Главная / Madaniyat / Sizga tazim, aziz ustozlar!

Sizga tazim, aziz ustozlar!

aziz-ustozlarRivoyat qilinishicha, imom Bukhoriy (rahmatullohi alayh) khazratlari Makkai Mukarramada talim berayotgan chogda bir ziyoratchi Bukhoroi Sharifdagi ustozlardan salom va maktub keltiradi. Bu khabarni eshitgan Imom Bukhoriy (r.a.) Bukhoroi Sharif tomonga yuzlanib, salomiga alik olganlaricha hurmat bajo keltiradilar, sungra maktubni ikki qullab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan khatni uqigan ekanlar.
Ha, ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. Uzi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand buladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qatiy nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom tazimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yulida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganjina bilan ulchab bulmaydi. Ularning mehnatlar beqiyos va benazir.
Aytish kerakki, mamlakatimiz rahbari farmoni bilan 1997 yildan buyon 1 oktyabrning “Uqituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanayotgani millatimizning ustoz-murabbiylarga bulgan hurmat-ehtiromining amaldagi yorqin ifodasi buldi, desak mubolaga bulmaydi. Davlatimiz rahbari ustoz murabbiylarga tarif berib, “Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulugi maktab bulsa, kasblar ichida eng sharaflisi uqituvchilik va murabbiylikdir. Chindan ham uqituvchi nainki, sinf khonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murgak qalblarga ezgulik yogdusini bakhsh etadigan, uz uquvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mutabar zotdir”, degan edi.
Chindan ham ustozlar murgakligimizdanoq qalbimizga ezgulik uruglarini sochadi, qulimizdan tutib, marifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qulga kirtayotgan galabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Afsonalarga kura, mashhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy) “Nechun Arastuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?”, deb suradilar. Iskandar Rumiy javob berdi: “Otam guyoki meni osmondan erga tushurdi. Ammo ustozim Arastu meni erdan osmonga kutardi. Yani otam meni dunyoga kelmogimga sabab buldi. Ustozim ilm va odob urgatib, martaba va izzatimning ortmogiga sabab buldi”.
Kurinib turibdiki, dunyoni uz ilmu marifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga quygan.
Muqaddas dinimizda ilm-marifatli kishilarning maqomu martabalari Alloh tomonidan yuksaklarga kutarib quyilishi haqida shunday marhamat qilinadi: “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Alloh baland darajalarga kutarur”, dedi” (Mujodila surasi). Qator hadisi shariflarda muallimlarning hurmatini joyiga quyish, ularga nisbatan tavozeli bulishga chaqiriladi. Jumladan,
Rasulullloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Ilm urganing, ilm uchun sakinat va viqorni ham urganing. Va sizlarga ilm urgatayotganlarga tavoze bilan uzingizni past tuting!” (Imom Tabaroniy “al-Avsat”da rivoyat qilgan).
Muallimga kibr qilish, uni mensimaslik tuban khulq hamda nifoq alomatlaridan hisoblanadi. Imom Tabaroniy “al-Kabir”da rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyiladi: “uch toifa inson borki, ularni faqat munofiqgina khorlaydi: Islomda muysafid bulgan qariya, ilm sohibi va odil rahbar”.
Ustoz va muallimga uzni past tutib, khokisor bulish najot eshigi, ilm tahsil qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Dinimiz shunga buyuradi, shunga urgatadi. Bu ustozlarning shogirdlari ustidagi haqlaridandir. Ulamolar aytadilarki, ustoz va muallimlar faqat lanati zamon va lanati makondagina ehtirom qilinmaydilar. Chunki, Nabiy alayhissalom olimlar hurmat qilinmaydigan zamonda yashashdan, shunday bir zamonga rizqlari qushilgan bulishidan Allohga sigingan ekanlar. Paygambar alayhissalom panoh suragan zamon esa eng mashum va malun zamon bulishi shubhasizdir. Sahobalardan Sahl ibn Sad as-Soidiy (raziyallohu anhu) rivoyat qilishiga kura Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohga iltijo qilib: “Ey Alloh, alim (bilimdon)ga ergashilmaydigan, halim (oqil)dan esa hayo qilinmaydigan bir zamon ustimga kelib qolmasin!”, deya olim va muallimlar hurmat qilinmaydigan zamonda hayot kechirishdan panoh surar edilar (Imom Ahmad rivoyati).

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …