kabi iqtidorli yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar jami bulib 770 400 sum miqdorida stipendiya olishlari mumkin.

Hozir kupchilik talabalarda shunday tushuncha bulmoqdaki, ular bazaviy stipendiyadan (428 ming sum) tashqari beriladigan qushimcha miqdordagi summalarni faqat bir marta olish mumkin, deb uylab qolishmoqda. Yuq, bunday emas. Talaba fanlarni uzlashtirish kursatkichlariga va yuqorida sanalgan khususiyatlarga kura, tuliq bir semestr davomida 770 ming sumgacha miqdorda olishi mumkin.

Stipendiyasiz kontrakt tulagan talabaga ham yuqoridagi ragbatlantirish tulovlari amalga oshiriladi. Yani “alochi” talaba 20 foiz (85,6 ming sum) avtomatik tarzda, yana 50 foizgacha – 256,8 ming sum bir semestr davomida ragbatlantirib boriladi.

Davlat granti asosida uqiyotgan talabalarning uqishdagi masuliyati oshadi

Qaror buyicha keyingi band izohiga utamiz. Mazkur bandga kura, uquv semestri yakuni buyicha fanlardan uzlashtirish kursatkichlarining 30 foiz va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting kursatkichi – 71 balldan kam) bulgan davlat granti asosida talim olayotgan talabalar navbatdagi uquv semestri davomida stipendiya tayinlamaslik sharti belgilangan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).

Unga kura, endilikda davlat granti asosida talim oladigan talabalar uqishga va yakuniy imtihonlarga jiddiyroq yondashishlari kerak buladi. Aks holda, ular bir semestr davomida stipendiyasiz qolib ketishi mumkin.

Bu tartibga Oliy va urta makhsus talimi vaziri urinbosari Sarvarkhon Buzrukkhonov 7 fevral kuni utkazilgan matbuot anjumanida izoh bergan edi.

«Bugungi kunda Uzbekistonda jami 88 ming talaba davlat granti, 278 ming talaba esa kontrakt asosida uqiydi. Shuncha talaba orasida davlat granti bilan uqiyotgan talabalar esa, albatta, qolganlardan uqishi bilan farq qilishi kerak.

Hukumat esa adolat va ijtimoiy himoya prinsiplaridan kelib chiqqan holda byudjetdagi talabalar uchun 3 baho olmaslik shartini 30 foizgacha qoldirdi», – dedi u.

Takidlash urinliki, bu tartibda baholar talabaga utilgan umumiy fanlarga nisbatan hisoblanadi.

Nogironligi bulgan, etim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum talabalarga davlat yordami kupaydi

Qarorga asosan, endilikda nogironligi bor, tuliq davlat taminotida bulgan etim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum talabalarga stipendiya respublika byudjeti hisobidan tulanadi.

Bu toifadagi talabalarni davlat tomonidan qullab-quvvatlash ilk marta qonuniy tartibda belgilab quyilmoqda. Bungacha ular kontrakt mablaglari hisobidan ragbatlantirib kelingan.

Shuningdek, ular ham fanlarni «alo»ga uzlashtirgan holda eng yuqori miqdordagi stipendiya – 770 ming sum olishi mumkin qilib quyildi.

Bu kabi qullab-quvvatlash davlat granti asosida uqiydigan shu toifadagi talabalarga ham amal qiladi.


manzur.uz

4 280 000 sumgacha miqdorda bir martalik ragbatlantirish va moddiy yordam

Yuqoridagilardan tashqari, davlat granti va tulov-kontrakt asosida talim olayotgan (shu jumladan stipendiyasiz kontrakt tulagan ham-tahr.) alohida iqtidorga ega, khalqaro, respublika va OTM miqyosida utkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari goliblari bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha (428 000 * 10 = 4 280 000) ragbatlantirish olishlari mumkin.

Shuningdek, OTMlar kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda ham (kasalligi yoki oila azolarining vafoti kabi) talabalarga 4 280 000 million sumgacha moddiy yordam tulanishi mumkinligi belgilandi.

Takidlash kerak, bu ragbatlantirish va moddiy yordam talabaga bir marta beriladi.


Foto: PhotoXpress

Jamgarma haqida

Qarorda ragbatlantirish tulovlarini mablag bilan taminlash manbayi etib Talabalarni ragbatlantirish jamgarmasi kursatilmoqda. Jamgarma 2020 yil 1 fevraldan tegishli moliya yili uchun OTMlarda stipendiya tulovlari uchun rejalashtirilgan byudjet mablaglariga nisbatan 10 foiz hamda tulov-kontrakt buyicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablaglar hisobiga tashkil etiladi.

Hujjatda ragbatlantirishning shaffofligini taminlash maqsadida, Jamgarma kengashi tarkibida Talabalar kengashi hamda YOshlar ittifoqi vakillari ishtirok etishi belgilab quyilgan.

Khush, Talabalar kengashining uzi qanchalik shaffof ishlaydi va korrupsiyadan kholi buladi?

Shu mazmundagi savol 7 fevral kuni Oliy va urta makhsus talim vazirligi tomonidan utkazgan matbuot anjumanida Kun.uz mukhbiri tomonidan Oliy va urta makhsus talimi vaziri urinbosari Sarvar Buzrukkhonovga berilgan edi.

Uning aytishicha, jarayonda OTMdagi Talabalar kengashi jamoatchilik nazorati vazifasini bajaradi.

«Har bir oliygohda uquv ishlari buyicha prorektor raisligida Stipendiya komissiyasi tashkil etiladi. Dekan, uqituvchilar, YOshlar ittifoqi azolaridan iborat ushbu tuzilma ragbatlantiruvchi stipendiya tayinlashda vakillik huquqiga ega buladi.

Talabalar kengashi khulosasi asosida ushbu komissiya qaysi talabaga ragbatlantiruvchi stipendiya tayinlashni hal qiladi», – dedi Buzrukkhonov.

Khulosa urnida

Khush, Oliy va urta makhsus talim vazirligiga stipendiya tartibini uzgartirish nega kerak buldi?

Javob sifatida aytish mumkinki, Uzbekiston hukumati oliy talim va qurilish sohalarini korrupsiyadan kholi sohalarga aylantirish buyicha tegishli hujjatlar ishlab chiqqan. Albatta, hujjat ijrosi buyicha Oliy va urta makhsus talim vazirligi mutasaddilari urtasida tizimdagi korrupsiya buginlarini aniqlash buyicha ham tahlillar qilingan.

Tabiiyki, bu tizimdagi eng kup korrupsiya oliy talimga qabul va sessiya jarayonlarida kuzatiladi.

Qabul jarayonidagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida bir necha yillardan buyon turli uzgarishlar qilinmoqda. Buni sunggi vaqtlarda test jarayonidagi qoidabuzarliklar ancha kamayishida ham kuzatyapmiz.

Mantiqan olganda ham, endigi navbat sessiya jarayonidagi korrupsiyaga barham berish va uni yuzaga keltirayotgan omillarni yuqotishga qaratilishi kerak edi.

Hozirgi uzgarishlar, fikrimizcha, ayni shu maqsadda qilinmoqda.

О нас

Яна маълумот

79s4UvWrDG2gB1h9y1ZZCpF4i5pyy24u

Toshkent viloyati bosh imom-khatibi Khayrulloh domla Turmatov vafot etdi

Toshkent viloyati bosh imom-khatibi Khayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Uzbekiston musulmonlari idorasi khabar berdi. …