Главная / Jamiyat / Sinishi qiyin bulayotgan «tizim»: Past Dargomdagi oila nega tanlovda kharid qilgan erida tadbirkorlikni yulga quya olmayapti?
<

Sinishi qiyin bulayotgan «tizim»: Past Dargomdagi oila nega tanlovda kharid qilgan erida tadbirkorlikni yulga quya olmayapti?

Samarqand viloyati Past Dargom tumanidagi ruy berayotgan navbatdagi zuravonliklardan biri — fuqaro Orif Qirgizov tomonidan auksionda kharid qilingan eski tashlandiq garaj binosi bilan bogliq mashmashalardir. U 2018 yil 10 oktyabrda «Capiral Rieltor Group» MChJning Samarqand filiali orqali «Shombuloq kuchi» MMTPdan ushbu obektni kharid qilgan va oldi-sotdi shartnomasi imzolangan.

Garaj binolari va jami 40 sotikh er maydoni uchun hujjatlar tayyorlangan. Biroq tuman hokimi Shunqor Khudoyberdiev er maydonini biriktirib berish tugrisida qarorni imzolamasdan kelmoqda.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Biz bir muddat avval, 1 aprel kuni baliqchi fermerlar mojarosi bilan tumanga borganimizda Orif Qirgizovning rafiqasi Gulchehra Toshmonova uzlari duch kelayotgan muammo uchini chiqargan, hokim hujjatga qul quyishini kutayotganini gapirib bergan edi.

Ushanda Gulchehra Toshmonova «Chortut» fermer khujaligi raisi Hamza Hojimamatov ushbu garaj borasida ayrim rejalari borligini ochiqlaganini aytib utgan edi.

Orif aka va Gulchehra opa mazkur hududda «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturi doirasida chorvachilik va parrandachilikka ikhtisoslashgan oilaviy tadbirkorlikni yulga quyishni maqsad qilgan. Bankdan 50 million sum kredit olishgan, yana uzlarining mablaglarini sarflashni niyat qilishgan.

Kunlar utib, Qirgizovlar oilasi jiddiy muammoga duch kelishmoqda. Erni biriktirib berish uchun hujjat hamon tuman hokimi tomonidan imzolanmagan. Ular hududda tadbirkorlikni yulga quyish uchun qurilish ishlari olib borishganda fermer Hamza Hojimamatov milisiya khodimlari bilan kelib tusqinlik qilgan.

Gulchehra Toshmonova bu masalada tuman hokimi huzuriga borib,u bilan uchrasha olmayapti. Avval ham yozib khabar berganimizdek, tuman hokimligi khalqdan ihota qilingan, milisionerlar arz bilan kelgan insonlar tuman rahbari huzuriga kirishiga yul quyishmaydi. Bu tuman hokimi Shunqor Khudoyberdiev tomonidan 2019 yil boshidan buyon urnatilgan yangi tartib.

Eng qizigi — tuman hokimining imzosi bilan Gulchehra Toshmonova nomiga ogohlantirish khati junatilgan. Unda qayd etilishicha, 12 oy ichida bu erda loyiha amalga oshirilmasa, 10 barobar miqdorda oshirilgan er va mol-mulk soliqlari tulanadi.

Yani, tuman hokimi bu er ularga tegishli ekanini uz khatida tan olyapti, «korkhonani tezroq ishga tushir, yuqsa soliqlar oshadi», deyapti. Lekin hujjatlarga imzo chekmayapti. Buning uchun tadbirkorlarga avval hujjatlarni tuliq rasmiylashtirib berish kerak emasmi, janob hokim?!

Tuman hokimi uz khatida garaj Qirgizovlar oilasiga ajratilganini tan olib, ularni tezroq ishlashga undayotgan chogda, hokimning «bor sanatini ishga solishi evaziga» zamindor bulib qolgan fermer Hamza Hojimamatovga bu joyga kelib, uning milisiya khodimlari yordamida obektga khujayinlik qilishga kim vakolat bergan?! Kim?!

Nima ham derdik, Past Dargomda bugungi kunda mana shunday ahvol hukm surmoqda. Avvalgi chiqishlarimizda takidlab utganimizdek, tumanning yangi hokimi eski fermer va tadbirkorlardan erlarni tortib olib, uni qalin urtogi — chorvachilikka ikhtisoslashgan «Chortut» fermer khujaligi raisi Hamza Hojimamatovga olib berish uchun «bor sanatini ishga solmoqda».

Vatanparvar Shunqor Khudoyberdievga kura, baliqchilar unumdor erda noqonuniy hovuz barpo etgan bulsin, kup yillik samarali fermer aslida samarasiz bulgani uchun eridan ajralsin, bogdorchilik bilan shugullanayotgan fermerlarning bogi qirqilib, Hamza Hojimamatovga pakhta ekish uchun berilsin — khup!

Lekin mana bu oilaning aybi nima ekan? Oilaviy tadbirkor bulishni niyat qilganimi? Bu holni tuman mutasaddilari qanday tushuntirar ekan?

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yilning birinchi choragi yakunlari buyicha utkazilgan videoselektor davomida tadbirkorlar muammolariga ham tukhtalib, shunday degan edi:

«Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bulayotgan ikkita masala bor: er berish masalasi va qurilishga rukhsat berish masalasi.

Biz tepadagilarni olib tashlayapmiz, lekin pastda utirganlar odamlarni juda norozi qilyapti. Ular hali yuqorida bulayotgan jarayondan bekhabar. Ular hali un yil oldingi gap bilan yuribdi: «Menga bermasang, men qul quymayman», deydi. Mana shunday tizim haliyam bor Uzbekistonda. Bu tizimni qanday bulmasin sindirish kerak. Sindirish esa oson bulmayapti. Chunki hammasi shunday ishlashga urgangan. Agar shu balodan ham qutulib olsak, tadbirkorlarga kup engillik bulardi».

Kun.uz Past Dargom tumanida ruy berayotgan mazkur holatni ham sinchkovlik bilan kuzatishda, voqeaning yangi tafsilotlarini yoritishda davom etadi.

О нас

Яна маълумот

Geap_VsdEDHIpsA_T9qiIQGx6QemKION

IIBB avtomobil raqamini parda bilan tusgan haydovchini topdi va jarimaga tortdi

Facebook ijtimoiy tarmogidagi ikkita guruhda bir vaqtning uzida Nexia rusumli avtomobil haqida khabar elon qilindi. …